Tuzuvchilar: 55-18-guruh talabalari Nazarmatov Shohazizbek va Nuriddinova O’g’iloy



Download 34,66 Kb.
bet2/5
Sana16.03.2022
Hajmi34,66 Kb.
#495646
1   2   3   4   5
Bog'liq
seminar ishlanma Shoh

2. “Sxema” texnologiyasi o‘rganilayotgan mavzu, muhokama qilinayotgan masala mohiyatining asosiy xususiyat yoki belgilariga muvofiq sxema, tasvir yoki rasm orqali ifodalashini ta’minlaydi. Ushbu texnologiyani qo‘llash talabadan masalaga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar o‘rganilayotgan mavzu, muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini yodga oladi, eng muhim xususiyat va belgilarni aniqlaydi, ularni umumlashtiradi yoki tarkibiy qismlarga ajratgan holda sxemani yaratadi. Talabalarda fikrlash, ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, rivojlantirishga xizmat qiluvchi ushbu metod g‘oyaning qisqa, aniq ifodalanishi uchun sharoit yaratadi.
3. “Tavsiyanoma” texnologiyasi talabalarda muayyan yo‘nalishda tashkil etiladigan pedagogik faoliyat samaradorligini ta’minlash yuzasidan muayyan tavsiyalarni ilgari surish ko‘nikmasini shakllantiradi. Ilgari surilayotgan tavsiyalar mazmunan masalaning yechimini topishga yordam berishi, ilmiy jihatdan pedagogik amaliyotga mos kelishi talab etiladi. Metodni qo‘llashda quyidagi tartibda ish ko‘riladi: 1) o‘qituvchi tavsiyanoma tayyorlash talab etilgan masalani aniqlashtiradi; 2) talabalarga bu haqida e’lon qiladi; 3) talabalar fikr yuritish asosida masalaning yechimini topishga harakat qiladilar; 4) masalaning umumiy mohiyatini qayta yodga olish orqali uning muhim jihatlarini belgilab olinadi; 5) belgilangan muhim jihatlarga tayangan holda muayyan tavsiyalar ishlab chiqiladi; 6) ilgari surilayotgan tavsiyalar va ularning samaradorligi muhokama qilinadi; 7) yakuniy xulosaga kelinadi.
Texnologiyani qo‘llashda talabalar guruh yoki juftliklarga birikkan holda yoki alohida faoliyat yuritishlari mumkin. Mashg‘ulot jarayonida talabalar tomonidan ilgari surilgan barcha tavsiyalar umumlashtiriladi.
4. “Yalpi fikriy hujum” texnologiyasi J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uni bir necha o‘n (20-60) nafar talabalardan iborat guruhlarda qo‘llash mumkin. Ushbu metod talabalar tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har biri 5 yoki 6 nafar talabani o‘z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli topshiriq yoki ijodiy vazifalar beriladi. Topshiriq va ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, guruh a’zolaridan biri axborot beradi.
Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi) o‘qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mashg‘ulot jarayonida guruh a’zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko‘ra baholab boriladi.

Download 34,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish