3. Bo‘limlarga bo‘lib o‘rgatish usuli.
Bu usul muvozanat jixatidan murakkabroq U.R.M ga o‘rgatishda qo‘llaniladi, chunki aloxida xarakatlar orasida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish uchun tanaffuslar qilish imkonini beradi. “Dastlabki xolatni egallang” komandasidan so‘ng o‘qituvchi xar bir sanoqdan so‘ng bir oz to‘xtab komandalar beradi. . Masalan, “O‘ng oyoq uchini orqaga, qo‘llar yuqoriga – bir!”.
“Chap oyoqqa tayanib cho‘qqayib o‘tiring, o‘ng oyoq yonga- ikki”, “Oyoqlar xolatini o‘zgartiring- uch!”, “Dastlabki xolat- to‘rt”, o‘rgatish shu tariqa olib borilganda, mashg‘ulotlarning yuqori xarakat zichligiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |