Nazorat savollari:
Uzatish mexanizmlari konstruktiv tuzilishi.
Uzatish mexanizmlari asosiy elementlari.
Tishli uzatmalarninig tuzilishi.
TAJRIBA ISHI №10.
LAHIM O’TUVCHI KOMBAYNLAR ISHLASH PRINSIPLARI VA KONSTRUKSIYALARINI O`RGANISH.
Reja:
Lahim o`tuvchi kombaynlari haqida umumiy tushuncha
Tanlab qazuvchi lahim o`tuvchi kombaynlar.
Burg`ilab qazuvchi lahim o`tuvchi kombaynlar.
Ishdan maqsad: Talabalar o`z bilimlarini, lahim o’tuvchi kombaynlar ishlash prinsiplari va konstruksiyalarini o’rganish orqali yanada mustahkamlash.
Lahim o’tuvchi kombayn (3.2-rasm) lar shaxta va rudniklarda tayyorlov lahimlarini, hamda yer osti inshoatlari qurilishida tonnellar o’tishni mexanizatsiyalashtirishda ishlatiladi.
Lahim o’tuvchi kombaynlar asosiy sinfiy belgilari bo’yicha quyidagicha bo’linadi:
- ishchi organi bilan ish joyini ishlash usuli bo’yicha – ish joyi yuzasini ketma-ketlikda ishlovchi tanlash bilan o’tuvchi (davriy) va ish joyi butun yuzasini bir yo’la ishlovchi burg’ilash jarayonli (uzluksiz);
- o’tilayotgan massiv jinslari qattiqligi bo’yicha – ko’mir va qatlamli yumshoq rudalardan ( MPa), o’rtacha qattiqlikdagi tog’ jinslaridan ( -80 MPa) va qattiq tog’ jinslaridan ( MPa) o’tuvchi;
- ishlatilish ko’lami bo’yicha – foydali qazilma va aralash ish joyilardan asosiy va yordamchi tayyorlov lahimlarini o’tish uchun, tog’ jinslaridan asosiy va kapital lahimlarni va tonnellarni o’tish uchun va foydali qazilmada kesish ishlari uchun mo’ljallangan;
- o’tilayotgan lahimning kesim yuzasi bo’yicha – 5-16 m2; 9-30 m2; va 30 m2 dan oshiq yuzali lahimlarni o’tishga mo’ljallangan.
65-rasm. Lahim o’tuvchi kombayn
Bundan tashqari lahim o’tuvchi kombaynlar yuritmalari quvvati, ish bajaruvchi, yuklovchi va harakatlanuvchi organlari konstruktsiyalari bo’yicha ham bo’linadi.
Ishchi organi strela shaklli tanlash ish jarayonli lahim o’tuvchi kombaynlar 80 MPa qattiqlikdagi tog’ jinslaridan o’tishda, o’tilayotgan lahimning yuzasi va shakl o’zgarishi zaruriyati bo’lgan hollarda hamda foydali qazilma va nokerak tog’ jinslarini ajratib qazib olishda ishlatiladi.
Ishchi organi uzluksiz ishlovchi burg’ilash jarayonli lahim o’tish kombaynlari aylana yoki arka shaklli o’zgarmas kesim yuzali lahimlarni o’tishda ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan lahim o’tuvchi kombaynlar ishchi organlari koronkali, diskli yoki kombinatsiyalashgan bo’lishi mumkin.
Konussimon koronkalar (66-rasm) PK3R, 1GPKS, 4PP2M, 4PP5 kabi strela shaklli ishchi organiga ega bo’lgan tanlash ish jarayonli lahim o’tish kombaynlarida qo’llaniladi.
Gorizontal va vertikal yo’nalishlarda harakatlanuvchi tastak (strela) da o’rnatilgan turli tarafga aylanuvchi yarim sharlardan iborat sferik shaklli koronkalar (66-rasm, b) Vengriyada ishlab chiqarilgan «F» rusumli lahim o’tish kombaynlarida qo’llaniladi. Bunday ishchi organli kombaynlar yordamida to’rtburchak, (66-rasm, v, 1-sxema), trapetsiya (66-rasm, v, 2-sxema) va arka (66-rasm, v, 3-sxema) shaklli lahimlarni o’tishi mumkin.
66-rasm. Strela shaklli ishchi organlar: konussimon (a) va sferik (b) koronkali; (v)- ish joyini ishlash sxemalari
Do'stlaringiz bilan baham: |