U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar



Download 3,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/237
Sana02.07.2022
Hajmi3,85 Mb.
#729907
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   237
Bog'liq
ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

 
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar 
1. Tovar ishlab chiqarish va bozorning vujudga kelishining umumiy shart-
sharoitlarini tushuntiring. 
2. Nima uchun tovarga naflilik (iste’mol qiymat) va almashuv qiymatining 
birligi sifatida qaraladi? Tovardagi bu ikki xil xususiyat nimadan kelib chiqadi? 


61 
3. Keyingi (so‘nggi) qo‘shilgan miqdor (tovar va xizmat) nafliligi nima va 
uning pasayish sababini tushuntiring. 
4. Tovarlarning qiymatini aniqlashga bo‘lgan quyidagi fikrlarga o‘zingizni 
munosabatingizni bildiring: 
a) ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan belgilanadi
b) keyingi qo‘shilgan tovarlarning nafliligi bilan aniqlanadi; 
v) keyingi qo‘shilgan tovarlarning nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari 
bilan aniqlanadi. 


62 
4-BOB. BOZOR VA UNING AMAL QILISHI MEXANIZMI
Ushbu bob bozorning mohiyati, vujudga kelish sabablari, uning turlarini 
yoritib berish bilan boshlanadi. Bozor amal qilishining asosiy mexanizmi bo‘lgan 
talab va taklifga to‘xtalib o‘tiladi. So‘ngra bozor iqtisodiyotining mazmunini 
bayon qilinib, uning asosiy belgilari, sub’ektlari va rivojlanish bosqichlari talqiniga 
alohida o‘rin ajratiladi. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolari
bunday iqtisodiyotning afzalliklari va ziddiyatlari tahliliga ham o‘rin beriladi. 
 
1. Bozorning mohiyati va vujudga kelish sharoitlari 
 
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo‘lib, 
iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha 
mamlakatlar tajribasida ham qo‘llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. 
Eng avvalo «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan 
farqlanishini ta’kidlab o‘tishimiz lozim. CHunki, ko‘pincha bu ikki tushunchani bir 
xil ma’noda tushunish, ba’zi adabiyotlarda sinonim so‘zlar sifatida qo‘llash yoki 
ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti 
shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro‘y berishi natijasida vujudga kelib, 
ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bozor 
iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida 
rivojlanishining natijasi sifatida paydo bo‘ladi va bozor qonunlari asosida tashkil 
etiluvchi va faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.
Bozor takror ishlab chiqarishning bitta fazasini, ya’ni ayirboshlash fazasini 
o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa barcha fazalarini – ishlab chiqarish
ayirboshlash, taqsimlash va nihoyat iste’mol jarayonlarini ham o‘z ichiga oladi.
Hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarning ko‘p 
qirrali murakkab aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan ta’sirini 
bog‘laydigan bo‘g‘in, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta’minlaydigan 
jarayon sifatida shakllandi. 


63 
Bozorning asosiy belgilari sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro kelishuvi, 
ekvivalentlilik tamoyili asosidagi ayirboshlash, sotuvchilarning xarajatlari 
qoplanib, foyda olishi va pul to‘loviga qodir bo‘lgan xaridorlarning talabini 
qondirish va raqobatchilikdan iboratdir.
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, 
ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo‘lib, hozirgi 
davrda keng tarqalgan ob’ektiv iqtisodiy jarayondir. 

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish