U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Download 3,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/237
Sana02.07.2022
Hajmi3,85 Mb.
#729907
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   237
Bog'liq
ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Seller-Kefover tuzatishi 
kiritildi: noqonuniy 
birlashish tushunchasi aniqlab berildi. Masalan, aktivlarni sotib olish yo‘li bilan 
birlashish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni orqali yirik firmalarning gorizontal 
birlashmalariga cheklovlar belgilangan bo‘lsa, Seller-Kefover tuzatishi vertikal 
birlashuvlarga chek qo‘ydi. 
Monopoliyaga qarshi qonunchilikni amalga oshiruvchi davlat idoralari 2ta 
prinsipga yondoshishlari mumkin: 1) qonun talablariga qat’iy amal qilgan holda; 2) 
«oqilona yondashuv» prinsipi orqali. Masalan, SHerman qonuni talabiga ko‘ra, har 
qanday ikkita sherikning birgalikda ish yuritish borasidagi harakatini qonunchilik 
tomonidan ta’qib etilishi mumkin. «Oqilona yondoshuv» orqali esa faqat 
savdoning oqilona bo‘lmagan cheklovlari (bitimlar, birlashuvlar, sun’iy taqchillik 
hosil qilish) ta’qib qilinishi mumkin. 
Monopoliyaga qarshi qonunchilikni amalga oshirish juda murakkab jarayon 
hisoblanadi. Davlat monopoliya holatini cheklash orqali Ayni paytda raqobatga 
ham putur etkazib qo‘ymasligi lozim.
Shunisi ham muhimki, trestga qarshi qonunchilik yirik korporatsiyalarga 
qarshi qaratilmagan. Chunki korxonalarning miqyosi hali ularni monopoliya 


130 
sifatida talqin etish uchu nasos bo‘la olmaydi. Monopoliyaga qarishi tartibga solish 
samarali raqobatga putur etkazuvchi cheklovchi amaliyotga qarshi yo‘naltirilgan.
 
4. O‘zbekiston Respublikasida monopoliyaga qarshi qonunchilik 
 
Mustaqillikning ilk yillaridan O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi va 
raqobat siyosatining huquqiy-me’yoriy bazasini yaratish vazifasi belgilab olindi. 
Bu boradagi birinchi me’yoriy hujjat bo‘lib 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan 
O‘zbekiston Respublikasining «Monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi 
qonuni hisoblanadi.
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli 
o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. 
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 
dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat 
to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va 
g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy 
asoslari belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini 
shakllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan. 
Shuningdek, qonunda asosan ikkita muhim yo‘nalish, ya’ni birinchidan, 
monopoliyaga qarshi taribga solishning prinsipial yangi ko‘rinishi bo‘lib, u mavjud 
va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqeini 
suiste’mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko‘zda tutsa, 
ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan bo‘lib hisoblangan monopoliyadan 
chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo‘yilgan. 
Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishni taqiqlamay, balki bozorda 
uning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga 
qaratilgan. Qonunda ko‘zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti 
mamlakatlari uchun, ham O‘zbekiston va boshqa o‘tish davri iqtisodiyoti 
mamlakatlari uchun xos bo‘lgan monopolistlar hatti-harakatiga qarshi o‘rnatilgan. 
Quyidagi 
hatti-harakatlar 
monopoliyaga 
qarshi 
qonunchilikka 
zid 
hisoblanadi: 


131 
- xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan bozordagi ustunlik holatining 
suiste’mol qilinishi; 
- xo‘jalik sub’ektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o‘zaro 
kelishilgan hatti-harakatlari); 
- boshqaruv barcha darajalaridagi hokimiyat organlarining raqobatni 
cheklashga yo‘naltirilgan hatti-harakatlari; 
- nohalol raqobat. 
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasining «Tovar bozorlarida 
monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni xalqaro 
analoglar asosida tuzilgan, biroq, bu qonun amalga oshirilayotgan muhit 
rivojlangan mamlakatlar sharoitidan tubdan farq qilib, uning bajarilishiga ta’sir 
ko‘rsatadi.
Qonunga ko‘ra bozor ulushi 65%dan yuqori bo‘lgan korxonalar ustun 
mavqega ega hisoblanadilar. Bozor ulushdagi ustunlikning 35-65% darajasi 
bozorning barqarorligi, raqobatchilarning nisbatan ulushi, tarmoqqa kirishda 
to‘siqlarning mavjudligi va boshqa shu kabi qo‘shimcha omillarni tahlil qilish 
orqali aniqlanadi. 
Taqqoslama tahlil shuni ko‘rsatadiki, korxonani ustun mavqega ega deb 
hisoblanishi uchun bozor ulushining «etalon» hajmi mavjud bo‘lmay, har bir 
mamlakat uni o‘z mezoniga ko‘ra aniqlaydi. Masalan, bu ulush Polsha va 
Chexiyada – 40%, Vengriyada – 25-30%, Rossiyada – 35-65%, AQSHda – 70%, 
Kanadada – 35%, Evropa Ittifoqida – 40-50%. AQSH, Kanada, Evropa Ittifoqi va 
boshqa qator mamlakatlar qonunida bozor ulushlari ko‘rsatilmagan, ustunlik esa 
pretsedent huquq asosida aniqlanadi. 
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, huquqiy shaxslarning birlashmalari 
(uyushmalar, assotsiatsiyalar, konsernlar va h.k.) uchun assotsiatsiyalashgan 
sub’ektlarning xo‘jalik faoliyatiga aralashuv taqiqlanadi. Biroq, amalda tashkil 
etilgan birlashmalar, odatda ilgari amal qilgan tarmoq vazirliklarining 
davomchilari bo‘lib, hozirgi vaqtda ularga xom ashyo resurslarini, 
markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalarni taqsimlash, mahsulotlarni sotish va 


132 
boshqa vazifalarning yuklatilishi ko‘pincha raqobat muhitining rivojlanishini 
sekinlashtirib qolmay, balki ularning yaratilishiga to‘sqinlik ham qilmoqda. 
Ularning amal qilishi kichik va o‘rta biznesning xom ashyo resurslariga, valyuta 
mablag‘lariga bo‘lgan imkoniyatini cheklash orqali to‘siqlar qo‘yishi jiddiy salbiy 
holat hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi 
siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri – bu monopolist-korxonalarning tovar 
bozoridagi egallab turgan ustunlik mavqeini suiste’mol qilishning oldini olish va 
unga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha nazorat olib borishdan iboratdir. Aynan shu 
maqsadda monopolist-korxonalar Davlat reestri yuritiladi. Ushbu reestrlarga 
ma’lum bir tovar bozorida 65 foizdan ortiq ulushga ega bo‘lgan korxonalar 
kiritiladi. Reestrga olingan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z mahsulotlarining narx 
(tarif)lari yoki rentabellik darajalarini Moliya vazirligida yoki joylardagi moliya 
organlarida deklaratsiyadan o‘tkazishlari shart. 
Dastlab monopolist-korxonalar Davlat reestrida faqat alohida xo‘jalik 
yurituvchi sub’ekt bozordagi tovarlarning ulushi miqdoriy ko‘rsatkichi bo‘yicha 
monopolist korxonalar tarkibiga kiritilar edi. Bu o‘rinda bozorning sifat jihatidan 
tarkibi, xususan, raqobat muhitini yarata olishga layoqatli bo‘lgan o‘rnini bosuvchi 
mahsulotlarning mavjudligi hisobga olinmay, bunday yondoshuvni to‘g‘ri deb 
hisoblash mumkin emas edi. Shunga ko‘ra, qonunda tovar bozorida ustun mavqega 
ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mezonlarini yanada aniqroq 
belgilab, ularni monopolistlar toifasiga kiritishda ham miqdoriy, ham sifat 
ko‘rsatkichlaridan foydalanish zarur edi. 
Keyingi yillarda Davlat reestrini yuritish uslubiyotini takomillashtirib 
borish, kichik va o‘rta tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el investsiyalarining kirib 
kelishi natijasida barpo etilayotgan korxonalar salmog‘ining oshishi va boshqa 
omillar ta’sirida ko‘pgina monopolist korxonaning tovar bozorlaridagi ulushining 
kamayishi munosabati bilan Davlat reestridan chiqarilmoqda. Agar 1999 yilning 1 
oktyabr holatiga reestrda 716 xo‘jalik yurituvchi sub’ekt 1924 turdagi mahsulot
ish, xizmat bo‘yicha ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 2003 yilning 1 yanvar holatiga 386 


133 
ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 247 ta mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar turlari 
bo‘yicha hisobga olingan. Umuman olganda, 2003 yilning 1 yanvariga kelib 
monopolist-korxonalar soni 1996 yilga nisbatan 2,5 barabarga, monopol 
mahsulotlar soni esa 17 barobarga qisqardi. 

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish