U 1922-yil 24- dekabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Avval pedagogika bilim yurtida tahsil oladi. So`ng Nizomiy nomidagi pegagogika (1944) institutini tugatib, o`qituvchilik qiladi



Download 23,57 Mb.
Sana23.07.2022
Hajmi23,57 Mb.
#843729
Bog'liq
ADIBLAR RASMI BOSHLANG\'ICH SINF





U 1922-yil 24- dekabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Avval pedagogika bilim yurtida tahsil oladi. So`ng Nizomiy nomidagi pegagogika (1944) institutini tugatib, o`qituvchilik qiladi. “Lenin uchquni” ro`znomasida adabiy xodim, 1951-1952 yillarda O`zbekiston Davlat nashriyotida bolalar adabiyoti bo`liminjng mudiri bo`lib ishlaydi. 1954-1960 yillarda Yozuvchilar uyushmasida, 1962-1964 yillarda Madaniyat Vazirligi qoshidagi San’at boshqarmasida nuharrirlik qiladi.

1949 yilga kelib, uning «Sayrang, qushlar» nomli ilk to`plami chop etiladi. Ketma-ket «Bo`l, tayyor!», «Tish cho`tkasi ertagi» (1955), «Hunardan unar» (1958), «To`g`ri o`sgan gul bo`lar» (1960), «Aql qayerda bo`lar» (1962), «Oltin nay» (1967), «Rahmatga rahmat!» (1969), «Eson va Omon» (1971), «Odob va oftob» (1971) hamda «Yaxshilarga o`xshasam», «Gul va Piyoz», «Kuldi xiyol», «Men sevaman, sen sevasanmi?», «Oltin boshoqlar», «66 oltin ko`l» kabi o`nlab to`plamlarp nashr etildi. Ularning ko`pchiligida yoshlarning beg`ubor ruhiy dunyolari, qalb harorati va iztiroblari ifodalangan.



Anvar Obidjon 1947 yil 8 yanvarda Farg`ona viloyatining Oltiariq tumanidagi Poloson qishlog`ida tug`ilgan. O`zbekiston xalq shoiri (1998). ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1979). Qissa va hikoyalari - «Usta Gulmat g`azallari» (1974), «Eng yorug` kun» (1983), «Akang karag`ay Gulmat» (1987) va boshqa. «Masxaraboz bola» (1986), «Juda qiziq voqea» (1987), «Yerliklar» (1990), «Alamazon va Gulmat xangomasi» (1992), «Ajoyibxona» (1993, she’riy taqvim), «Tanlangan she’rlar» (2006), «O`g`irlangan pahlavon» (2006), «Bahromning hikoyasi» (2007) kabi doston, qissalar, she’rlar, pesalar va hajviy asarlardan iborat to`plamlar muallifi. «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1997).
XX asr o`zbek bolalar adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Quddus Muhammadiy 1907 yil 25 oktyabrda Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. O`rta maktabdan so`ng avval qishloq xo`jaligi bilim yurtida, so`ng O`rta Osiyo Davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil oldi.




Kavsar Turdiyeva 1958-yil 6-avgustda Toshkent shahrida ziyoli oilada tug`ilgan.1975-yili Chilonzor tumanidagi 201-o`rta maktabni oltin medal bilan tugatib, Toshkent davlat universitetiga o`qishga kirgan, so`ng Sankt-Peterburg davlat universitetini o`qib tugatgan. Hozir Toshkent pediatriya tibbiyot institutida kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.


Shoiraning “Varrak”, “O`ynayapman, o`ylayapman” “Qush bo`lib uchgan ona”, “Raqamlarbo`ylab sayohat" kabi to`plamlari bolalar qalbining beg`ubor kengliklarini ochib berishga, ularning nozik ruhiy qalb jarayonlarini ko`rsatishga qaratilgandir. 
Filologiya fanlari nomzodi Kavsar Turdiyeva kino san’ati sohasida ham samarali ijod qilmoqda. Uning “Zumrasha” hajviy kinojurnali uchun tayyorlagan “Ma’naviyatli bo`laylik”, “Sumalak va tilak”, “Yodlasam bo’lmasmidi?” kabi asarlari yuqori baholangan. Kavsar Turdiyevaning multfilmlar, telefilmlar uchun yozgan qo`shiqlari ham ommalashib ketgan.
Uning “Raqamlar bo`ylab sayohat” (2001), “Ona isi”, “Obod mahallam ko`chalari”, “Hayvonot bog`i”, “Salomat bo`ling” (2003), “Botu nidosi”, “Obod mahallam bo`ylab”, “Toshkesarlar mamlakati” (2004), R. Farhodiy to`plami tarjimalari (2005), ,,O`n yumush”, “Tozalik -go`zallik” kabi kitoblari chop etilgan.






Normurod Narzullayev o`zbek adabiyoti taraqqiyotiga o`zining ko`p qirrali ijodi bilan barakali hissa qo`shib kelayotgan shoirlardan biridir.
U 1934 yilning 7 iyulida Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi Xo`jahayron qishlog`ida dehqon oilasida dunyoga keldi. U yetti yillik ma’lumotni o`z qishlogidagi maktabda oldi. 1948 yilda Oxunboboev nomli Qarshi pedagogika bilim yurtiga kirib o`qidi. 1956 yilda Samarqand Davlat pedagogika institutining Til va adabiyot fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirdi.
Shoir ijodiy faoliyatini 1954 yildan boshlaydi, vaqtli matbuot sahifalarida uning ilk she’rlari bosiladi. G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida shoirning ilk she’riy to`plami -«Suyunchi» (1965) bosilib chiqadi. Bugunga qadar shoirning o`ttizga yaqin kitoblari bosilgan. «Sizni Vatan erkalar» (1966), «Mehr chashmasi» (1970), «Zarafshon zarlari» (1970), «Ufqlarda ko`zlarim» (1973), «Yog`du» (1974), «Nigohlar» (1976), «Lahza va larza» (1978), «Sevgi sehri» (1981), «Oq samanim» (1982), «Tong elchisi», (1984), «Shamolni ushlagan bola» (1985), «Yaxshilik deb yashayman» (1987), «Aniq zaqt» (1989) kabi to`plamlarning muallifidir. Shoirning rus tilida «Visokoe solnse» (1974), «Dobriy svet» 1977), «Poyot dutar» (1977), «Mgnovenie» (1982), «Dixaniye trav» (1983), «Malchik poymavshiy veter» (1990) kitoblari chop etilgan. Bundan tashqari, shoirning «Muhabbatdan tug`ilgay» kitobi ozarbayjon, «Qo`shchinor» to`plami tojik tilida nashr etilgan.





Miraziz A’zam ham bolalar, ham kattalar shoiri, ayni chog`da o`tkir publitsist, yetuk tarjimon hamdir. U 1936 yili Toshkentda tavallud topgan. Toshkent Davlat dorilfununini tugatgach, Toshkent telestudiyasida, «G`uncha» bolalar oynomasida, so`ngra «Yosh gvardiya», G`afur G`ulom nashriyotlarida muharrir bo`lib ishlagan. Ko`p yillar O`zbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi, sarkotib yordamchisI bo`lib ishlagan. 
Uning ijodi talabalik yillaridayoq boshlangan. Uning birinchi she’ri 1960 yilda «G`alati tush» nomi bilan chop bo`lgan. Keyinchalik u 1972 yilda alohida kitob holida bolalarga sovg`a qilingan. Uning birinchi she’riy to`plami «Metallurg» (1964) nomi bilan chop bo`lgan. Shundan so`ng bolalar uchun «Aqlli bolalar» (1969, doston), «Senga nima bo`ldi» (1970), «Yer aylanadi» (1973), «Yerga dovruq solamiz» (1970), «Bir cho`ntak yong`oq» (1990, saylanma) kabi bir qator ajoyib she’riy to`plamlari bosilib chiqdi. Ularda bolalarning qalbi va tuyg`ulari orqali olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulug`lashga intiladi.
Miraziz A’zam ijodi gullagan, sermahsul, serfayz bo`lishiga ishonsa bo`ladi.




Quddus Muhammadiy ijodi 30-yillardan boshlangan bo`lib, ilk asarlari «Sharq haqiqati» gazetasi va «Yer yuzi» jurnalida chop etilgan. Uning mashhur «Sandal va pechka», «O`z-o`zini tanqid» kabi dostonlari 1936-1937 yillarda yaratilgan.. Hayotdagi kishilar, xususan bolalar xarakteridagi ayrim nuqsonlar beg`araz hajv qilingan.Quddus Muhammadiy 1941—1944 yillarda mashhur baxshi — Islom shoirga kotiblik qilib, uning terma va dostonlarini yozib olish bilan mashg`ul bo`ldi. Urushdan keyingi yillarda esa uning birinchi she’riy to`plami «Sinov» (1947) nomi bilan nashr etildi. Shundan so`ng «O`quvchiga esdalik» (1947), «She’r va ertaklar» (1947), «Orzu» (1948), «Bahor keldi» (1950), «Dunyoda eng kuchli nima?» (1951), «Qirq o`g`il va qiz» (1951), «Bizning do`stlarimiz» (1952), «Sen tug`ilgan kun» (1952), «Yangi uy» (1953), «Mehribon do`stlar» (1953), «Qo`ng`izboy bilan sichqonboy» (1955), «Tugmacha» (1956), «Tanlangan asarlar» (1957) kabi o`ttizdan ortiq kitoblari bosilib chiqdi. «Ochil dasturxon» (1970) kabi xalq og`zaki ijodi an’analari ruhidagi asarlari ham shuhrat topti va adibga cheksiz sharaf keltirdi. Uning «Qanotli do`stlar» nomli she’riy kitobi 1970 yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi. U 1977 yili O`zbekiston xalq shoiri unvoni bilan taqdirlandi. Bolalarning buyuk va kamtarin shoiri Quddus Muhammadiy 1997 yil 22 iyunda Toshkent shahrida vafot etdi.








Umida Abduazimova 1953-yilda Toshkent shahar Yunusobod tumani “Bobodehqon” mahallasida tug`ilgan. O`rta maktabni oltin medal bilan tugatib, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetiga o`qishga kirgan. O`qishni bitirgach, O`zbekiston televideniyesi adabiy ko`rsatuvlar muharririyatida ishlagan. 1990-1995-yillarda “Ma’rifat” gazetasida bo`lim muharriri va Bosh muharrir o`rinbosari vazifasida xizmat qildi. 1995-yildan buyon “Tong yulduzi” gazetasida Bosh muharrir lavozimida faoliyat ko`rsatmoqda.
Umida Abduazimovaning “evinchim”, “Seni ko`rgim kelaveradi”, “Arazlamang”, “Salom, hayot”, “Qadimiy qo`shiq”, “Oydin orzular”, “Umrim ziynati”, “Oymoma bog`” nomli o`ndan ortiq she’riy va publitsistik to`plamlari o`z kitobxonlarini topgan.
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi Umida Abduazimova 1997-yil “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
 






Mirtemir (Tursunov Mirtemir) 1910 yil 30 mayda Turkiston shahrining Iqon qishlog`ida tug`ilgan. O`zbekiston xalq shoiri (1971). Eski maktabda ta’lim olgach (1919-20), Toshkentga kelib, Almaiy nomidagi namuna ish maktabi (1920-23) va O`zbek erlar bilim yurtida taxsil ko`rgan (1925— 29). Ilk she’rlar to`plami - «Shu’lalar qo`ynida» (1928) milliy o`zbek she’riyati uchun yangi janr -sochma (nasriy she’r) janrida yozilgan. «Zafar» (1929), «Qaynashlarim» va «Bong» (1932) she’riy to`plamlari muallifi. «Barot» (1930), «Xidir» (1932), «Dilkusho», «Suv qizi» (1937), «Oysanamning to`yida» (1938), «Ko`zi» (1939) kabi dostonlar yozgan. «Qoraqalpok, daftari» (1957) turkumidan o`rin olgan «Surat» lirik qissasi esa 60-70-yillarda o`zbek she’riyatida doston janriga e’tiborning kuchayishi va lirik doston janrining kamol topishiga katta ta’sir ko`rsatgan. A. S. Pushkinning she’rlarini, N. A. Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yashaydi», Sh. Rustavelining «Yo`lbars terisini yopingan pahlavon», Abay, Maxtumquli va Berdaq asarlarini hamda kirg`iz xalq, eposi «Manas»ni o`zbek tiliga tarjima qilgan. Hamza nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti (1979), Berdaq nomidagi Qoraqalpog`iston Davlat mukofoti (1977) laureati. 1978 yil 25 yanvarda Toshkentda vafot etgan. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni soxibi (2002).




Rauf Tolib 1946-yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. Uning bolaligi urushdan keyingi og`ir yillarga to`g`ri keldi.


Shoirning «Gulxan», «G`uncha» jumallarida ishlashi bolalar hayotiga chuqurroq kirishiga sababchi bo`ldi. Ijodiy safarlarda, respublikamizning chekka qishloqlarida bo`lib, bolalar hayotini o`rgandi. «Ona yurt», «Eshitmadim demanglar», «Yurt mehri», «Osmon bog`», «Mirjalol nega lol», «Sehrgar do`stim bor», «Qiziq tomosha», kabi o`ndan ortiq kitoblari chop etildi.Shuningdek, u nasrda ham qalamini sinab ko`rdi. «Hamma hayron» nomli hikoyalar to`plami, kichkintoylar uchun «Jirafaning bo`yni nega uzun?» ertaklar kitobi yuzaga keldi. Rauf Tolibning nasriy asarlari ham yosh kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi. 




Tursunboy Adashboyev 1939 yil 1 yanvarda O`sh viloyati, Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlog`ida tug`ilgan. ToshDUni hamda Moskvadagi Jahon adabiyoti institutini bitirgan (1962). Ilk she’rlar to`plami - «Kamolning olmasi» (1964). «Biz sayohatchilar» (1966), «Olatovlik bo`laman», «Arslonbob sharsharasi» (1969), «Surnay» (1970), «Nur daryo» (1975), «Guldasta» (1968), «Olatog`-lolatog`» (1978), «Oqbo`ra to`lqinlari», «Sovg`a», «Arslonbob afsonasi» (1988), «Sichqonning orzusi», «Uch bo`taloq va sirli qovoq» (1990), «Orzularim - qo`sh qanotim» (2003), «Oltin yolli tulpor qissasi» (2003, ertaklar) kabi to`plamlari nashr etilgan. Uolter De Lamer, K. Chukovskiy, S. Marshak, L. Briedis kabi shoirlarning asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan.




Qutlibeka Rahimboyeva 1952 yil 9 fevralda Turkmaniston Respublikasiga qarashli Toshhovuz shahrida tug`ilgan. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi (1994). Farg`ona pedagogika institutining filologiya fakultetini tamomlagan (1974). Dastlabki she’riy to`plami -«Yuragimda ko`rganlarim» (1981). Shundan so`ng shoiraning «Uzun kunduzlar» (1984), «Uyg`onish fasli» (1989), «Ozodlik», «Ko`ksimdagi Tangritog`» kabi she’riy to`plamlari nashr etilgan. «Tohirning Zuhrosi» nomli dramatik asar ham yozgan. L. Ukrainka, M. Svetaeva kabi shoirlarning asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan. «Shuhrat» medali sohibasi (1999).






Qudrat Hikmat 1925 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. Toshkent Pedagogika institutini tugatgan (1957). Dastlabki she’riy to`plami -«Mening Vatanim» (1950). «Baxtli bolalar» (1951), «Obodlik» (1953), «Do`stlik» (1954), «Uch o`rtoqning sovg`asi» (1957), «Nevara mehri», «Chirchiq farzandi» (1961), «Alisher va kitob» (1962), «Ilonshoh va uning amaldorlari xaqida ertak» (1963), «Soatjonning soati» (1964), «Toshbaqalar hujumi» (1965), «Shamol botir» (1966), «O`g`lim bilan suhbat» (1970), «Olmos mening yuragim» (1983), «Mening yuragim» (1986) va boshqa she’riy to`plamlari nashr etilgan. V. Mayakovskiy, S. Marshak, S. Mixalkov, A. Surkov, M. Bajan A. Barto va boshqa shoirlarning bolalarga atalgan she’rlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan. 1968 yil 10 aprelda Toshkent shahrida vafot etgan.








Zafar Diyor 1912-yilda Namangan viloyatining hozirgi Chust tumanidagi Samsoqtepa qishlog'ida dehqon oilasida tug`ildi. 1916-yilda Zafarlar oilasi Toshkent shahriga ko`chib keladi. Zafarning otasi dala ishlarida, onasi esa bosmaxonada mehnat qilardilar. 1927-yilda Zafar to`liqsiz o`rta maktabni bitiradi va Samarqanddagi Narimonov nomli pedagogika texnikumiga o`qishga kiradi. Texnikumda o`qib, ko`proq ilm-fan sirlaridan bahramand bo`lishga harakat qiladi. Uning dastlabki she’riy mashqlari bilim yurti devoriy gazetasi sahifalarida ko`rina boshlaydi.


Yigirmanchi yillar oxiri va o`ttizinchi yillar boshlarida hozirgi “Tong yulduzi" gazetasida, “Yosh kuch” va boshqa bolalar jumallarida ilk she'rlari chop etila boshladi. Zafar Diyoming birinchi she’ri yosh shoirlaming “Qurilish kuylari" to`plamida bosilib chiqdi.
Ko`p o`tmay, uning birinchi she’rlar to`plami “Qo`shiqlar” nomi bilan 1933-yilda nashr etildi. U Toshkent davlat pedagogika oliygohining til va adabiyot fakultetiga kirib, o`qishni davom ettiradi. O`zbek hamda qardosh xalqlar yozuvchilari asarlarini qunt bilan o`rganadi.








O`zbekiston xalq yozuvchisi O`tkir Hoshimov Toshkentning Do`mbirobod dahasida 1941 yilning 5 avgustida tavallud topgan bo`lib, bolaligi urush qiyinchiliklari, muhtojliklari davrida kechgan. Shu tufayli u o`rta maktabni a’lo baholar bilan bitirgan bo`lsa ham oilaviy sharoiti yuzasidan ishlab turib o`qishga majbur bo`lgan. Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetining sirtqi bo`limida o`qish bilan «Temiryo`lchi», «Toshkent haqiqati», «Qizil O`zbekiston» kabi gazetalarda turli yumushlarni bajargan. 1966—1982 yillarda «Toshkent oqshomi» gazetasida bo`lim mudiri, 1982—1985 yillarda G`. G`ulom nomidagi nashriyotda bosh muharrir o`rinbosari, 1985 yildan boshlab esa «Sharq yulduzi» jurnalining bosh muharriri bo`lib ishlab keladi. U O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati hamda Matbuot va axborot qo`mitasining raisi bo`lib ham ishlagan.O`tkir Hoshimov ijodi publitsistikadan boshlangan bo`lib, birinchi kitobi 1962 yilda «Po`lat chavandoz» nomi bilan bosilib chiqqan. Uning ilk hikoyasi esa 1963 yili «To`rt maktub» nomi bilan chop etilgan. Keyinchalik mazkur hikoya asosida «Cho`l havosi» (1963) qissasi yaratilgan. Mazkur qissa haqida ustoz Abdulla Qahhordan olingan maktub, yosh adib ilhomiga ilhom qo`shdi, dalda berdi. Shundan so`ng uning «Odamlar nima derkin», «Shamol esaveradi» qissalari maydonga keldi. Ayniqsa, adibning «Bahor qaytmaydi» (1970), «Qalbingga quloq sol» (1973) kabi qissalari yozuvchiga shuhrat keltirdi. 1976 yilda mazkur asarlar muallifi Respublika Yoshlar mukofotiga sazovor bo`ldi. 2013 yil 24 may kuni Toshkent shahrida vafot etgan.


O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAMANGAN VILOYAT XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
Namangan tuman xalq ta'limi bo‘limiga qarashli
25-sonli umumta’lim maktabining
BOSHLANG’ICH SINF O`QITUVCHISI
____________________________NING
O’QISH FANIDAN











Download 23,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish