v. Darsga yakun yasash va baholash.
dars davomida faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va baholanadi.
vi. Uyga vazifa berish.
Uyda 129-mashqni bajarib kelish topshirig‘i beriladi. belgini bildirgan
so‘zlarga mos shaxs yoki narsaning nomini bildirgan so‘zlarni topib, namunada-
gidek yozib kelish aytiladi.
n a m u n a :
chiroyli shahar
odobli o‘quvchi
shirinso‘z ustoz
mahmadona qizcha
aqlli bola
go‘zal o‘lka
53 - d a r s
MavzU: shaXs va narsaninG MiqDorini BiLDirGan so‘zLar
a) ta’limiy maqsad: nechta?, qancha?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lgan
so‘zlarni so‘roqlar yordamida aniqlash, ularni so‘roqlar yordamida boshqa
so‘zlardan farqlashga o‘rgatish, miqdorni bildirgan so‘zlarni imloviy to‘g‘ri yozish
ko‘nikmalarini hosil qilish;
b) tarbiyaviy maqsad: tabiatni asrash, uni ardoqlashga, undan oqilona
foydalanishga o‘rgatish;
Do'stlaringiz bilan baham: |