1. Ko‘rsatish asosida yaxlit tarzda o‘rgatish. O‘qituvchi avval mashqni to‘laligicha ko‘rsatadi. Keyin “Dastlabki xolatni egallab” komandasi beriladi,(bajarish yo‘li zarur bo‘lsa, qadamlar bilan, “sakrab” deb tushuntiriladi ). Agar mashq bajarishni to‘xtatish zarur bo‘lsa, “To‘xtating! ” komandasi beriladi.
Mashg‘ulotni o‘tkazuvchi gurux oldida turgancha mashqni bajaradi, uning xarakatlari ko‘zguda aks etganday ko‘rinib, boshqalar uchun qulaylik tug‘diradi. U.R.M ni sanab o‘tkazish tavsiya etiladi, ko‘proq 4 va 8 gacha sanaladi.
Bu musiqa jo‘rligida foydalanish imkonini beradi. U.R.M ni “ko‘rsatish yo‘li bilan” o‘rgatganda, ayni vaqtda qaysi sanoqqa qanday mashq bajarilishi xaqida ko‘rsatmalar xam beriladi. Gurux bilan birgalikda mashqni 2-3 marta takrorlagandan keyin o‘tkazuvchi sanash va aytib turishga o‘tadi. Mashqlarni “To‘xta!” komandasidan so‘ng tugatadilar. Bu buyruq so‘nggi sanoq o‘rniga beriladi. Kichik maktab yoshidagi bolarga o‘rgatilayotganda, komandalar emas, buyruqlar beriladi, masalan: “Dastlabki xolatni egallang”, “mashqni men kabi bajaring”, “Mashqni tugatamiz” kabi .
Do'stlaringiz bilan baham: |