19-mavzu: Iplar va rangli lentalar yordamida turli o`yinchoqlar va buyumlar yasash.
O’quv soati: 6 soat
|
talabalar soni: 30 ta
|
O’quv mashg’uloti shakli
|
Amaliy mashg’ulot.
|
Amaliy mashg’ulot tuzilishi:
|
1.Ish joyini tashkil etish.
2.Baholash mezonlari bilan tanishtirish.
3.Ish qurollaridan foydalanish qoidalari.
4. Iplar va rangli lentalar yordamida turli o`yinchoqlar va buyumlar yasash.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Esdalik sovg’alari yasash va bezatish.
|
Pedagogik vazifalar:
Iplar va rangli lentalar yordamida turli o`yinchoqlar va buyumlar yasash haqidagi bilimlarini aniqlash;
Ish joyini to’g’ri tashkil qilish bo’yicha ma’lumotlar berish;
Amaliy ish natijalarini ko’radi, muhokama qiladi va baholaydi.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
talabalar bilishi kerak:
Iplar va rangli lentalar yordamida turli o`yinchoqlar va buyumlar yasash to’g’risida bilganlarini aytadi;
Ish joyini to’g’ri tashkil qilishni o’rganadi;
Natijalarni taqdimot qiladi va baholanadi;
|
Ta’lim usullari
|
Tushuntirish, tezkor so’rov, namoyish etish, savol-javob, amaliy ish, taqdimot
|
Ta’lim vositalari
|
Metodik qo’llanmalar, slaydlar, ekspert topshiriqlar, turli rangli qog’oz to’plami, chizg’ich, qaychi, qalam
|
O’qitish shakllari
|
Yakka tartibda, guruhli.
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Texnik vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya
|
Nazorat va baholash
|
Savol-javob va amaliy ish
|
Reja:
Iplar tasnifi bilan tanishish.
Ip va lentalar yordamida o’yinchoqlar yasash.
Joriy amaliy ish uchun zarur bilimlar uchun o‘quvchilarni qurollantirish maqsadida ko‘rsatishlar, kuzatishlar va oddiy tajribalar qatori o‘tkaziladi. IV sinfda o‘quvchilarda iplar tasnifi, ularning ishlab chiqarilishi, muhim xususiyatlari, mehnatda qo‘llanishi to‘g‘risidagi mavjud bilimlarni umumlashtirish, tizimga solish maqsadida suhbatlar, ko‘rsatishlar, kuzatishlar va tajribalar o‘tkazish foydali.
Kichik suhbat davomida o‘quvchilar tolali materiallar, iplar to‘g‘risidagi o‘zlariga ma‘lum bo‘lgan hamma ma‘lumotlarni birgalikda eslaydilar. Ular iplar o‘simlik, hayvonlar, sun`iy va sintetik tolali materiallardan yigirish orqali tayyorlanishini bilib oladilar. Keyingi vaqtlarda turli tolalar: o‘simlik va sun`iy, sintetik va tabiiy jun va hokazo aralashmasidan tayyorlangan iplar ko‘proq uchramoqda. Sinf iplar to‘plami, o‘quv to‘plamlarini diqqat bilan qarab chiqib, hamda ish stollarida bo‘lgan turli iplar namunalarini o‘rganib, g‘altaklar va o‘ramlardagi etiketkalarni o‘qib, o‘quvchilar hamma iplarni amaliyot uchun muhim belgilar va xususiyatlar qatoriga qarab tasniflash mumkinligini birgalikda aniqlaydilar.
1. Iplar tayyorlangan tolalarga qarab: ip-gazlama, zig‘ir, jun, ipak (tabiiy va sun`iy toladan), sintetik va aralash (u yoki bu tolalarning turli kombinatsiyalaridan). O‘quvchilarga tolalarning boshqa tasnifini ham taklif etish mumkin: ularning olinishiga ko‘ra: o‘simlik, hayvon, sun`iy, sintetik va mineral.
2. Vazifasiga ko‘ra iplar tikuvchilik, kashtachilik, yamash, to‘qish va hokazo bo‘linadi.
3. Qalinligi bo‘yicha iplar nomerlarga ko‘ra bo‘linadi. Masalan, tikuvchilik iplarining metrik nomeri 1 g da necha metr ip borligini ko‘rsatadi. Oddiy o‘rganish orqali o‘quvchilar iplar qalinligi eng avvalo ularning tayyorlanishi uchun foydalanilgan ip qalinligi va qavatlar soniga bog‘liq.
4. Rangiga ko‘ra iplar oq, qora va rangli bo‘ladi. O‘quvchilarni ranglanmaydigan xom iplar bilan tanishtirish foydali.
5. Sifati va eng avvalo mustahkamligini hamda pardoziga ko‘ra iplar navlarga bo‘linadi. Iplar mustahkamligi tola turi va sifati, uning ipda eshilishi, hamda qatlar soniga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |