19
bo‘ladi; agar nonning narxi 3 gacha oshsa, u holda nonga bo‘lgan talab 50 ga qadar
qisqaradi.
Funksiya o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi miqdoriy nisbat ma’lum bo‘lmagan
hollarda ham ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalash imkonini beradi. Masalan,
nonning narxi 2 dan to 3 ga qadar oshganda
talab kamayishini bilgan holda,
qanchaga kamayishini bilmasligimiz mumkin. Bunday holda, agar biz
o‘zgaruvchilar o‘rtasida qandaydir bog‘liqlik mavjudligini bilsak,
uni funksional
shaklda ifodalash maqsadga muvofiqdir.
Tahlilning muvozanatga asoslangan usuli. Iqtisodiy nazariyadagi tahlilning
muvozanatli usulini ideal harakatsizlikning fizikaviy nazariyasi yoki jismning bir
tekis va to‘g‘ri chiziqli harakati bilan taqqoslash mumkin. Bunda iqtisodiyotning
barcha tashqi sharoit va parametrlari (texnika
va texnologiyaning holati,
iste’molchilarning didlari, mulkchilikning taqsimlanishi va h.k.) oldindan belgilab
berilgan, deb qabul qilinadi. Muvozanat deb shunday holat tushuniladiki, unda
tashqi sharoit va parametrlar o‘zgarmagan holda xo‘jalik jarayonining birorta
ishtirokchisida o‘z iqtisodiy hulq-atvorini o‘zgartirishga rag‘bat mavjud bo‘lmaydi.
Boshqacha aytganda, gap shunday usul haqida boradiki, unda talab va taklif, narx
va qiymatning muvozanati boshlang‘ich model sifatida qaraladi. Mazkur yirik
abstraksiya asosida keyinchalik qo‘shimcha qiymat, foyda, foiz,
renta va boshqa
nazariyalar quriladi. Shu bilan birga, talab va taklif muvozanati abstraksiyasining
qo‘llanishi iqtisodiy kategoriyalarni tahlil qilishda ahamiyatli yo‘qotishlarga olib
kelmaydi, aksincha, iqtisodiy qonunlarning harakatini yuqori darajadagi sof holda
ochib berish imkonini yaratadi.
Bunga qarama-qarshi o‘laroq, nomuvozanat usuli shundan kelib chiqadiki,
talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat abstraksiyasidan o‘rinsiz foydalanish o‘z
mohiyatiga ko‘ra faqat nomuvozanat sharoitida
amal qila oluvchi bir qator
iqtisodiy kategoriyalarning tahlili uchun to‘sqinlik qiladi. Uzoq muddatli
muvozanat iqtisodiy tahlili bunday yondoshuvda iqtisodiyot nazariyasining o‘ta
zarur, biroq birinchi bosqichi sifatida maydonga tushadi. Ratsional xo‘jalik
yuritishning tarixiy evolyusiyasiga, iqtisodiy taraqqiyot va farovonlikning o‘sishi
20
manbalarini ochib berishga taalluqli bo‘lgan iqtisodiy tahlil fan-texnika
taraqqiyoti, iste’molchi didlari,
mulkning taqsimlanishi, resurs taqchilligi,
institutsional tizim, jahon xo‘jaligi aloqalari va boshqalar o‘zgarishining ta’siri
ostida iqtisodiy muvozanatning buzilishiga o‘z vaqtida e’tibor qaratishni taqozo
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: