Mazkur o‘quv uslubiy ko‘rsatma (5330200-Informatika va axborot texnologiyalari) taʼlim yo‘nalishining o‘quv rejasi asosida “Muhandislik dasturlari” fani uchun tayyorlandi.
Mazkur o‘quv uslubiy ko‘rsatma “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasining
20__yil “____”____ dagi “__”-son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Tuzuvchilar:
Taqrizchi:
|
NamMQI “Informatika va AT” kafedrasi professori. M.Olimov
NamMQI “Informatika va AT” kafedrasi o’qituvchisi S.Abdujalilov
NamMQI “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri PhD. Dots. A.Isomiddinov
|
O‘quv uslubiy ko‘rsatma NamMQI uslubiy Kengashi qarori 20__ yil № ____ dagi__sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan
Kirish
Dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi - Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida gi PF-4732-son Farmonidagi ustuvor yo‘nalishlar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, u zamonaviy talablar asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini muntazam oshirib bo rishni maqsad qiladi.
Bugungi kunda jahon miqyosida yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotning taxminan
5,5 foizi axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasiga to‘g‘ri kelmoqda. Nufuzli xalqaro ekspertlarning fikriga ko‘ra, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 11 foizdan oshadi.
Masalan, Koreya Respublikasining yalpi ichki mahsulotida axborotkommunikasiya texnologiyalarining ulushi 11,8 foizdan ziyodni, Shvesiyada 7 foizni, Amerika Qo‘shma Shtatlarida esa 6,8 foizni tashkil etadi.
So‘nggi yillarda iqtisodiyotimizning mazkur tarmog‘i jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotganiga qaramasdan, hozirgi vaqtda biz bu borada dastlabki bosqichda turganimizni tan olishimiz darkor. Ya’ni, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining atigi 2 foizga yaqini axborot-kommunikasiya texnologiyalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Axborot kommunikasiya texnologiyalari taraqqiy etishi bilan hayotimizni qulayliklar bilan boyitish maqsadida taqdim etilayotgan tejamkor va ishonchli imkoniyatlardan biri «Elektron hukumat» tizimining joriy etilishidir. Ma’lumki, «Elektron hukumat» tizimi jahon amaliyotida o‘zining afzalliklarini namoyon etib ulgurgan tizim hisoblanadi. Respublikamizda ham keng miqyosda rivojlanib borayotgan mazkur tizim mamlakatimiz davlat hokimiyati organlari, biznes sohasi, ayniqsa, fuqarolarga turli davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan axborot xizmatini taqdim etadi. Shu munosabat oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishda «Elektron hukumat» modulining ahamiyati yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda.
Ushbu dasturda Elektron hukumat tahlili va joriy etish, BMTning - Elektron hukumat rivojlanish indeksi reytingi, Elektron hukumat joriy etishning jaxon tajribasi, O‘zbekiston Respublikasi - Elektron hukumat tizimi rivojlanish bosqichlari, arxitekturasi va boshqaruv sxemasi, Elektron hukumatda o‘zaro munosabat turlari asosidagi axborot tizimlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish, - Elektron hukumat tizimi doirasidagi axborot tizimlari komplekslari va ma’lumotlar bazalaridan amaliyotda foydalanish bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |