BTM ning konstruktiv xususiyati va asosiy ishchi uzellari.
Qazuvchi – tashuvchi mashinalar (BTM) shunday mashinalarga aytiladiki ular bir vaqtning o’zida massivdan tog’ jinsini ajratib uni boshqa joyga ko’chiradi, qoida bo’yicha, tyagach va itaruvchilar yordamida yuk tortish yoki kesish kuchining rivojlanishi hisobiga ishchi organning harakati butun mashinaning ko’chirilishi bilan amalga oshiriladi.
Almashtiriladigan osma va g’ildirakli yoki gusenitsali tyagachlarning pritsepli jixozlarining asosiy tiplari yigirmaga yaqin nomni o’z ichiga oladi, 50-rasmda ularning bir qismi keltirilgan.
Kar’yer sharoitlariga mos keluvchi osma jihozlarning keng tarqalgan turlariga quyidagilar kiradi: buldozerli ag’dargich, yuk ortuvchi mashina va yerni yumshatadigan mashina jihozlari. Ishchi jihozlarni almashtirish imkoniyati gusenitsali va g’ildirakli mashinalarning universalligini kengroq ta’minlaydi va ularning qo’llash soxalarini kengaytiradi.
41-rasm. Skreper qurilmasining sxemasi (o’q bo’yicha massaning taxminiy taqsimlanishi)
Ikki o’qli o’zi yurolmaydigan skreper qurilmasi pritsep uskunasi ko’rinishida agregatlanishi mumkin (41 a-b rasm) gusenitsali yoki ikki o’qli g’ildirakli traktor bilan. Skreper qurilmasining faqat bitta o’qi bo’lgan holatda va tirgovchi – egar qurilmasi yordamida bir o’qli yoki bazida ikki o’qli g’ildirakli tyagachlar bilan agregatlanish holatlarida mos ravishda u o’ziyurar va yarim pritsepli jihozlangan skreper deb ataladi (41-rasm g - e).
Bir maqsadli vazifani bajaruvchi, bir o’qli yoki ikki o’qli tyagachlar bilan agregatlanuvchi va oxirgi bir butunlik bilan tuziladigan yarim pritsepli ishchi qurilmalar o’ziyurar (o’zi yurar skreper, o’zi yurar greyder-elevator va boshqa) deb ham ataladi. Bu holatlarda katta BTM alohida yuritgichlar bilan bajaradi: bir o’qli tyagach dvigatel bilan ta’minlanadi, butun agregatni yuki bilan ko’chirishga yetarli ammo ishchi operatsiyalarni bajarishga yetarli bo’lmagan quvvat; yarim pritsepli agregat yordamchi dvigatel bilan taminlanadi (41-rasm e), ishchi operatsiyalarni bajarishda agregat quvvatini oshirishga yoki og’ir yo’l sharoitlarida mashina harakatini ta’minlashga mo’ljallangan dvigatellar bilan jihozlanadi. Ikkinchi dvigatelni boshqarish bir o’qli tyagach mashinisti bilan amalga oshiriladi.
Almashtiriladigan ishchi qurilmalar tyagachlarga komplekt holda tayyorlanadi va joylashtiriladi. G’ildirakli yoki gusenitsali tyagach buldozerli otval va yer yumshatgich yoki yuk ortgichning jihozlari, buldozer pichoqlari va yumshatgichlari bilan ta’minlangan bo’lishi mumkin.
BTM ning vazifalariga muvofiq ularning smenalik ishchi organlari quyidagilarga bo’linadi:
Massivdan tog’ jinsini yemiruvchi va ajratib oluvchi, ularni transportirovka qilishga tayyorlovchilar (yer yumshatuvchi mashinalar);
Qatlam bo’yicha massivdan tog’jinsini ajratib oluvchi va uni mashina harakati bo’yicha ko’chiruvchilar (buldozer otvali, avtogreyder pichoqlari, struglar);
Massivdan tog’ jinsini ajratuvchi va uni mashinaning butun yoki bir qismi harakati davomida ko’chiruvchi (kovsh yordamida) (kovshli yuk ortuvchilar, skreperlar);
Massivdan tog’ jinsini kesuvchi kromka bilan ajratib oluvchi va kesuvchi kromka orqali keyingi yuk ortuvchi qurilmaga yetkazib beruvchilar (skreper yuk taminlovchi elevator bilan).
Buldozerlarning ishchi jihozlari
Buldozer – qazuvchi tashuvchi mashina, traktordan tarkib topgan, qatlamli kesish uchun pichoqli otval bilan jihozlangan, tog’ jinsini ko’chiruvchi va tekislovchi mashina.
Tog’ jinsi pichoq bilan kesiladi, otval yonida joylashtiriladi va tortuvchi kuch hisobiga yuk tortuvchi agregat bilan jihozlangan (troktor yoki tyagach) buldozerning o’zining harakati yordamida ishchi maydon balandligiga ko’chiriladi. Buldozerning asosiy ishchi organi otval hisoblanadi (42-rasm); otval o’rniga buldozerlarda yassi yoki V ko’rinishdagi itaruvchi ramalar o’rnatilishi mumkin.
Buldozerning tayanch mashina bo’ylama o’qiga perpendikulyar o’rnatilgan qo’zg’almas ag’darmali ishchi qurilmalari ag’darma, itaruvchi rama va boshqarish mexanizmidan tashkil topgan.
42-rasm. Gusenitsali traktor buldozerli ag’darma bilan va ichki tipli parallelogram ilgakli yer yumshatgich tayanchi bilan. 1-Tish poynagi (nakonechnik zuba); 2- tish stoykasi; 3-tishni ushlovchi rama; 4- rama; 5- tishni himoyalovchi; 6- itaruvchi rama; 7- yon tomon tirgaklari; 8- ag’darma gidrosilindri; 9- ag’darma.
Ish xarakteristikasiga bog’liq holda har xil konstruksiyadagi ag’darmalardan foydalaniladi. Eng ko’p tarqalgani payvandlangan konstruksiyali korobka shaklidagi qo’zg’almas ag’darma (43-rasm a). Uning old qismi pichoq maxkamlangan pastki qismida qayrilgan po’lat list ko’rinishiga ega. Qattiqlikni oshirish uchun qovurg’ali qilib yasalgan. Kerakli holda ag’darmaning yon tomonlariga yassi tomon o’rnatiladi. Sochiluvchan tog’ jinslarini qazib olishda ag’darmaga buldozer unumdorligini 40-50 % ga oshirish imkonini beruvchi ochuvchi-uzaytiruvchilar maxkamlanadi.
43-rasm. Bulldozer ag’darmasining konstruksiyasi:
Qayrilmaydigan; b- qayriladigan; v- almashtiriladigan yer yumshatuvchi tishlar bilan; 1- lobovoy list; 2,3- tegishlicha yon tomon va o’rta qism pichoqlari; 4- biqin; 5,6- yuqori va pastki korobka; 7- dastak; 8- sharnirli boshcha uchun dastak; 9- yon tomondagi sapfaga ag’darmani maxkamlash uchun tish; 10- tish; 11- ochuvchu-uzaytiruvchi.
Itaruvchi rama 6 (42-rasm) baza mashinasi bilan ag’darma 9 ni birlashtiradi va unga tortuvchi kuch beradi. Ag’darmaning orqa devoriga tirgovich barmoqlari o’rnatiladigan, itaruvchi rama yon tomon tirgagi 7 bilan bog’lovchi tayanch maxkamlanadi.
Qayriluvchi ag’darmali buldozerlarda (43-rasm b) oxirida gorizontal qatlamda 27° qiyalikda bo’ylama o’qning ikki tomoniga yoki unga perpendikulyar bo’lgan tomonga o’rnatish mumkin.
Qayriluvchi ag’darma odatda qayrilmaydigan ag’darmali mashinalarga nisbatan kattaroq uzunlik hosil qiladi. Ag’darma o’zida korobkasimon matall konstruksiyasini namoyon qiladi, orqa tomondan itaruvchi rama sharsimon tayanchlari uchun unga dastak 8 payvandlangan.
Gidravlik boshqarmali buldozerlarda ong tomon ba’zida esa chap tomon podkoslari gidrosilindrlar 8 bilan almashtiriladi (42-rasm). Bir yoki ikkala gidrosilindrlarning uzunliklarini o’zgartirib vertical qatlamda ag’darmani 20° burchakkacha egiltirish mumkin, uning toshli tog’ jinslarini qazib olishda moslashuvchanligini yaxshilash mumkin.
O’rtacha qattiqlikdagi tog’ jinslari bilan ishlashda ag’darma almashtiriluvchi tishlar 10 bilan ta’minlanadi (43-rasm, v), ular shunday o’rnatiladiki buldozerning ishchi holatida yoki teskari tomonga harakatida ular tog’ jinsini kovlab olishsin. Bu holatda tishlar 10 sharnir o’qiga maxkamlanadi, ularning kesuvchi lezviyalari uning qarshisidagi ag’darmaning kesuvchi lezviyalari tomonga harakatlanadigan qilib. Buldozerning harakatida old tomon tishlari o’q bo’ylab buraladi va ularning tayanch tomoni tog’ jinsi balandligi bo’ylab sirg’anadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |