Tuzuvchilar: Maxmudov A. M



Download 12,98 Mb.
bet19/37
Sana15.04.2022
Hajmi12,98 Mb.
#554085
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
Bog'liq
metodichka gor mash

Strela. Hozirgi kunlarda kanatli kuch berish tizimida ishlatilayotgan ekskavatorlarda ikki balkali strela va ichki bir balkali rukoyatlar qo’llaniladi. Bir balkali strela va tashqi ikki balkali rukoyatlar esa tishli-reykali kuch berish tizimi bilan jihozlangan ekskavatorlarda qo’llaniladi. Bu ekskavatorlar EKG-5A, EKG-12 va EKG-20 mexanik kuraklaridir.
Ekskvatorlarning zamonaviy modellari ko’pgina strelalari tayanch tomoniga kengaytirilgan shaklda ishlab chiqarilmoqda. Buning uchun strela yon taraflaridan qo’shimcha tortuvchi konstruksiyalar ulanadi, bu strelaning barqarorligini ta’minlaydi (EKG-5A).
Bir balkali ichki rukoyatlar uchun odatda ikki balkali strela ; ikki balkali tashqi rukoyatlar uchun bir balkali strela qo’llaniladi
Ikki balkali strelalar kanatli va tirsak-richagli kuch berish tizimida ishlaydigan ekskavatorlarda qo’llaniladi. Bu strelalar yaxlit ramali yoki sharnir-birikmali usulda ishlab chiqariladi.
Tirsak-richagli va kanatli kuch berish tizimida ishlaydigan ekskavatorlar strelalarida kuch berish mexanizmi joylashtirilmaganligi uchun faqat bo’ylama siqilish hisobiga ishlaydi (uncha katta bo’lmagan o’zining og’irligi ta’siridagi yuklamalarni hisobga olmaganda).
Kanatli kuch berish tizimida ishlaydigan ekskavatorlarning sharnir-birikmali ikki balkali strelasi pastki va yuqorigi qismlardan tashkil topgan. Strelaning pastki qismi ikki oyoqli ustun 5 va podkos 4 bilan birgalikda mustahkam uchburchak hosil qiladi. Strelaning yuqorigi qismi pastki qismi bilan sharnir orqali bog’langan bo’lib strela kanati yoki qattiq tortqi 3 yordamida osib qo’yiladi.
Kuch berish mexanizmining ish bajaruvchi qismi egarli podshipnik 8 bilan birga strelaning pastki va yuqorigi qismlarini birlashtiruvchi o’qda joylashadi. Strelaning yuqorigi qismi faqat ko’tarish kanatidan hosil bo’ladigan yuklamani uzatishga xizmat qiladi va U to’rtburchak yoki quvur shaklidagi ikkita ustundan tashkil topadi .
Strela korpusi to’rtburchak yoki quvur yuzali ko’rinishda payvand orqali tayyorlanadi. Quvur shaklidagi elementlar yuqori mustahkamlikka ega va yengil bo’ladi.
Tirsak-richagli kuch berish tizimida ishlovchi yuqori quvvatli ekskavatorlar strelalari sinchli ‘anjara shaklidagi yaxlit ramali ikki balkali konstruksiyaga ega.
Rukoyat (30-rasm) mexanik ekskavatorlarda cho’michga zo’riqma kuchini uzatishga, gidravlik ekskavatorlarda ko’tarish kuchini uzatishga xizmat qiladi. Balkalar soniga qarab bir balkali (ichki) va ikki balkali (tashqi) rukoyatlar farqlanadi. Bir balkali rukoyat to’g’ri burchakli yoki aylana kesim yuzali ichi bo’sh balkadan tashkil topgan bo’lib, bir uchi cho’mich bilan proushina yoki flanets orqali boltlar bilan ulanadi. Rukoyatning ikkinchi uchiga kuch berish bloki (kanatli kuch berishda) yoki universal sharnir vilkasi (tirsak-richakli kuch berishda) qotiriladi.


30-rasm. Bir cho’michli ekskavator rukoyatlari:


a - bir balkali yumaloq kesim yuzali; b - ikki balkali quvur shakldagi

Bir balkali rukoyat balkasining (30-rasm, A) oldingi uchiga quyma yasalgan uchlik 5 payvandlanadi. Uchlikka cho’mich tagini ochuvchi mexanizm valikini o’rnatish uchun kronshteyn 7 o’rnatiladi. Kuch berish va qaytarish kanatlari 1 va 6 yarim bloklari orqali rukoyatni oldinga yoki orqaga suradi. Balkada o’rnatilgan oldingi 4 va orqa 2 tirgaklar rukoyatning surilish yo’lini chegaralaydi. Orqa tirgak so’ndiruvchi apparat 8 korpusiga o’rnatilgan. So’ndiruvchi apparat rukoyat balkasi zaboy tomonga oxirigacha surilganda kuch berish mexanizmiga beriladigan zarb energiyasini so’ndirishga xizmat qiladi. Yechiladigan burchaklar ugolki 9 lar kanatlarning yarim blok yo’lakchalaridan chiqib ketishiga to’sqinlik qiladi.


Ikki balkali tashqi rukoyat strelani tashqaridan qamrab o’tadi va egarli podshipnikning ikkita yo’naltiruvchi uyachalari orqali o’tadi. Ushbu yo’naltiruvchi uyachalar kuch berish valida strela konstruksiyasi tashqarisiga o’rnatiladi.
Ikki balkali rukoyat (30-rasm, b) bir uchlari quyma uchlik 2 bilan tutashtirilgan ikkita parallel balka 1 dan tashkil topgan.
Balka ustki qoplamasi 3 bo’ylab egarli podshipnik polzunlari sirpanadi. Qoplamalar yedirilganda ularni almashtirish mumkin. Balkaning ostki qismiga tishli reykalar 4 payvandlanadi. Rukoyat cho’mich bilan kronshteyn 5 va uzunligi o’zgaradigan tyag bilan bog’lanadi.
Ko’pgina mexanik ekskavatorlar rukoyatlari balkalari tyag o’rniga gidrosilindrlar bilan jihozlangan bo’lib, bu konstruksiya cho’michning qiyalik burchagini o’zgartirish imkonini beradi (EKG-4U, EKG-8I).
Gidrosilindrlar ekskavator mashinistining masofadan turib tishlarning kesish burchagini cho’mich harakatining trayektoriyasi bo’yicha o’zgartirish imkonini beradi. Cho’michning o’rnatilish burchagi gidrosilindr shtoklarining surilishi hisobiga rukoyat o’qiga nisbatan 34-790 oraliqda o’zgartirilishi mumkin. Gidrosilindrlar nasos yoki gidro-pnevmatik akkumlyatorlarning energiyasi yordamida ishga tushiriladi.

Download 12,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish