MAVZU: “Ey sabo…” g’azalini sharhlash.
Tuzuvchi: Sadullayeva Tohira
Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg‘a ayt,
Yig‘larimning shiddatin gulbargi xandonimg‘a ayt.
Buki aning ahd-u paymonig‘a men o‘lsam dag‘i,
Yaxshi fursat topsang, ul bad ahd-u paymonimg‘a ayt.
Buki aning zulfi zunnorida dinim hosili,
Kufr ila bo‘lmish mubaddal, nomusulmonimg‘a ayt.
Buki qilmisham jahon-u jonni aning sadqasi,
Yuz tuman jon-u jahondan yaxshi janonimg‘a ayt.
Buki yuz jon sadqasi qilsam pushaymon bo‘lmag‘um,
Vaslig‘a bir va’da qilg‘andin pushaymonimg‘a ayt.
Buki yuz ming fitnako‘zlig‘ bo‘lsa paydo onsizim,
Qilmag‘um nazzora hargiz, ko‘zi fattonimg‘a ayt.
Buki chok aylab yoqa, usruk chiqar el qasdig‘a,
Men o‘lib el jon topar, beboki nodonimg‘a ayt.
Dahr bog‘i gullari husnin vafosiz erkanin,
Yuzi gul, jismi suman, ko‘yi gulistonimg‘a ayt.
Ey Navoiy, hech gulshanning seningdek xushnavo,
Bulbuli yo‘q erkanin shohi suxandonimg‘a ayt.
Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimgʻa ayt,
Yigʻlarimning shiddatin gulbargi xandonimgʻa ayt.
Sabodan kutilayotgan iltifot bitta: oshiqning holatini, chekayotgan iztiroblarini maʼshuqaga yetkazish. Ammo maʼshuqa oddiylar qatorida turmaydi. Uning birinchi belgisi – “sarvi xiromon”ligida. Oshiqning “holi” uning “yigʻlarimning shiddati” ifodasida ochiq koʻrsatilgan. Maʼshuqa – “gulbargi xandon” sifatida buni anglasa, oshiq koʻngli tasalli topadi.
1-bayt
Buki aning ahd-u paymonida men oʻlsam dagʻi
Yaxshi fursat topsang, ul bad ahd-u paymonimgʻa ayt.
2-bayt
Yorning ezgu xislatlar bilan yodga olinishi tasodifiy emas. Buning real asoslari bor. Eng muhimi, dastlab yorning oʻzi ham oshiqqa beparvo va loqayd munosabatda boʻlgan emas, balki ahd-u paymon qilishga imkon yaratgan. Faqat bugun bu ahddan qaytgan holda namoyon boʻlmoqda. Shuning uchun ham yor “bad ahd-u paymon” sifatiga “musharraf” boʻlgan:
Yorning-ku ahd-u paymondan qaytganligi aniq. Oshiqda oʻlmakdan boshqa imkon yoʻq. Bu xabarni yorga yetkazish lozim boʻladi. Saboning yelkasiga yuklanayotgan vazifalardan biri ham shu. Ammo buni bajarish uchun istagan harakatni qilish mumkin emas. Buning uchun tegishli fursat topilishi kerak. Bu fursatning esa, albatta, “yaxshi” boʻlishi shartdir. Shundagina yomon (“bad”) ahd-u paymon egasining koʻngliga ozor yetmaydi. Shaxs kayfiyatidagi foje holatning bunday tiniq ifodasi, albatta, oʻquvchiga taʼsirsiz qolmaydi.
3-bayt
Buki aning zulfi zunnorida dinim hosili
Kufr ila boʻlmish mubaddal, nomusulmonimgʻa ayt.
Yaʼni “Ey sabo, yorning zulfi zunnorida dinim hosili kufrga almashganini nomusulmonimga ayt”. Oshiq aytmoqchiki, yor koʻyida men beliga zunnor bogʻlab but (xoch)ga topinuvchi (nasroniy)lar kabi ishlar qilgani bois savoblarim kufr (nosharʼiy ish)ga aylandi. Mazkur bayt irfoniy maʼnolarga ham ega.
4-bayt
Buki qilmishmen jahon-u jonni aning sadqasi,
Yuz tuman jon-u jahondin yaxshi jononimgʻa ayt.
Baribir, maʼshuqa uchun oshiqning joni ham, jahoni ham sadaqa boʻladi. Zero, oshiq uchun maʼshuqadan koʻra “yaxshi jonon” mavjud emas:
5-bayt
Buki yuz jon sadqasi qilsam pushaymon boʻlmagʻum,
Vasligʻa bir vaʼda qilgʻandin pushaymonimgʻa ayt.
Oshiqning dil iztiroblari soʻngsiz, adoqsiz. U maʼshuqa uchun “yuz jon sadqa” qilsa ham achinmaydi, pushaymon boʻlmaydi. Ammo yorning subutsizligi, soʻzining ustidan chiqmasligi unga aziyat yetkazadi, pushaymonliklar beradi:
6-bayt
Buki yuz ming fitnakoʻzlug boʻlsa paydo onsizin,
Qilmagʻum nazzora hargiz koʻzi fattonimgʻa ayt
Koʻz tasviri keyingi baytda yana davom etadi. Endi u anʼanaviy tarzda “usruk” deyiladi. Bu suzilgan koʻzning poyetik ifodasi. Aslida, u lugʻaviy jihatdan “mast, sarxush” maʼnosiga ega. Bu koʻz egasi “el qasdiga”, demakki, boshqaga qaragan koʻzdir. Oshiq uchun ham eng iztirobli jihati shu: bu usruk koʻzning oshiqqa emas, boshqalarga – “el”ga qarashidir:
7-bayt
Buki chok aylab yoqa, usruk chiqar el qasdigʻa,
Men oʻlub el jon topar, beboki nodonimgʻa ayt.
Maʼshuqaning sharofati bilan oshiq, oʻz nazarida, “jon topishi”, yaʼni hayot maʼnosini bilishga intilishi, hayot shodliklaridan, zavq-u sururidan bahra topishi lozim edi. Amalda bunday boʻlib chiqmadi. “Men oʻlub el jon topar” degan ifoda “beboki nodon” maʼshuqani “fosh etish”ga qaratilgan. Ammo bu yerda tahdid ham, tahqir ham yoʻq. Faqat, yumshoqqina eʼtiroz mavjud, xolos. Bu yumshoqlik va, taʼbir joiz boʻlsa, oshiqning maʼshuqa oldidagi erkaligi – im egalik qoʻshimchasining ishtiroki bilan yanada taʼkidlanibroq yuzaga chiqmoqda.
8-bayt
Dahr bogʻi gullari husnin vafosiz erkanin,
Yuzi gul, jismi suman, koʻyi gulistonimgʻa ayt.
Bu yerda “dahr bogʻi gullari”ning ham oʻz, ham koʻchma maʼnoda qoʻllanganini qayd etish kerak. U oʻz maʼnosida olamdagi gul – oʻsimliklarni anglatadi hamda ularning goʻzalligi muvaqqatligini taʼkidlashga xizmat qiladi. Koʻchma maʼnoda esa u goʻzallarni, umuman, tirik jonlarning barchasini ham anglatayotgani koʻrinib turibdi
9-bayt
Ey Navoiy, hech gulshanning seningdek xushnavo
Bulbuli yoʻq erkanin shohi suxandonimgʻa ayt.
Nihoyat, oshiq koʻngil yorning taʼrifini yana bir pogʻonaga koʻtaradi. Endi u “shohi suxandon” sifatida taʼriflanadi. Birinchi marotaba shu oʻrinda oshiq ham oʻzining asl qiyofasini oshkor etishga jazm etadi, oʻzining “xushnavo bulbul” ekanligini bildirib oʻtishni lozim topadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |