U. I. Inoyatov



Download 0,54 Mb.
bet8/160
Sana21.06.2022
Hajmi0,54 Mb.
#689393
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   160
Bog'liq
«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya (1)

Hisoblashish bo‘limi. Dastlabki hujjatlarga asosan ish haqini hisoblash va undan ushlanmalar bo‘yicha barcha hisoblashishlar olib boriladi.

  • Ishlab chiqarish-kalkulyatsiya bo‘limi. Bu bo‘limda barcha turdagi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yuritiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi hamda hisobot tuziladi, tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar tarkibi aniqlanadi.

  • Umumiy bo‘lim. Bu bo‘limda yuqorida sanab o‘tilgan bo‘lim- larda hisobga olinmaydigan muomalalar hisobi yuritiladi, bosh daftar yuritiladi va buxgalteriya hisoboti tuziladi.

    Korxonalardagi buxgalteriya apparatining ish sharoitlari har xilliligiga muvofiq ravishda ularning tuzilmasi ham har xil bo‘ladi.
    Korxona buxgalteriyasi mustaqil bo‘lim hisoblanib, uning bir nechta hisob ishlari bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalari bor. Ayrim katta korxonalarda taftish-metodologik guruh ham tashkil qilinadi. Bular buxgalteriya apparati xodimlariga ko‘rsatmalar berish, yozma yo‘riq- nomalar tayyorlash, muayyan korxonaga qarashli hamma tarmoqlarni taftish qilish va buxgalterlarning malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi.


      1. HISOB YURITISH SIYOSATI


    Hisob yuritish siyosati deganda, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tamoyil va asoslariga mos ravishda yuritish hamda tuzish uchun qo‘llaniladigan usullar majmui tushuniladi.


    Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati subyekt rahbari tomonidan «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMS asosida taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun tuziladi.
    Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati, foydala- nuvchilar ehtiyoji uchun ahamiyatli, ishonchli, tushunarli va oddiy
    bo‘lishi shart. Aynan shunday faoliyat yurituvchi boshqa subyektlarning moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatini berishi kerak.
    Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilishning aniq yo‘nalishi bo‘yicha subyekttning hisob yuritish siyosati shakllan- tirilishida O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to‘g‘risi- dagi qonun hujjatlarini qo‘llash lozim.
    Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga quyidagi omillar ta’sir etadi:

    • mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shakl;

    • faoliyat turi yoki tarmoq bo‘ysinuvi;

    • ishlab chiqarish ko‘lami hamda ishchi xodimlar soni;

    • soliq solish tizimi bilan munosabat (imtiyoz va sh.k.);

    • bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida harakat qilish erkinligining darajasi;

    • moliya-xo‘jalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi;

    • boshqaruv faoliyatining texnik jihatdan qurollanganligi;

    • korxonani ma’lumotlar bilan ta’minlashning samarali tizimi mav- judligi;

    • buxgalteriya xodimlarining malaka darajasi, korxona rahbarlarining tashabbuskorligi;

    • moddiy manfaatdorlik va majburiyatlar bo‘yicha moddiy javob- garlik tizimi.

    Hisob siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobini yuritish uchun tanlangan usullar ma’muriy hujjat e’lon qilingan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan boshlab qo‘llaniladi. Hisobot yili davomida yangi tuzilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno. Yangi tuzilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt birinchi hisobotini e’lon qilgunga qadar, o‘zi tanlagan hisob yuritish siyosatini rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini olgan vaqtdan boshlab, 90 kun ichida amalga oshiradi. Kalendar yili davomida hisob yuritish siyosati o‘zgartirilmaydi.
    Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati 1-son BHMAning 16—50-bandlarida va «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslari»da keltirilgan asosiy tamoyillarga asosan aniqlanishi kerak.

    Download 0,54 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   160




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish