U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Download 3,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/237
Sana02.07.2022
Hajmi3,85 Mb.
#729907
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   237
Bog'liq
ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Xo‘jaliklararo kredit
bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga 
beriladi va ularning kapital qurilish, qishloq xo‘jalik sohalaridagi munosabatlariga, 
shuningdek, ichki xo‘jalik hisobi bo‘g‘inlari bilan munosabatlariga xizmat qiladi. 
Tijorat krediti
– bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat krediti, avvalo, to‘lovni 
kechiktirish yo‘li bilan tovar shaklida beriladi. 
Iste’mol krediti
– xususiy shaxslarga, hammadan avvalo, uzoq muddat 
foydalanadigan iste’mol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) sotib 
olish uchun ma’lum muddatga beriladi. U chakana savdo magazinlari orqali 
tovarlarning haqini kechiktirib to‘lash bilan sotish shaklida yoki iste’mol 
maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi. Iste’mol kreditidan 
foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi. 
Ipoteka krediti
– ko‘chmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli 
ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar 
tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi. 


233 
Davlat krediti
– kredit munosabatlarining o‘ziga xos shakli bo‘lib, bunda 
davlat pul mablag‘lari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari bo‘lib 
chiqadi. Davlat krediti mablag‘lari manbai bo‘lib, davlat qarz obligatsiyalari 
xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklida, avvalo, davlat byudjeti 
kamomadini qoplash uchun foydalanadi. 
Xalqaro kredit
– ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
sohasidagi harakatini namoyish qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valuta) 
shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, 
xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi. 
So‘nggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, farfeyting, trast kabi 
shakllari keng rivojlanib bormoqda. 
Lizing
– bu kreditning pulsiz shakli bo‘lib, odatda ishlab chiqarish vositalari 
va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam 
ravishda haq to‘lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan 
iborat. 

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish