U. I. Inoyatov


-«Beg‘araz olingan mol-mulk». 8510



Download 0,54 Mb.
bet95/160
Sana21.06.2022
Hajmi0,54 Mb.
#689393
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   160
Bog'liq
«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya (1)

8530-«Beg‘araz olingan mol-mulk».
8510-«Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyoti qayta baholash natijasida aktivlar qiymatining oshishini hisobga oladi.
Misol. Transport vositasining boshlang‘ich qiymati 500000 so‘mga, eskirish qiymati 200000 so‘mga teng. 3 koeffitsient bilan qayta baholash natijasida transport vositasining boshlang‘ich qiymati 1500000 so‘m (500000*3)gacha oshgan. Transport vositasining eskirishi esa 600000 so‘m (200000*3)gacha oshgan. Transport vositasining boshlang‘ich qiymati o‘rtasidagi farq 1000000 so‘m (1500000–500000)ga eskirish qiymati o‘rtasidagi farq 400000 so‘m (600000–200000)ga teng.
Ushbu muomalalar hisobda quyidagicha aks ettiriladi: D-t 0160-«Transport vositalari»–1000000 so‘m
K-t 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»– 1000000 so‘m
D-t 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»– 400000 so‘m
K-t 0260-«Transport vositalarining eskirishi» – 400000 so‘m. Asosiy vositalar kabi qimmatli qog‘ozlar ham qayta baholanadi.
Misol. Korxonada balans qiymati 80000 so‘mlik qimmatli qog‘oz bor. Ularning hisobot davri oxiridagi bozor qiymati 85000 so‘mga teng bo‘lgan.
Agar korxona o‘z investitsiyalarini qayta baholangan qiymat bo‘yicha hisobga olsa, u holda qayta baholashdan olingan daromad rezerv kapital schyotlarida aks ettiriladi:
D-t 0610-«Qimmatli qog‘ozlar»–5000 so‘m.
K-t 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» – 5000 so‘m.
Agar keyingi hisobot davriga kelib bu qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati kamaysa, unda mazkur qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha avvalgi qayta baholash doirasida rezerv kapitalini kamaytirish hisobiga uni qoplash mumkin. Bu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tashkil etilgan rezervdan oshuvchi narxning pasayish summasi xarajat sifatida tan olinadi.
Misol. Qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati 78000 so‘mga tushib ketgan, ya’ni 7000 so‘mga kamaygan:
D-t 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»–5000 so‘m
D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar»–2000 so‘m
K-t 0610-«Qimmatli qog‘ozlar»–7000 so‘m.
AJ rezerv kapitali ustavda belgilangan miqdorga yetguniga qadar har yili sof foydadan ajratmalar yo‘li bilan shakllantiriladi:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)».
K-t 8520-«Rezerv kapital».
Rezerv kapitali korxona ko‘rgan zararini qoplash, imtiyozli aksiyalar uchun dividend to‘lash, aksiyadorlar talabiga ko‘ra aksiyalarni qayta sotib olish uchun ishlatiladi.
Masalan, hisobot davrida foyda mavjud bo‘lmaganida imtiyozli aksiyalar uchun dividendlar to‘landi:
D-t 8520-«Rezerv kapital».
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar».
Korxona tugatilayotganida turli debitorlarning qarzlari hisobdan chiqarildi:
D-t 8520-«Rezerv kapital».
K-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar».
Ta’sis hujjatlari va hisob siyosatiga muvofiq turli maqsadlar uchun rezerv fondi boshqa mulkchilik shaklidagi korxonalarda ham tashkil etilishi mumkin.
Mol-mulk tekinga olinganida quyidagi provodka beriladi: D-t 0110-0190-«Asosiy vositalar».
D-t 0410-0490-«Nomoddiy aktivlar». D-t 0610-«Qimmatli qog‘ozlar».
D-t 1010-«Xomashyo va materiallar». K-t 8530-«Beg‘araz olingan mol-mulk».
Amaldagi qonunchilikka binoan bepul olingan mol-mulk qiymati foyda solig‘i bazasini oshiradi. Bepul olingan mol-mulk ekspert yo‘li bilan yoki o‘tkazma hujjatlar asosida aniqlangan adolatli qiymat bo‘yicha hisobda aks ettiriladi.



    1. Download 0,54 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish