7-o’zbek 15-22-mavzulardan test
1. G'aznaviylardan qaysi hukmdor davrida ularning nufuzi somoniylar tomonidan e'tirof etilgan edi?
A) Alptakin B) Mahmud G'aznaviy
C) Ma'sud G'aznaviy D) Sobuqtegin
2. Quyidagilardan G`aznada ijod qilmagan o`rta allomasini aniqlang.
A) Beruniy B) Bayhaqiy C) Gardiziy D) Jomiy
3. G`aznaviylar sulolasi hokimiyati barham topishidan bir yil o`tib…
A) Misr sultoni salibchilarga qarshi urush e`lon qildi
B) Fransiyada qirol Filipp IV davri boshlandi
C) Xitoyda Sun sulolasi davri yakunlandi
D) Chex knyazi german imperatori tomonidan qirol unvoni bilan taqdirlandi
4. 992-yilda qoraxoniylar kimning boshchiligida Movarounnahrga hujum qiladilar?
A) Horun Bug‘roxon B) Nuh ibn Mansur
C) Sobuqtegin D) Mamud G‘aznaviy
5. Sobuqtegin bilan qoraxoniylar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq somoniylarga qayer beriladi?
A) Sirdaryo havzasi
B) Movarounnahrning markaziy qismi
C)Amudaryodan janubdagi yerlar
D) Amudaryo bo‘yi viloyatlari — Xuttalon, Vaxsh, Chag‘oniyon;
6 XI asr boshlarida g‘aznaviylar kimlar bilan jiddiy kurashi boshlanadi?
A) qoraxoniylar B)
saljuqiylar
C) tohiriylar D) o‘g‘uzlar
7. Quyidagi qaysi sulola davridan boshlab imomlar, sayyidlar, shayxlar va sadrlarga e`tibor kuchayib, ularning obro`yi har qachongidan ham baland ko`tarilgan?
A) Saljuqiylar B) Qoraxitoylar
C) Qoraxoniylar D) G`aznaviylar
8. Qoraxoniy eloqxon Mahmud qo`shinlari Xo`jand yaqinida mag`lub etilgan yilidan 10 yil avval …
A) Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad davri yakunlandi;
B) Yuriy Dolgarukiy tomonidan Kuchkova qo`rg`oni qurildi
C) Ikkinchi salib yurishlari bo`lib o`tdi
D) Chingizxon vafot etdi
9. Qoraxoniylar qaysi shaharni davlat yoki viloyat poytaxtiga aylantirib, shaharlar bilan aloqa bog‘lashga harakat qiladilar?
A) O‘tror, Taroz, Isfijob, Axsikat, Bolasog‘un va Samarqand
B)
Sabzavor, Hirot, Nishopur, Saraxs, Samarqand va Buxoro
C) Bolasog‘un, Koshg‘ar, Taroz, O‘zgan, Samarqand va Buxoro
D) Buxoro, Nasaf, Qabodiyon, Balx va G‘azna
10. Nechanchi asrlarda Movarounnahrda va Xurosonda iqto yerlari kengayib, mulkchilikning asosiy shakllaridan biriga aylanadi?
A) X—XI asrlarda B) XII—XIII asrlarda
C) IX—X asrlarda D) XI—XII asrlarda
11. Qaysi davrga kelib “dehqon” atamasi o’zining qishloq hokimi degan ma’nosini yo’qotdi?
A) XI-XII asrlarda B) X-XI asrlarda
C) IX-X asrlarda D) XII-XIII asrlarda
12. Buxoro Qoraxoniylar davri bilan inshootlarning qaysilari masjid vazifasini bajargan?
1) Vobkent 2) Jarqo`rg`on 3) Minorai kalon
4) Masjidi kalon 5) Mag`oki attor 6) Raboti Malik
A) 1,3 B) 2,4 C) 4,5 D) 1,4
13. Somoniylar davlati X asr oxirida qaysi davlatlar o'rtasida bo'lib olingan edi?
A) saljuqiylar va qoraxoniylar
B) g'aznaviylar va saljuqiylar
C) qoraxoniylar va qoraxitoylar
D) g'aznaviylar va qoraxoniylar
14. Ma`mun ibn Muhammad tomonidan Kat ishg`ol etilgan yilda Koreya(1) va Xitoy(2) tarixida qaysi sulolaning hokimyati davom etayotgan edi?
A) 1- Silla, 2-Sun sulolasi B) 1-Pekche, 2-Tan sulolasi
C) 1-Koryo, 2-Sun sulolasi D) 1-Li, 2- Yuan sulolasi
15. Xorazmda ma'muniylar davlatida kim harbiy safarlar vaqtida hukmdor nomidan davlatni boshqarar edi?
A) xo'jayi buzruk B) hojibul buzruk
C) bosh vazir D) hojib ul-hujob
16. Garchi u "xorazmshoh" unvonini qayta tiklab, bunday jarangdor nom bilan atalsa-da, saljuqiylar davlatining sodiq noibi sifatida qolgan edi. Gap qaysi xorazmshoh haqida ketmoqda?
A) Qutbiddin Muhammad B) Otsiz
C) Elarslon D) Anushtegin
17. Xorazmdagi markaziy boshqarma - devonxonda qanday mahkamalar bo'lgan?
A) mulk, savdo-tijorat, moliya, harbiy
B) ziroat, savdo-tijorat, moliya, soliq va harbiy
C) pochta, mulk, moliya, soliq va harbiy
D) zarbxona, mulk, moliya, soliq va harbiy
18. Xorazmshoh Elarslondan keyin bir yil hukmdorlik qilgan shaxsni aniqlang.
A) Sultonshoh Mahmud B) Takash
C) Alouddin Sulton D)Sulton Muhammad
19. 1206 yildan boshlab Movaraunnahrni qoraxitoylardan tozalashga kirishgan hukmdorni aniqlang.
A) Elarslon B) Alouddin Muhammad
C) Takash D) Jaloliddin
20. XIII asr boshlarida Xorazmshohlar davlatining janubiy sharqiy hududlari qayerdan o'tgan edi?
A)G'azna viloyatidan B)Iroqdan
C) Dashti Qipchoqdan D)Hindistonning shimolidan
21. Chingizxon huzuriga Bahouddin Roziy boshchiligidagi Xorazmshoh elchilari tashrif buyurgan yilda hokimiyati yakunlangan qirolni aniqlang.
A) Ioann B) Richard I C) Otton III D) Usmon I
22. Mo`g`ullarni O`rta Osiyoga yurishlari natijasida 12 kun qamal davom etgan shahar?
A) Samarqand B) Buxoro C) Sig`noq D) Termiz
23. Mo`g`ullarga qarshi kurashishda qang`li qabilasi qaysi shaharni bosib olinishi tufayli taslim bo`lib, xiyonatga uchrab 30000 qirib tashlangan?
A) Buxoro B) Samarqand C) Sig`noq D) Balx
24. Mo`g`ullar harbiy yurishlaridan so`ng qaysi shaharlar xon farmoniga ko`ra yoqib yuborilgan?
A) Samarqand, Buxoro B) O`tror, Sig`noq
C) Samarqand, Xo`jand D) Urganch, Jand
25. Urganch harbiy yurishlari arafasida dushmanga qarshi xorazmliklarning qo`shini qanchaga yetkan?
A) 80000 B) 50000 C) 110000 D) 200000
26. Ozarbayjon hududlarida 1225-yil mayda Jaloliddin hokimyatiga jangsiz taslim bo`lgan shahar?
A) Basra B) Garni C) Marog’a D) Tiflis
27. Mo`g`ullar xiylasiga qarshi borib , dushmanning taklifi o`rniga – “ shu tuproqda tug`ilibmiz, shu tuproqda o`lamiz”, deya fikr bildirgan xalq qahramoni?
A) Najmiddin Kubro B) Jaloliddin Manguberdi
C) Temur Malik D) G`iyosiddin no`yon
28. 1220-yil aprelda Muhammad Xorazmshoh qochib kelgan shahar qaysi davlatning markazi bo`lgan?
A) Somoniylar B) Tohiriylar
C) Qoraxoniylar D) G`aznaviylar
29. Mo`g`ullar yurishidan so`ng buzib tashlangan Sultonband to`g`oni qaysi hududni suv bilan ta`minlar edi?
A) Balx B) Nishopur C) Marv D) Hirot
30. Xorazm hududlarini 1231-yilgacha boshqargan sulola?
A) Afrig`iylar B) Oltintoshiylar
C) Ma`muniylar D) Anushteginlar
31. Mo`g`ullar tomonidan olib borilgan urushlardan nisbatan kechroq ro`y berganini aniqlang.
A) Parvon jangi B) Kalka daryosi jangi
C) Xitoyga yurish D) Sind daryosi jangi
32. 1221-yil 24-26 noyabrda mo`g`ullar va Jaloliddin qo`shinlari to`qnashgan hudud VII asr boshlarida qaysi davlatning mulki hisoblangan?
A) G`arbiy Turk xoqonligi B) Arab xalifaligi
C) Eron Sosoniylari D) Guptalar imperiyasini
33. Mo`g`ullar tomonidan egallangan shaharlar ket-ket ko`rsatilgan javobni aniqlang.
1) Urganch 2) Samarqand 3) Buxoro 4) O`tror
A) 1,2,3,4 B) 2,3,1,4 C) 3,2,1,4 D) 4,3,2,1
34.Parvon dashti g`alabasidan so`ng o`lja taqsimlash masalasida mojaroga uchragan sarkardalar guruhiga kirmaydiganini aniqlang.
A) A`zam Malik B) Muzaffar Malik
C) Sayfiddin Ag`roq D) Qoracha Xojib
35. 1216-yilda Xorazmshoh Sulton Muhammad kim boshchiligida o‘z elchilarini Chingizxon huzuriga yuboradi?
A) Badriddin Qozixon B) Bahouddin Roziy
C) Ibn Kafroj Bug‘ro D) Mahmud Yalavoch
36. Sind daryosi bo`yidagi jangdan so`ng Jaloliddin qo`shinlariga qarshi kurash boshlagan hudud?
A) Basra B) Shatra C) Nishopur D) Ray
37. Jaloliddin hokimyatini qo`llab –quvvatlashni bildirgan Dehli sultoni?
A) Qutbiddin Oyboq B) Muhammad Tug`luq
C) Shamsuddin Eltutmish D) Aluoddin Xiljiy
38. Dehli sultoniga xizmat qilish maqsadida Jaloliddin qo`shinlari tarkibini tark etgan qo`mondonlari?
1) Taynol no`yon 2) Sharofulmulk
3) Yazidak pahlavon 4) Sunqurjiq
A) 1,3 B) 3,4 C) 2,3 D) 1,2
39. Jaloliddin hokimyati davrida qaysi xalifaga maktub yo`llab, mo`g`ullarga qarshi birgalikda harakat qilishni taklif etgan?
A) Muta`zid B) Nosir C) Mansur D) Ma`mun
40. Xorazmshoh Sulton Muhammad o‘zini kim deb hisoblardi?
A) Iskandari Soniy B) Amir ul-mo‘min
C)Yetti iqlim sultoni D) Shahanshoh
41. Basra yaqinidagi jangda Jaloliddinga qarshi yuborilgan xalifalik qo`shinlari soni?
A) 10000 B) 20000 C) 40000 D) 70000
42. O`rta asrlarda hukmdori ichkilik, maishatga berilib ketganidan davlatni amalda xotini Malika xotun boshqargan davlat?
A) Gurjiston B) Ozarbayjon C) Iroq D) Armaniston
43. 1230-yil avgustda bo`lib o`tgan Arzinjon jangida Jaloliddin qo`shinlarini taslim etishda ishtirok etmagan hududni aniqlang.
A) Misr B) Ko`niya C) Jazira D) Gurjiston
44. Jaloliddinga ukasi G`iyosiddin Pirshoh qaysi hudud hokimi tomonidan qatl etilgan?
A) Mag`ora B) Kirmon C) Ko`niyo D) Jazira
45. Dunyo tarixida 33 yil umr ko`rsada harbiy saltanat tuza olgan sarkardalar?
1) Amir Temur 2) Muqanna 3) Jaloliddin
4) Iskandar Zulqarnayn 5) Oktavian Avgust
6) Yustinian I 7) Mirzo Ulug`bek
A) 1,3 B) 3,4 C) 2,4 D) 3,7
46. O`rta Sharq mintaqasini mo`g`ullar tomonidan egallash yakuniga yetkanidan 100 yil o`tib…
A) Fransiyada Jakeriya qo`zg`aloni boshlandi
B) Yuz yillik urushda Puate jangi bo`ldi
C) Kebekxon hokimyati yakunlandi
D) Xorazmshoh Otsiz davri yakunlandi
47. Anushteginiylar sulolasi davrida hukmdorning shaxsiy kotiblari qanday atalgan?
A) “ qiblat-ut quttob” B) “ kotib al-insho”
C) “ muzahhib” D) “ daftardor ”
48. Jaloliddin Manguberdi tarixi bilan bog`liq qaysi asar uning vafotidan 10 yil o`tib yozilishi boshlangan?
A) “ Al-komil fit-tarix ”
B) “ Tarixi arba ulus ”
C) “ Ravzat us-safo”
D) “ Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni”
49. Xorazmshoh Sulton Muhammad qayerda vafot etgan?
A) Urganchda B) Ashura orolida
C) Katda D) Dehistonda
50. 1944-yilda “ Jaloliddin Manguberdi” tarixiy dramasini yozgan ijodkor kim?
A) H. Olimjon B) Sadriddin Ayniy
C) M.Shayxzoda D) M.T.Oybek
51. Yurtimizda Jaloliddin yubileyining 800 yilligi keng nishonlanishidan 1000 yil avval …
A) xo`jayi buzruk lavozimi mavjud davlat faoliyatini boshladi
B) hukmdorlari tavg`achxon deb atalgan davlatga asos solindi
C) harbiylari hojib-ul hujob yoki hojib – buzruk deb ataladigan davlat barham topdi
D) poytaxti Marvdan Nishopurga ko`chgan davlat faoliyati yakunlandi
52. Jaloddin tarixiga oid asarlar o`zaro to`g`ri berilgan javobni aniqlang.
1) “ Al-komil fit-tarix ”
2) “ Tarixi arba ulus ”
3) “ Ravzat us-safo”
4) “ Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni”
a) Mirxond b) Mirzo Ulug`bek
c) ibn al-Asir d) Shihobiddin an-Nasaviy
A) 1-c,2-d,3-a,4-b B) 1-d,2-a,3-b,4-c
C) 1-b,2-d,3-a,4-c D) 1-c,2-b,3-a,4-d
O‘z ishini hammadan avval tamomlaydigan, o‘z ishiga chin dildan yondashadigangagina haqiqiy omad kulib boqadi.
Ismi________________________
To’g’ri javob soni:____________