O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
С
Tuzuvchilar:
D.Norboyeva - Xalq ta’limi vazirligi, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
S.Akbarova - Toshkent shahridagi 220-maktab, kimyo fani o‘qituvchisi
M.Boymurodova - Toshkent shahridagi 7-maktab, fizika fani o‘qituvchisi
Taqrizchi:
Z.Sangirova - Respublika ta’lim markazi, Àniq va tabiiy fanlar bo‘limi boshlig‘i
Tabiiy fanlarga oid topshiriqlarni bajarish o‘quvchilardan biror hodisani tushuntirib berish, asosli xulosalarni tahlil qilish, tabiiy fanlarning turli sohalariga oid nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilishni talab etadi.
Ushbu mashq daftari 7-8-sinf o‘quvchilarining tabiiy fanlardan olgan bilimlarini sinab ko‘rish, mustahkamlash hamda o‘quvchilarning xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishlariga yordam berish maqsadida ishlab chiqildi.
Daftarni tayyorlashda TIMSS (Trends in mathematics and science study) tadqiqotining ochiq manbalaridan foydalanilgan.
2
SAVOL VA
TOPSHIRIQLAR
1. Ravshan juda baland tog‘ cho‘qqisiga ko‘tarildi. U tog‘ cho‘qqisida plastik idishdagi suvning hammasini ichdi va idishning qopqog‘ini yopdi. U vodiydagi oromgohga qaytib tushganida, bo‘sh plastik idishning shakli o‘zgarganini aniqladi.
Quyida berilgan izohlardan qaysi biri nima uchun bunday holat sodir bo‘lganligini yaxshiroq tavsiflaydi?
A. Vodiyda temperatura tog‘ cho‘qqisidagiga nisbatan pastroq
B. Vodiyda temperatura tog‘ cho‘qqisidagiga nisbatan yuqo-riroq
C. Havo bosimi vodiyda tog‘ cho‘qqisidagiga nisbatan pastroq
D. Havo bosimi vodiyda tog‘ cho‘qqisidagiga nisbatan yuqori-roq
2. Rasmda bir hujayrali organizm, infuzoriya-tufelkasi tasvir-langan.
3
Infuzoriya-tufelkasi yashab qolish uchun ma’lum bir hayotiy funksiyani bajaradi, masalan, energiya hosil bo‘lishi oziq moddalarning yutilishidir.
Infuzoriya-tufelkasi uchun muhim bo‘lgan yana bir hayotiy funksiyani keltiring?
3. Yog‘och g‘o‘lasi yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Ilyos tosh va mustah-kam temir lomdan foydalanib, yo‘ldagi g‘o‘lani joyidan siljitmoqchi bo‘ldi.
Ilyos tosh va mustahkam temir lomdan foydalanib, minimal kuch bilan yo‘ldagi yog‘och g‘o‘lani siljitish uchun qaysi variant-dan foydalanishi kerak?
4. “Aralashma” atamasiga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni belgi-lang
A. Bir-biriga aralashgan turli xil moddalar
B. Molekulalar bilan aralashgan atomlar
C. O‘zaro birikkan turli elementlarning atomlari
D. Bitta element atomlarining o‘zaro birikishi
5. Inson faoliyati hamda tabiiy jarayonlar natijasida tuproq tarkibi o‘zgaradi. Quyidagi o‘zgarishlardan qaysi biri faqat tabiiy omillar ta’sirida ro‘y beradi?
4
A. Oziq moddalarning pestitsidlar tufayli kamayishi
B. Daraxtlarni kesish natijasida cho‘l hosil bo‘lishi
C. To‘g‘on qurilishi tufayli toshqinlarning yuzaga kelishi
D. Kuchli yog‘ingarchilik tufayli oziq moddalarning yuvilishi
6. Quyida berilgan beshta tasdiq tabiatda suv aylanishi sodir bo‘ladigan jarayonlarni tavsiflaydi. Dengiz yuzasidan suvning bug‘lanishi tabiatda suv aylanishining birinchi bosqichi sifatida ifodalanadi.
Tabiatda suv aylanishining boshqa tasdiqlarini 2 dan 5 gacha ketma-ketlik bo‘yicha raqamlang.
______ suv bug‘i issiq havoda ko‘tariladi.
______ suv daryodan dengiz tomonga oqadi. ___1__ dengizdan suv bug‘lanadi.
______ suv bug‘i soviydi va bulutlarga aylanadi.
______ bulutlar harakatlanadi va suv yomg‘ir shaklida yerga tushadi.
7. Batareyada ishlaydigan fonarda quyidagi energiya alma-shinuvlarining qaysi biri sodir bo‘ladi?
A. Elektr - mexanik - yorug‘lik
B. Kimyoviy - mexanik - yorug‘lik
C. Kimyoviy - elektr - yorug‘lik
D. Yadro - elektr - yorug‘lik
8. Dunyoda 7 milliarddan ortiq insonlar tabiiy resurslardan foydalanadilar. Quyidagi jadval ma’lumotlarini ko‘rib chiqing. Jadvalda ikkita taxminiy 1- va 2- mamlakatlar uchun ma’lumot berilgan.
1-mamlakat 2-mamlakat
Aholi soni (mln) 200 500
Yillik tug‘ilish ko‘rsatkichi
(1000 kishiga nisbatan tug‘ilish) 10 40 5
Yillik o‘lim ko‘rsatkichi (1000 kishiga nisbatan o‘lim)
Yer maydoni (km.kv)
Don yetishtirish (%) (global daraja)
Neft ishlatilishi (%) (global daraja)
1-topshiriq:
10 10
2000000 2000000
40% 20%
20% 5%
Jadvaldagi ma’lumotlarga asoslanib, kelgusi o‘n yil ichida har bir mamlakat aholisining o‘zgarishini taxmin qiling. Har bir qator uchun bitta katakni belgilang.
Aholi Aholi Aholi
ko’paydi kamaydi o’zgarmaydi
1-mamlakat 2-mamlakat
2-topshiriq:
O‘n yillik davr mobaynida ikki mamlakat aholisi quyidagi eko-logik omillarga qanday ta’sir qilishini taxmin qiling.
Yerdan foydalanish
Ifloslanish
6
9. O‘quvchi rasmda ko‘rsatilganidek mis tayoqchaga to‘rtta kanselyariya tugmalarini (knopka) mum yordamida biriktiradi. Mis tayoqcha bir uchidan asta-sekin qizdiriladi va tugmalar (knopka) quyidagi ketma-ketlikda tushadi: 4, 3, 2, 1
Issiqlik qanday jarayon tufayli tugmachalarga (knopka) yetib boradi?
A. Kengayish
B. Nurlanish
C. Issiqlik o‘tkazuvchanlik
D. Konveksiya
10. Jismoniy mashqlar sog’liq uchun foydali bo‘lishining bitta sababini keltiring.
11. X jism A suyuqlikda suzib yuribdi. U rasmda ko‘rsatilgandek yarmigacha suyuqlikka botirilgan.
A suyuqlik
Zichlik-1000 kg/m3
A
B suyuqlik
Zichlik-1200 kg/m3
B
C suyuqlik
Zichlik-900 kg/m3
C
7
B va C rasmlarda B suyuqlikda va C suyuqlikda suzayotgan X jism tasvirlangan. Qaysi rasm to‘g‘ri?
o  rasm
o Ñ rasm
Javobingizni izohlang.
12. Rasmda bir uchi ochiq va boshqa uchiga yopiq shisha shar ulangan shisha kolba ko‘rsatilgan. Bu qurilma rasmdagidek qisman suv bilan to‘ldirilgan, shisha sharda suv ustida havo qolgan. Kolbadagi suv sathi X belgisigacha yetadi.
havo
suv
Agar shar qizdirilsa, shisha kolbada suv sathi qanday bo‘ladi? 1,2 yoki 3 raqamini aylanaga oling.
X belgidan yuqori X belgidan past X belgida
1 2 3
Javobingizni izohlang.
8
13. Tamara yer yuzidagi eng baland tog‘lardan biriga chiqmoqchi. U tog‘da atmosfera sharoiti o‘zgarishini biladi. Quyidagi jadvalga Tamara toqqa chiqishi bilan o‘zgaradigan ikkita atmosfera sharoitini yozing. Tamara balandlikda bunday sharoitlarda omon qolishi uchun zarur bo‘lgan ikkita narsa nomini yozing.
Atmosfera sharoitlari o‘zgarishi Tamara o‘zi bilan nimalar
olishi zarur
1.
2.
14. Artezian qudug‘ida yer osti suvlari tog‘ jinslari qatlamlarida joylashgan. Rasmda artezian qudug‘ining bir qismi ko‘rsatilgan.
quvur
suv o‘tkazmaydigan qatlam
Tog‘ jinsli
qatlamlar suv qatlami
suv o‘tkazmaydigan qatlam
Odamlar quvurni tog‘ jinslari qatlamiga tushirganda, suv quvur orqali yuqoriga ko‘tarilib, yerga quyiladi.
1-savol:
Nima sababdan suv quvur bo‘ylab yuqoriga harakatlanadi?
9
A. Elektr C. Bosim
B. Magnetizm D. Og‘irlik kuchi
Quvur 100 yildan beri ishlatilib kelinmoqda. Quvur berkitil-magan, lekin quvurdagi suv bosimi quyidagi rasmda ko’rsatilgan-dek o‘zgargan.
100 yil avval Hozirgi vaqtda
2-savol:
Suv bosimining o‘zgarishini qanday tushuntirish mumkin?
A. Tog‘ jinslari qatlamida suv kamaygan
B. Tog‘ jinslari qatlamida suv ko‘paygan
C. Tog‘ jinslari qatlami chuqurroq siljigan
D. Tog‘ jinslari qatlami yuzaroqqa siljigan
3-savol:
Suv quvurdan yerga oqib chiqqan paytda nima uchun issiq bo‘lishini tushuntiring.
Ñ. Ba‘zi artezian suvlari juda issiqligi sababli hayvonlar icha olishmaydi.
10
15. Quyidagilardan qaysi biri suv ko‘tarilishi va suv qaytishiga sabab bo‘ladi?
A. Quyosh okeanlarni isitadi
B. Oyning tortishish maydoni
C. Okean tubidagi zilzilalar
D. Shamol yo‘nalishining o‘zgarishi
16. Rasmda suv quyilishi orqali g‘ildirakni aylantiradigan qurilma ko‘rsatilgan.
suv idish
parrak
g’ildirak
1-savol:
Suv idishda bo‘lgan paytida qanday energiyaga ega bo’ladi?
2-savol:
Suv g‘ildirakka urilishidan oldin qanday energiyaga ega bo’ladi?
3-savol:
G‘ildirak aylanishini tezlashtirish uchun ushbu qurilmaga qanday o‘zgartirish kiritish kerak? (bitta o‘zgarishni yozing)
11
17. Jismning zichligi 1,1 g / cm3. Ushbu jism qaysi suyuqlikda suzadi?
Bitta katakchani belgilang. Õ suyuqlik: 1,3 g/ñm3 Y suyuqlik: 0,93 g/ñm3
Javobingizni izohlang.
18. Ba’zi vulqon tog‘ jinslarida ko‘plab g‘ovaklar mavjud.
Bu g‘ovaklar qanday hosil bo‘lgan?
A. Tog‘ jinslari hali qotmagan (yumshoq) paytda hasharotlar teshikchalar ochgan
B. Tog‘ jinslari soviganida, uning ichida gaz pufakchalari bo‘lgan
C. Tog‘ jinslari hali qotmagan (yumshoq) paytda, unga yomg‘ir tomchilari tushgan
D. Tog‘ jinslari soviganida, undan mayda toshlar to‘kilgan
19. Vulqon otilishining atrof-muhitga ta’sirlaridan birini keltiring.
20. Rasmda qiyaliklarni terrasasimon (pog‘onasimon) qilish usulidan foydalanib ishlov berilgan dala ko‘rsatilgan.
12
Qiyaliklarni terrasasimon qilish
Rasmda ko‘rsatilgan usuldan qishloq xo‘jaligida foydalanish-ning bitta afzalligini yozing.
13
TOPSHIRIQLARNING JAVOBLARI
1. D
2. Quyida keltirilgan hayotiy funksiyalardan biri ifodalansa, javob qabul qilinadi.
Masalan:
■ u zararli mahsulotlardan xalos bo‘lishi kerak;
■ u o‘z-o‘zidan bo‘linib ko‘payadi;
■ kislorod bilan nafas oladi;
■ nafas olish;
■ diffuziya yordamida gaz almashinuvini amalga oshirishi lozim;
■ ozuqa topish uchun harakatlanishi kerak.
3. D
4. C
5. D
6. 2, 5, 1, 3, 4
7. C 8.
1-topshiriq:
1- mamlakat: Aholi soni o‘zgarmaydi. 2- mamlakat: Aholi ko‘payadi.
2-topshiriq:
YERDAN FOYDALANISH
Javoblarda Yerdan foydalanishning aniq taxminlari yoki
aholi sonining kutilayotgan o‘zgarishlari hamda mavjud aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan bo‘lishi lozim.
14
Masalan:
■ bu 1-mamlakatga ta’sir qilmaydi, lekin 2-mamlakat aholisi ko‘pligi sababli yerga ko‘proq muhtoj bo‘ladi;
■ agar odamlar tug‘ilishi ko‘paysa, ularni oziq -ovqat bilan ta’minlash uchun ko‘proq yer kerak bo‘ladi;
■ 1-mamlakat 2-mamlakatga nisbatan ko‘proq don ishlab chiqaradi, demak bu mamlakat ko‘proq yerdan foydalanadi.
IFLOSLANISHI
Javoblarda mamlakatda aholi sonining ko‘payishi yoki neft ko‘proq ishlatilishi kabi omillar ifloslanishga sabab bo‘lishi aks etishi lozim.
Masalan:
Aholi sonining ko‘payishi hisobiga 2-mamlakatda ifloslanish oshishi mumkin.
1-mamlakatda 2-mamlakatga nisbatan ko‘proq neft ishlatilganligi sababli 1-mamlakat ko‘proq ifloslanadi.
9. C
10. Jismoniy mashqlar tanada yog‘ to‘planishining oldini olish, ortiqcha vaznni yo‘qotish, xolesterinni kamaytirish yoki yurak va qon tomir sistemasiga, organizmning kislorod bilan ta’minlanishiga foydali bo‘lishi ifodalangan bo‘lsa, javob qabul qilinadi.
Masalan:
■ stressni kamaytirishi mumkin;
■ energiya almashinuvi va muvozanatni oshiradi.
■ Moddalar almashinuvining me’yorda bo‘lishini ta’min-laydi.
11. Ñ rasm. C suyuqlik zichligi A suyuqlik zichligidan kichik bo‘lganligi sababli, X jism pastroqda suzishiga asoslangan izoh keltirilgan bo‘lsa;
Ñ rasm. B rasmda jism holati noto‘g‘ri ko‘rsatganligiga asoslanib izoh keltirilgan bo‘lsa, javob qabul qilinadi.
15
Masalan:
■ Ñ rasm. Chunki, suyuqlik zichligi qanchalik kichik bo‘lsa, jism shunchalik pastroqda suzadi. Shuning uchun jism ko‘proq cho‘kkan.
■ Ñ rasm. Chunki, suyuqlik zichligi kamroq.
■ Ñ rasm. Chunki, B suyuqlik zichligi C suyuqlikka nisbatan kattaroq.
■ Jism ancha pastda, u yuqoriroqda bo‘lishi kerak.
12. Yuqorida (1), havo qizdirilganda kengayishi, havo hajmi yoki bosimining ortishi kabi izohlar keltirilgan bo‘lsa, javob javob qabul qilinadi.
Masalan:
■ shisha shar qizdirilsa, havo kengayib, kolbadagi suvni yuqoriga haydaydi;
■ bosim ortishi suv sathi ko‘tarilishiga olib keladi;
■ havo hajmi oshgani uchun shisha shardagi suv sathi pasayib, kolbada suv sathi ko‘tariladi;
■ havo kengayadi va unga ko‘proq joy kerak bo‘ladi.
13. Balandlikda atmosfera (havo) harorati pasayishi va bosimi (zichligi) kamayishi kabi o‘zgarishlar, yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) yoki quyuq bulut bo‘lishi;
o‘zi bilan kislorod balloni (yostiqchasi), kislorodli niqob
kabi narsalar, issiq kiyim, poyabzal olish zarurligi keltirilgan bo‘lsa, javob qabul qilinadi.
Masalan:
■ havo harorati pasayadi. [Kislorodli niqob.]
■ harorat pastroq bo‘ladi. [Ko‘proq kiyimlar.]
■ kislorod (havo) kamayishi. [Kislorod balloni (yostiqchasi).]
■ havo siyrak (kam) bo‘ladi. [Kislorodli niqob.]
■ atmosfera bosimi pasayadi. [Kislorod balloni (yostiqchasi) olish kerak.]
■ nafas olish qiyinlashadi. [Kislorod balloni (yostiqchasi) zarur bo‘ladi.]
■ sirpanchiq bo‘ladi. [Tishli oyoq kiyim (poyabzal) olish.]
16
■ yog‘ingarchilik ko‘payishi. [Yomg‘irli ob-havo uchun kiyim olish kerak.]
14.
1-savol: Ñ 2-savol: À
3-savol: Suv yer qa’rining (erigan tog‘ jinslari, magma) yuqori temperaturali qismidan chiqishi tushuntirilgan bo‘lsa, javob qabul qilinadi.
Masalan:
■ suv yer ostidan ko‘tariladi va u joyda temperatura yuqori bo‘ladi;
■ chunki tog‘ jinslari ostida qaynab turgan magma mavjud;
■ suv yer yuzasiga chiqishdan oldin issiq bo‘ladi;
■ Yer osti qatlamlari issiq bo‘lgani uchun suv issiq bo‘ladi.
15. B
16.
1-savol: (Yer tortishi, gravitatsiya) potentsial energiya. 2-savol: Kinetik energiya
3-savol: Suv oqimini ko‘paytirishga qaratilgan javoblar qabul qilinadi.
Masalan:
■ idishga ko‘proq suv quyish;
■ idishni balandroq ko‘tarish;
■ idishdagi suv quyiladigan teshikni kengroq / kattaroq ochish;
■ qo‘shimcha teshik ochish;
■ g‘ildirak va idish orasidagi masofani oshirish;
■ g‘ildirakni kichikroq qilish;
■ parraklarni kengroq / kattaroq / uzunroq qilish;
■ parraklar sonini ko‘paytirish.
17. X suyuqlikda. Jismning zichligi Õ suyuqlikka nisbatan kamroq ekanligi izohlangan javoblar qabul qilinadi. Masalan:
X suyuqlikda, chunki jism zichligi X suyuqlik zichligidan
17
past, shuning uchun X suyuqlikda suzishi mumkin.
X suyuqlikda. Jism suzishi uchun uning zichligi suyuqlik zichligidan kam bo‘lishi kerak.
X suyuqlikda. Chunki, zichligi pastroq [jism nazarda tutiladi].
18. B
19. Vulqon otilishining salbiy ta’siri, ya’ni atrof muhitga
zararli ta’sir ko‘rsatishi, atmosfera(havo)ning ifloslanishi
(gazlar ajralishi, tutun, kul va boshqalar) yoki yashash muhiti, o‘simliklar dunyosi, hayvonot dunyosiga zarar keltirishi (lava otilishi, yong‘in va shunga o‘xshash)ga asoslangan javoblar qabul qilinadi.
Masalan:
■ o‘simliklarning tabiiy dunyosi yong‘inga uchraydi;
■ lava tuproqni zararlaydi va hamma narsani yondiradi;
■ zararli gazlar chiqariladi;
■ atrof-muhit kul bilan qoplanadi;
■ u o‘z yo‘lida hamma narsani nobud qiladi [“o‘z yo‘lida” deganda, lava oqishi tushuniladi];
■ vulqon otilishidan atrofni ifloslantiradigan kul hosil
bo‘ladi. Buning natijasida atmosferaga karbonat angidrid chiqariladi, bu esa issiqxona ta’siriga olib kelishi mumkin;
■ katta miqdordagi qora tutunlar havoni ifloslantiradi;
■ oltingugurt oksidlari (gazlar) kislotali yomg‘irga olib keladi.
Yoki, vulqon otilishining atrof-muhitga ijobiy ta’sirlari, ya’ni tuproq tarkibini boyitishi, yangi yashash joylarini yaratishi va turlicha hayot (yashash) shakllarining hosil bo‘lishi ifodalangan javoblar qabul qilinadi.
Masalan:
■ vulqon otilishi atrofdagi tuproqni yanada boyitishi mumkin;
■ ba’zi o‘simliklarni nobud qilishi mumkin, ammo boshqalarning o‘sishiga imkon beradi.
18
20. Agar javobda terrasasimon (pog‘onasimon) usulini qo‘llashning afzalligi qayd etilgan bo‘lsa, javob qabul qilinadi.
Masalan:
■ qiyalikda qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishga imkon beradi (ko‘proq yerdan foydalanish);
■ tuproq yuza qatlamining yuvilishini sekinlashtiradi (hosilni yuvilishdan saqlaydi);
■ tuproq eroziyasining oldini oladi (tuproq (yer), tosh ko‘chishlari);
■ turli ekinlarning o‘sishiga imkon beradi;
■ suvni ushlab turilishi tufayli ekinlar ko‘proq / kamroq sug‘oriladi;
■ tik qiyaliklarda qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanish mumkin;
■ qiyalikdagi hosilni suv (sel) oqizib ketishidan saqlashga yordam beradi;
■ tuproq eroziyasini kamaytiradi;
■ turli darajadagi qiyaliklarda har xil ekinlarni yetishtirish mumkin.
19
Manzil:10017, Toshkent, Navoiy ko‘chasi, 2a-uy Telefon: +998 71 241-01-86
web-site: www.uzedu.uz e-mail: uzedu@exat.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |