Tuzuvchilar: Maxmudov A. M



Download 12,98 Mb.
bet20/37
Sana15.04.2022
Hajmi12,98 Mb.
#554085
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
Bog'liq
metodichka gor mash

Cho’mich. Mexanik kuraklar cho’michlari konstruksiyalari ishga belgilanishiga, uning tayyorlanish usuliga va yukdan bo’shatish usullariga bog’liq holda turli ko’rinishlarda ishlab chiqarilgan. To’g’ri kuraklar cho’michlari rukoyatga o’rnatilish usuliga qarab ikki guruhga bo’linadi: sharnirli va mustahkam bog’langan. Birinchi guruhdagi cho’michlar ko’pchilik karyer ekskavatorlarida mavjud. Ikkinchi guruhdagi cho’michlarning orqa devori rukoyatning cho’mich mahkamlanadigan otlivkasi hisoblanadi.
Ekskavator cho’michlari ishga belgilanishiga qarab og’ir, o’rtacha va yengil turlariga ajratiladi. Bu cho’michlar mos ravishda og’ir, o’rtacha va yengil kon jinslarini qazib olish uchun, hamda ko’mirni qazib olish va yuklash uchun xizmat qiladi.
Cho’michlarning turlari va hajmiy qatorlari 4 m3 va undan katta hajmlarda ishlab chiqariladi. Rossiyada o’rnatilgan OCT 24.072.06—80 ga asosan cho’michlarning quyidagi turlari ishlab chiqariladi: KOPL – juda yengil jinslar uchun (zichligi1,6 t/m3 gacha); KPL – yengil jinslar uchun (zichligi1,6 t/m3 dan 2 t/m3 gacha); KPS – o’rtacha jinslar uchun (zichligi 2 t/m3 dan 2,5 t/m3 gacha); KPT – og’ir jinslar uchun (zichligi 4 t/m3 gacha). Cho’michlarning ishga belgilanishi uning tayyorlanish texnologiyasini aniqlaydi.

31-rasm. Payvand-quyma cho’mich (a) va cho’mich tag qismi (b)


Og’ir sharoitlarda ishlatish uchun (rudani, qattiq jinslarni yuklash va boshqalar) quyma cho’michlar, yengil jinslar uchun esa payvand cho’michlar qo’llaniladi. Eng ko’p tarqalgan va ko’p ishlatiladigan cho’michlar payvand-quyma usulda yasalgan cho’michlardir.
Rossiyaning Ijorskiy zavodida payvand-quyma usulida ishlab chiqarilgan 8-10 m3 hajmdagi cho’mich quyidagi qismlardan tashkil topgan: korpus 1, tag qism 2, travers 3, beshta tishlari va tag qismini ochuvchi-yopuvchi mexanizm 5.
Cho’mich korpusi to’rtta quyma qismlar chetlarini bir-birlariga payvandlash orqali birlashtirishdan hosil qilinadi. Korpusning oldingi devori ko’proq yedirilishga ishlaganligi sababli 110G13L yuqori marganetsli po’latdan tayyorlanadi. Orqa devor esa past uglerodli po’latdan yaxlit quyma holatda tayyorlanadi. Orqa devor chetlari ikki yon devor chetlari bilan payvand usulida birlashtiriladi.
Orqa devor rukoyat bilan ulanishi uchun 6 zo’g’ota va tag qismini ochish va cho’mich traversini qotirish uchun 7 zo’g’ota mavjud.
Tag qism zulfin yo’naltirgichi 1 va kronshteyn bilan birga 110G13L po’latidan quyiladi. Kronshteynga tag qismini tutib turish uchun balka 5 mahkamlanadi. Zulfin richag 6 va zanjir 7 orqali tortiladi. Zulfinning surilish o’lchami palets 9 ga kiydirilgan shayba 8 bilan moslashtiriladi.
Cho’michlar yukni bo’shatish usuliga ko’ra tag qismi erkin ochiluvchi (mayatnikli tabaqali), jag’simon ochiluvchi va ag’darilish bilan yuk bo’shatuvchi turlariga bo’linadi. To’g’ri kurakli ekskavatorlar cho’michlarida eng ko’p tarqalgan turi birinchi konstruksiyadagi cho’michlar bo’lib, yukni bo’shatish uchun eng kam harajat va kuch sarf qilinadi. Ikkinchi turdagi konstruksiyali cho’michlar to’g’ri kurakli gidravlik ekskavatorlarda keng tarqalgan.
Zamonaviy mexanik ekskavatorlar cho’michlari orqa devori oldingi devoriga nisbatan past. Oldingi devor kon jinslarini yaxshi qamrashi uchun va cho’michni samarali to’ldirishi uchun tekis yoki katta radiusli silindr shaklida yasaladi. Qattiq jinslarda ishlatilishga mo’ljallangan cho’michlarning oldingi devori nisbatan aylana shaklda ishlab chiqariladi. Oldingi devor yuqori qirrasi yuqori marganetsli po’latdan quyma bo’g’ot ko’rinishida yasaladi. Bu cho’mich oldingi qirrasining mustahkamligini va uzoq ishlash muddatini oshiradi.



Download 12,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish