U burxanov, T. Atam uradov davlat xaridi



Download 4,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/93
Sana30.04.2022
Hajmi4,21 Mb.
#596606
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93
Bog'liq
Davlat xaridi. Burxanov U. Atamuradpv T

2.2.2 Elektron texnologiyalar
AQShda davlat xaridi tizimi davlat, xo'jalik, ilmiy-texnik komp- 
lekslar bo'yicha 100 ga yaqin fedaral idoralami o'z ichiga oladi. 
Ular har yili, tovarlar va xizmatlarga bo'lgan talabni markaziy 
boshqaruv federal organi, o'z idora markazlari va mamlakatning 
yirik shaharlarida joylashgan federal hukumatning 12 ta hududiy 
markazlari orqali joylashtiradiiar.
AQSh qonunchiligi, davlat xaridi bo'yicha axborot resurslarini 
shakllantirish va foydalanish uchun mas’ul bo'lgan organlar 
faoliyatini ham tartibga solib turadi. Axborot resurslarni 
ta’minlovchi yig'ish, qayta ishlash va xarid bo'yicha ma’lumotlami 
tarqatish, federal ehtiyojlar uchun xarid bo'yicha axborotlar tizimi 
bazasini boshqarish va shartnomalaming federal ro'yxatini olib 
boruvchi organlarning funksiya va vakolatlari qonuniy belgilab 
berilgan. Federal xaridlar bo'yicha Markaz davriy ravishda 
ma’lumotlami taqdim etish bo'yicha Yo'riqnoma chop etib turadi. 
Unda quyidagilar aks etadi:
— hisobot topshirgan va hisobot topshirmagan idoralarning 
to'liq ro'yxati ko'rsatiladi;
— har bir idora bo'yicha, m a’lumotlarni yig'ish bo'yicha 
zaruriy yo'riqnomalar;
— tushuntirishlar (qanday ma’lumotlar zarur va qaysi davr 
oralig'ida ularni taqdim etish kerak).
80


Davlat ehtiyojlari uchun m ahsulotlar xaridining o ‘sib 
borayotganligi yetarli darajada aks ettirilmaganligi sababali, 1994- 
yilda, AQSh qonunchiligi jiddiy taftish etildi. Taftish yakunlariga 
asosan, AQShda xaridni tartibga soluvchi yangi qonunchilik 
shakllantirildi va u axborot bilan ta’minlash tizimini zamono- 
viylashtirish va tizimda axborot resurslardan foydalanishni tashkil 
etishni takomillashtirilishiga olib keldi.
Davlat xaridini tashkil etish jarayoni ham tahlil etildi (1994- 
yilda, bu sohani nazorat etuvchi qonun va qoidlar jami 889 tani 
tashkil etardi). Shundan sung, davlat xaridini amalga oshirish 
bo£yicha vakolatli federal organlarga, davlat ehtiyojlari uchun 
xaridni amalga oshirishning shakllari, xaridni turlari, usullarini 
tanlashda kengaytirilgan erkinliklar berildi.
Qonun kichik xaridlar uchun shartnoma tuzish jarayonini 
soddalashtirdi va elektron savdolarni1 amalga oshirishni parallel 
ravishda qo'llab-quvvatladi.
Yangi qonunchilikka asosan, xarid qiymati 100 ming dollardan 
past bo‘lgan savdolar uchun qog'ozli hujjatlar aylanmasi bekor 
qilindi. Bu juda ko‘plab hattoki kichik hajmdagi savdolarda ham, 
mavjud bo'lgan murakkab qoida va jarayonlarni amalga oshirishdan 
xalos qildi.
Bugungi kunda Amerikadagi har bir federal idora, shartnoma 
qiymati 25 ming dollardan yuqori bo‘lgan, keyingi 5 moliya yilidagi 
barcha nomaxfiy tusdagi shartnomalami kompyuter ma’lumotlar 
bazasini shakllantirishi va saqlashi lozim. Ushbu ma’lumotlar 
barcha idoralar tomonidan federal xaridning Markazlashgan 
axborot tizimiga jo'natiladi. Shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlami 
taqdim etishda, federal idoralar, hujjatlarning standartlashgan 
shakllari va m a’lumotlarning unifikatsiyalashgan formatidan 
foydalanadilar. Taqdim etiladigan ma’lumotlarga qo‘shimcha 
tarzda, federal idoralar, qiymati 5 mln dollar va undan yuqori

Download 4,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish