5010-«Milliy valutadagi pul mablag‘lari».
5020-«Xorijiy valutadagi pul mablag‘lari».
Ushbu schyotlarning debet tomonida korxona kassasiga pul mablag‘larining kirimi aks ettiriladi. Kredit tomonida korxona kassasidan to‘lanadigan pul mablag‘lari va limitdan ortiqcha pullarni bankka topshirish aks ettiriladi.
Kassa muomalalarining hisobga olinishi quyidagi misollarda aks ettirilgan:
t/r
|
Muomalalar mazmuni
|
Schyotlar aloqasi
|
D
|
K
|
1
|
Hisob-kitob va valuta schyotidan kassaga pul kelib tushdi (chek va uning kirim kassa orderiga asosan)
|
5010
|
5110
5210
|
2
|
Mahsulot, ish va xizmatlar naqd pulga sotildi
|
5010
|
9010–
9030
|
3
|
Hisobdor shaxslar tomonidan olingan va ishlatil- magan ortiqcha summa qaytarildi
|
5010
|
4230
|
4
|
Ta’sischilar tomonidan korxona ustav kapitaliga
o‘z badallari sifatida naqd pul mablag‘lari kelib tushdi
|
5010
|
4610
|
5
|
Kassadan mehnat haqi va boshqa to‘lovlar berildi
|
6710
|
5010
|
6
|
Umum xo‘jalik sarflari uchun hisobdor shaxslarga pul berildi
|
4230
|
5010
|
7
|
Inventarizatsiya natijasida kassadagi pul mablag‘la- rining kamomadi aniqlandi
|
5910
|
5010
|
8
|
Kassadagi limitdan ortiqcha pullar bankka topshirildi
|
5110
|
5010
|
5010- «Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schyotining boshqa schyotlar bilan aloqasi
D-t
|
6710
|
K-t
|
-
|
D-t
|
5110
|
K-t
|
Buxgalteriya hisobining jurnal orderli shaklida 5010-schyotining kreditli jarayoni 1-jurnal orderda, debetli jarayoni 1-vedomostda aks ettiriladi.
Quyida kassa daftari, jurnal 1-order va 1-vedomostni qisqartirilgan holda to‘lg‘azilishini keltirib o‘tamiz.
20 yil may oyi uchun kassa daftari
Huj- jat t.r
|
Kimdan olindi, kimga berildi
|
Schyotlar bog‘lanishi
|
Kirim
|
Chiqim
|
|
Kun boshiga qoldiq
|
|
1900
|
|
195
|
Bankdan 02130 chek bo‘yicha olindi
|
5110
|
100000
|
|
25
|
Shakarov Mansurga avans hisoboti bo‘yicha ortiqcha sarflangan
|
4220
|
|
2500
|
26
|
Burhonov Bahodirga avans hisoboti bo‘yicha ortiqcha sarflangan
|
4220
|
|
3000
|
27
|
Abdullayev Hamdamga safar xarajati uchun
|
4220
|
|
5000
|
|
Kun bo‘yicha jami
|
X
|
10000
|
10500
|
Kun oxiriga qoldiq
|
|
1400
|
|
Shu jumladan, ish haqiga
|
|
—
|
|
Kassir Pardayev A. G.
Bitta kirim orderi va uchta chiqim orderini tekshirdim va qabul qildim. Buxgalter Jo‘rayeva N. Q.
Bu keltirilgan kassa daftaridagi ma’lumotlar korxonada bir kun davomida bo‘lib o‘tgan muomalalardan iborat. Shu tarzda muomalalar kassa daftariga oy davomida kassir tomonidan yozilib boriladi.
1-son jurnal order
20 yilning may oyi uchun.
5010-«Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schyotining krediti va quyidagi schyotlari debeti
Sana
|
Debetlanuvchi schyotlar
|
Jami
|
5110
|
6710
|
4220
|
4890
|
|
|
|
01-04
|
–
|
–
|
150000
|
–
|
–
|
–
|
150000
|
05-08
|
200000
|
–
|
–
|
–
|
–
|
–
|
20 000
|
09-10
|
–
|
2170000
|
–
|
–
|
–
|
–
|
2170000
|
11-31
|
100000
|
–
|
–
|
26400
|
–
|
–
|
126400
|
Jami
|
300000
|
2170000
|
150000
|
26400
|
–
|
–
|
2646400
|
1-vedomost
5010-«Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schyotining debeti va quyidagi schyotlari krediti
Oy boshidagi qoldiq — 19000 so‘m
Sana
|
Kreditlanuvchi schyotlar
|
Jami
|
5110
|
4730
|
4220
|
|
|
|
|
01-04
|
2 170 000
|
–
|
19 800
|
–
|
–
|
–
|
2 189 800
|
09-10
|
300 000
|
–
|
–
|
–
|
–
|
–
|
300 000
|
11-31
|
250 000
|
28 800
|
–
|
–
|
–
|
–
|
278 800
|
Jami
|
2 720 000
|
28 800
|
19 800
|
|
–
|
–
|
2 768 600
|
Oy oxiriga qoldiq: 141200 so‘m
1-jurnal order va 1-vedomostga yozish uchun kassirning hisoboti asos bo‘lib hisoblanadi.
Kassadagi doimiy saqlanadigan naqd pul miqdori bank bilan kelishilgan holda belgilanadi. Ma’lum muomalalar (ish haqi, nafaqa) uchun olinadigan naqd pullar 3 kungacha (olingan kundan boshlab) saqlanishi mumkin.
Kassa hujjatlarida tuzatish, o‘chirib yozishga ruxsat berilmaydi.
Korxona, muassasa va tashkilotlardagi ayrim muomalalarni tezkorlik bilan amalga oshirish uchun hisobdor shaxslar xizmatidan foydalanadilar.
Ular korxona xodimlari bo‘lib ma’muriy xo‘jalik muomalalarini amalga oshirish va xizmat safariga borish uchun kassadan naqd pul oladilar. Bu shaxslarning ro‘yxati rahbar tomonidan tasdiqlanadi.
Xo‘jalik sarflari uchun ishlatiladigan naqd pullar korxonaning tasdiqlangan chegara (smeta) summasida, xizmat safari sarfi esa buyruqqa asosan safar guvohnomasi ko‘rsatilib, hisoblangan summada borish- kelish yo‘l xarajatlari, kunlik sarflari, tunash xarajatlari ko‘rsatiladi.
Bu sarflarning maqsadga muvofiqligi yuqori mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. Hisobdor shaxslar muomala sodir bo‘lgandan keyin 3 kun ichida hisobot tuzishlari lozim. Qoldiq summalari kassaga topshiriladi, ortiqcha sarf qilingan bo‘lsa, kassadan farq summa beriladi. Agarda shaxslar o‘z vaqtida hisobot bermasalar, bu summalar ularning ish haqidan ushlab qolinadi.
BANKDAGI HISOB-KITOB VA VALUTA SCHYOTLARIDA PUL MABLAG‘LARINI HISOBGA OLISH
Har bir tashkilot tuzilayotgan vaqtda o‘zining pul mablag‘larini va naqd pulsiz muomalalarini yuritish maqsadida davlat va tijorat bankida hisob-kitob schyotini ochadi. Bankda schyot ochish uchun tashkilotlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
Schyot ochish uchun ariza.
Davlat vakolatli organlari tomonidan korxonalar, tashkilotlarning yagona davlat ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi notariusda tasdiq- langan guvohnomaning ko‘chirmasi.
Yuqori organ yoki ta’sischilar majlisida tasdiqlangan ustav yoki nizomdan notariusdan tasdiqlangan ko‘chirma.
Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat.
Soliq organidan ro‘yxatdan o‘tib idensifikatsiya nomeri berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot.
Imzo namunalari va muhrning izi tushirilgan kartochka.
Hisob-kitob schoti aktiv 5110-schyotida yuritilib, pul mablag‘larining harakati, holati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib boradi.
Hisob-kitob schyotining debetida pul mablag‘larining kelib tushishi, kreditida esa pulning o‘tkazilishi yoki sarflanishi aks ettiriladi. Bu schyotda yozuvlar bankning ko‘chirmasiga asosan amalga oshiriladi.
Pulning tushumi va o‘tkazilishi quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi;
To‘lov topshiriqnomasi.
To‘lov talabnomasi.
Inkassa topshiriqnomalari.
Pul cheki.
Pul badallari haqidagi e’lon.
To‘lov topshiriqnomasi korxonaning o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z schyotidan muayyan summani boshqa korxonaning va shu bankdagi yoki ana shu shaharda yoxud boshqa shaharda joylashgan bank muassasasidagi schotiga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i hisob- lanadi. Bunda to‘lovchi bankka belgilangan shakldagi blankda topshiriq- noma taqdim etadi.
Topshiriqnomalar yozilgan kun — 1 kun davomida amal qiladi.
Tomonlarning kelishuviga ko‘ra topshiriqnomalarga asoslangan to‘lovlar muddatli, muddatdan oldin va muddati uzaytirilgan bo‘lishi mumkin.
Muddatli to‘lov quyidagi variantlarda amalga oshiriladi:
bo‘nak to‘lovi, ya’ni tovarlarni yuklab jo‘natish yoki xizmatlar ko‘rsatishdan oldin;
tovar yuklab jo‘natilganidan so‘ng, ya’ni tovarni to‘g‘ridan to‘g‘ri akseptlash yo‘li bilan;
yirik bitimlarda qisman to‘lovlar.
To‘lov talabnomasi hisob-kitob hujjati bo‘lib, mol yetkazib beruvchi (yuk jo‘natuvchi) va vositalarni boshqa oluvchilarning to‘lovchiga muayyan summani bank orqali to‘lash to‘g‘risidagi talabini o‘z ichiga oladi.
To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilish zarurati O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan, yuzaga kelgan moliyaviy vaziyatdan va to‘lovlarni ta’minlash zaruratidan kelib chiqib belgilanadi.
To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilishda vositalarni oluvchi unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka inkassa uchun to‘lovchidan muayyan summani bank orqali to‘lash talab qilingan hisob-kitob hujjatini taqdim etadi.
To‘lovchilarning akseptli yoki akseptsiz talabli hisob-kitoblari korxonalar o‘rtasida yuklab jo‘natilgan (berilgan) tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, boshqa to‘lovlar bo‘yicha esa – amaldagi qonunlar yoki shartnomada ko‘zda tutilgan hollarda qo‘llanadi, talabnomada mazkur to‘lov shaklini belgilagan tegishli me’yoriy hujjat, shartnoma bandiga, albatta, havola qilinishi kerak.
Olingan aksept belgilangan hisob-kitoblarda talabnoma aksept muddati tugagan kunning ertasiga to‘lanadi.
To‘lovchi unga xizmat ko‘rsatadigan bank muassasasiga mazkur bank muassasasi talabnomani olgan kundan so‘ng 3 kun davomida, talabnoma kelib tushgan kunni hisobga olmaganda, akseptdan voz kechishi to‘g‘risida aytish huquqiga ega.
Zarurat tug‘ilganda korxonaning so‘roviga binoan bank muassasasi rahbari talabnoma aksepti muddatini 10 kunga qadar uzaytirishi mumkin. Inkassa topshiriqnomalariga binoan to‘lovlar hisobi korxonalar schyotlaridagi mablag‘larni ular roziligisiz hisobdan o‘chirishning quyidagi hollarida qo‘llanadi: budjetga to‘lovlar bo‘yicha boqimandalar, jarimalarni undirishda va mablag‘larni hisobdan o‘chirishning so‘zsiz tartibi belgilangan boshqa hollarda: undiruvchilarning farmoyishlari
bo‘yicha; ijro etish va unga tenglashtirilgan hujjatlar bo‘yicha.
Mablag‘larni schyotlardan so‘zsiz tartibda hisobdan o‘chirish undiruvchilarning to‘lov talabnoma-topshiriqnomasi blankida taqdim etiladigan farmoyishlari asosida amalga oshiriladi.
Mijoz (korxona) chek daftarchalarini unga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasidan oladi. Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar, kasallik varaqasi bo‘yicha nafaqalar, mukofotlar, xizmat safarlari va xo‘jalik xarajatlari uchun naqd pullarni bank cheki asosida korxonaning hisob- kitob schyotidan shu korxona kassasiga beradi.
Pul cheki korxonaning hisob-kitob schyotidan chekda ko‘rsatilgan naqd pul summasini berish to‘g‘risida bankka bergan farmoyishidan iborat. Chek siyohda yoki sharikli ruchkada to‘ldiriladi. Unda summa, chek berilgan vaqt, oluvchining nomi, shuningdek, olingan summaning nima maqsadda ishlatilishi ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |