93
20-MavZU
KorXoNaNING MoLIYavIY NaTIJaLarI
YaLpI DaroMaD va foYDa
Tadbirkorni harakatga undovchi sabablardan biri – bu foyda olishga
intilishdir. Foyda hajmi qanchalik katta bo‘lsa, bu tadbirkor uchun o‘z
ehtiyojlarini to‘laroq qondirish va faoliyatini yanada kengaytirishga imkon
yaratadi.
Tadbirkorlik foydasini aniqlash uchun yalpi daromad tushunchasini ham
farqlash kerak.
Yalpi daromad
– mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
natijasida olingan pul mablag‘lari miqdori.
Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan yalpi daromad yal pi
tushum deb ham ataladi. Yalpi daromad (tushum)ni quyidagi formula bilan
ifodalash mumkin:
TR
=
P ×
Q
Bu yerda:
TR
(total revenue) – mahsulotni sotishdan olingan yalpi daromad (tu-
shum);
P
(price) – mahsulot narxi;
Q
(quantity) – mahsulot miqdori.
Aytaylik, siz korxonangizda bir oy davomida 100 ming dona daftar
ishlab chiqardingiz. Har bir daftarning narxi 1 000 so‘m. Agar barcha daf-
tarlar sotilgan taqdirda, korxonangizning bir oylik pul tushumi 100 mln.
so‘m (100 000 × 1000) ga teng bo‘ladi.
Biroq korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga
baho bera olmaydi. Chunki bu pul tushumlari qanday xarajatlar evaziga
olinganligini aks ettirmaydi. Shunga ko‘ra, pul tushumlarining xarajatlardan
ajratib olingan qismi – foyda muhim o‘rin tutadi. U quyidagicha aniqlanadi.
Pr
=
TR –
TC
Bu yerda:
Pr
(profit) – foyda;
94
TR
(total revenue) – mahsulotni sotishdan olingan yalpi daromad (tu-
shum);
TC
(total cost) – umumiy xarajatlar.
foyda
– korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib
tashlangandan keyin qolgan musbat farq.
Yuqoridagi misolda ko‘rsatib o‘tilganidek, sizning korxonangizda daf-
tar ishlab chiqarishning bir oylik xarajatlari 60 mln. so‘mni tashkil etgan
bo‘lsin. U holda, korxonangizning bir oylik foydasi 40 mln. so‘m (100
mln. – 60 mln.) ga teng bo‘ladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, foydaga erishish uchun pul daromadlari
xarajatlardan ko‘p bo‘lishi, ya’ni ular o‘rtasidagi farq ijobiy ahamiyatga
ega bo‘lishi lozim. Chunki ayrim holatlarda xarajatlar pul daromadlaridan
oshib ketib, natija manfiy ko‘rsatkichga ega bo‘lishi ham mumkin. Ushbu
holat zarar deb ataladi. Masalan, korxonangizning bir oylik pul tushumi 100
mln. so‘m bo‘lgani holda, xarajatlaringiz 110 mln. so‘mni tashkil etsa, siz
foyda o‘rniga 10 mln. so‘mlik zarar ko‘rgan bo‘lasiz. Shuning uchun kor-
xona xarajatlarini doimiy ravishda nazorat qilib borish muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: