4.Umumiy virusologiya. Viruslarning tuzilishi, kupayishi, usishi. Viruslarni ajratib olish usullari. Bakteriofaglar, tuzilishi, ajratib olish va qo’llanilishi tashxisi.
Viruslar tasnifi, fiziologiyasi va biologiyasi. DNK va RNK saqlovchi viruslar. Virionni ximiyaviy tarkibi. Viruslar va ularning o’ziga xos xususiyatlari. Viruslarni hujayra bilan aloqa tiplari va hujayra bilan o’zoro munosabatlari va bosqichlari. Interferenstiya. Virus satellitlar. Viruslarni o’stirish modellari. Virusologiyada qo’llaniladigan hujayra kulturalarini tasnifi .Viruslarni indikastiya va identifikastiya qilish usullari. Virusli yuqumli kasalliklarni laboratoriya tashhisi.
Adabiyotlar: asosiy (2, 3,4,5) qo’shimcha (ing. tilida,17. o’z. tilida 24.Rus. tilida.25,33,34,)
5.Mikroorganizmlarga tashqi muxit faktorlarining ta’siri va uni o’rganish. Ximioterapevtik preparatlar. Antibiotiklar klassifikastiyasi.
Mikroorganizmlarga tashqi muhit omillarining ta’siri. Mikroorganizmlarga ximik va fizik omillarning temperatura, muhit reakstiyasi, quritish, nurlar, ultratovush, turli ko’rinishdagi ximiyaviy moddalarni ta’siri. Sterilizastiya, sterilizastiya qilish usullari. Sterilizastiyani sifatini tekshirish. Dezinfekstiya. Aseptika, antiseptika. Antiseptik va dezinfektant moddala rxaqida tushuncha. Antibiotiklar va ximioterapiya haqida tushuncha. Antibiotiklarni kelib chiqishi biologik vazifasi va tabiati. Olish usullari (biologik sintez, ximiyaviy sintez va aralash usullar). Polusintetik antibiotiklar. Ta’sir doirasi. Antibiotiklarni ta’sri rmexanizmlari. Bakteriyalarni antibiotiklarga sezgirligini aniqlash usullari.
Adabiyotlar: asosiy (1, 3,4,5) qo’shimcha (ing. tilida,7, 8, 17. o’z. tilida 23, 24. Rus. tilida.25,33,34,35)
6.Mikroorganizmlar ekologiyasi. Suv, tuproq, havomikroflorasi. Odam organizmi mikroflorasi, ularni o’rganish usullari va tibbiyot amaliyotida ahamiyati.
Mikrobiologik ekologiyaning ilmiy va ijtimoiy shakllanishi. Tabiiy mikrobiostenozlar. Mikrobiostenozlarni ekologik bog’liqligi. Ekologik bog’lanishlarni muntazamligi. Tuproq,suv, atmosfera havosi mikroflorasi. Sanitar ko’rsatkich bakteriyalar. Tuproq, suv, tmosferahavosi, oziq ovqatlarga sanitar bakteriologik baho berishda sanitar ko’rsatkich bakteriyalar va ularni aniqlash usullari. Odam organizmining normal mikroflorasi va uning ahamiyati. Ekotop xaqida (organizmni steril va nosteril ekotopi) tushuncha. Teri nafas yo’llari, oshqozon ichak va urogenital sistema mikroflorasi. Og’iz bo’shlig’I mikroflorasi. Normal mikrofloraning funkstiyasi. Mikroorganzmlarga tashqi muhit omillarining ta’siri. Disbioz tushinchasi. Organizimning disbiotik holatlarini bakteriologi kaniqlash usullari.
Adabiyotlar: asosiy (1, 2, 3,4) qo’shimcha (ing. tilida,12, 17, 20, 21. o’z. tilida 24. Rus. tilida.31,32,33)
7 Infekstiya tushunchasi. Infekstion jaraenlar, infekstion kasalliklar, ularni laboratoriya diagnostika usullari. Mikroorganizmlar genetikasi. O’zgaruvchanlik, ularning amaliyotdagi ahamiyati.
Yuqumli kasallikni kelib chiqishidagi sharoitlar. Yuqumli kasallik jarayonini o’ziga xos xususiyatlari. Yuqumli kasallik jarayonida mikroorganizmlarni roli. Mikro- va makroorganizm o’rtasidagi munosabatlarni shakli: mutalizm, kommensalizm, parazitizm. Yuqumli kasallik parazit izmni ko’rinishi. Mikroorganizmlarni patogenligi, obligat - patogenlar, shartli-patogenlar, nopatogenmikro organizmlar. Virulentlik tushunchasi. Mikroorganizmlarni patogenlik omillari. Antroponoz, zoonoz,antropozoonozva sapronozlar haqida tushuncha. Yuqumli kasallikni rivojlanish dinamikasi, davrlari. Infekstiya shakllari. Bakteriya tashuvchilik. Yuqumli kasalliklarga tashxis qo’yish usullari.
Bakteriyalar genetikasini o’rganishni ilmiy yo’nalishi. Bakteriya xromosomasi. Bakteriyalarda ro’y beruvchi o’zgaruvchanlik. Genotipik, fenotipik, genitik rekombinastiyalar va mutastiyalar Bakteriyalarda uchrovchi xromasomaga talluqli bo’lmagan faktorlar: plazmidlarlar, transpazonlar, profaglarva Is –elementlar, tuzilishi, replikastiyasini o’ziga xosligi. Plazmidlar turlari va ularning amaliyotdagi ahamiyati.
Adabiyotlar: asosiy (1, 2, 4) qo’shimcha (ing. tilida, 8 19 o’z. tilida 23. Rus. tilida.25, 26, 36)
Do'stlaringiz bilan baham: |