asosiy kapitaldan samarali foydalanishning quyidagi yo‘llari mav-
jud: ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish; ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash; ishlab chiqarish quvvatlarini to‘liq
ishga tushirish.
aylanma kapitaldan samarali foydalanish quyidagilarni taqozo etadi:
materiallardan yo‘qotishlarning oldini olish; ularni tejamli ishlatish; mate-
rial sarflarini me’yorlar asosida amalga oshirish.
Ishlab chiqarishni samarali tashkil etish quyidagi chora-tadbirlar-
dan iborat bo‘lishi mumkin: ishlovchilarning malakasini oshirish; meh-
natni ilmiy asosda tashkil etish; mehnatni me’yor asosida tashkil etish va
rag‘batlantirish.
Mahsulot tannarxini pasaytirishning tashqi imkoniyatlari sifatida
xomashyo va materiallar narxini pasaytirish; soliq yukini qisqartirish;
92
ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiya kabilarni ko‘rsatish
mumkin.