.
15. Mavzu: Тилшуносликда експриментал ва статистик тахлил методлари
Reja:
Amerikada struktural tilshunoslikning paydo bo’lishi
Deskriptiv tilshunoslikning erishgan yutuqlari
Xulosa
Til bilan shu til egasi bo‘lgan xalq uzviy aloqadadir. Xalq tarixidagi har bir voqea, urf-odatlari, turmush tarzi uning tilida aks etadi. SHuning uchun til bilan shu til egasi bo‘lgan etnos o‘rtasida qanday mustahkam aloqa mavjud bo‘lsa, ularni o‘rganuvchi tilshunoslik bilan xalq tarixi va etnografiya o‘rtasida ham shunday aloqa bor.
Xalq, elatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotida ro‘y bergan har bir o‘zgarish uning tilida ham o‘z ifodasini topadi. SHuning uchun xalq tarixi uchun tarixiy hujjatlar, arxeologik yodgorliklar guvohlik berolmagan taqdirda ham, uning tili qimmatli materiallar berishi mumkin. Ayniqsa, toponim, etnonim, etnotoponimlarni xalq tarixini inobatga olmay turib o‘rganib bo‘lmaydi. SHu bilan birga, tilshunoslik etnografiya bilan ham uzviy aloqadadir.
Tilning shu til egasi bo‘lgan etnos malaniyatiga munosabatini, tilning funksiyalanish va rivojlanish jarayonida til bilan etnomadaniyat, etnopsixologik omillar o‘rtasidagi aloqani o‘rganishga ehtiyoj tufayli etnolingvistika yo‘nalishi vujudga keldi.
Etnolingvistika atamasi grekcha etnos – xalq, qabila va lingvistika so‘zlaridan olingan bo‘lib, mustaqil lingvistik yo‘nalish sifatida XIX asrning 70-yillarida SHimoliy, keyinroq Markaziy Amerikadagi hindu qabilalarining tili, madaniyati, urf-odatlarini o‘rganishning kuchayishi bilan paydo bo‘ldi. Lekin mazkur yo‘nalishning ilk davrida ko‘proq etnografiya masalalariga diqqat jalb qilindi, faqat asrimizning 20-yillarida lingvistik tomoniga e’tibor kuchaytirildi.
Etnolingvistikaning mustaqil lingvistik yo‘nalish sifatida shakllanishida Amerika tilshunosi, etnografi F.Boas va uning o‘quvchilarining xizmati katta. Ular yo‘nalishning muammolar doirasini va tadqiqot metodlarini belgiladilar. Etnolingvistika Amerika olimlari asarlarida ko‘pincha «antropolingvistika», «etnosemantika» atamalari bilan ham almashtirib qo‘llaniladi.
Etnolingvistika muammolaridan eng muhimi sifatida Amerika hindulari tillarining genetik qarindoshligini aniqlash masalasi qaraldi.
Bu tillarning tasnifi dastlab ma’lum tamoyilga asoslanmagan holda, taxminlarga tayanib qilingan bo‘lsa, keyinchalik E.Sepir, S.Lem, M.Svodesh, J.L.Treyjer va boshqalar tomonidan aniq ilmiy metodlarga tayanildi. Hindular tillarini sinflarga birlashtirishda hissiy-tarixiy (E.Sepir, S.Lem), glottoxronologik (M.Svodesh), tarixiy-tipologik va areal (K.Xeyil, J.L.Treyjer) metodlardan foydalanildi.
Tillarning tasnifidan tashqari, yana tillarning va madaniyatlarning o‘zaro ta’siri, bilingvizm masalalari, til taraqqiyotiga ijtimoiy madaniyatning ta’siri kabi muammolar ham etnolingvistikaning o‘rganish doirasiga kiritildi.
Dastlab etnolingvistika doirasiga semantika ham kiritilgan edi. Lekin keyinchalik deskriptiv lingvistikaning avj olishi natijasida semantika lingvistik tadqiqotlar doirasidan chiqarildi.
Tilning semantik tomoniga e’tibor asrimizning 50-yilarida Sepir-Uorf gipotezasini keng muhokama qilish jarayonida qayta jonlandi. Ayni paytda, etnolingvistika masalalariga ham yana e’tibor kuchaydi. Bu davrda semantikaga e’tiborning qaratilishi natijasida uzviy tahlil metodi amaliyotda keng qo‘llanildi. Bunday usul yordamida turli tillarda sotsial-madaniy xususiyatlarni ifodalovchi so‘zlar guruhi (qarindosh-urug‘ nomlari, rang bildiruvchi so‘zlar) atroflicha tahlil etildi.
SHuningdek, turli etnik guruhlarda qo‘llaniladigan paralingvistik vositalar, folklor materiallarini o‘rganish ham etnolingvistika ob’ektiga kiritildi. Xususan, asrimizning 70 – 80-yillarida folklor materiallariga e’tiborning tortilishi til va madaniyat o‘rtasidagi aloqaning yangi turlarini ochishga imkoniyat yaratdi va bu bilan etnolingvistikaning o‘rganish doirasini kengaytirdi.
Hozirgi kunda etnolingvistika dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida tilshunoslikning bir yo‘nalishi sifatida e’tirof etildi va bu yo‘nalish bo‘yicha keng tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Leksemadan keyingi birlik so‘zdir. Lekin u ayrim mualliflar tomonidan til birligi sifatida e’tirof etilmaydi5. So‘zning asosiy til birligi ekanini inkor etuvchilar F.de Sossyurning : «Tilning konkret birliklarini so‘zdan qidirmaslik kerak»,- degan fikriga asoslanadilar. So‘zni til birligi sifatida inkor etish , asosiy til birligi sifatida morfemaga e’tiborni qaratish ayniqsa deskriptiv lingvistika vakillari asarlarida kuchaydi.
Morfema grammatik sathning minimal birligi sifatida qaralishi bilan birga, bu birlik leksik sathga ham ko‘chiriladi. Amerika strukturalizmi leksik funksiyaga ega bo‘lgan elementar birlikni ajratishga ehtiyoj sezmadi. Deskriptiv lingvistikada uchraydigan so‘z (word) atamasi asosan morfemalar zanjiri, morfologik so‘z tushunchasini ifodalaydi.
L.Blumfild so‘zning konstruksiya ekanini ta’kidlaydi.6 Demak, so‘z ikki va undan ortiq morfemalarning birikuvidan tashkil topgan konstruktiv birlik sifatida qaraladi. Ana shundan kelib chiqqan holda «Obщee yazыkoznanie. Vnutrennyaya struktura yazыka» kitobida ham so‘zga morfemalar birikuvidan tashkil topgan butunlik deb qaraladi. Unda ta’kidlanishicha, so‘z morfemalarning har qanday birikuvidan emas, balki ma’lum sxema asosida («leksik morfema + grammatik morfema») morfemalar birikuvidan tashkil topgan butunlik sanaladi.7
Ko‘rinadiki, mazkur kitobda so‘z til birligi sifatida, umuman, inkor etilmaydi. Uning modeli (sxemasi) so‘z atamasi ostida til birligi sifatida tan olinadi. Konkret morfemalar bilan to‘ldirilgan real ko‘rinishlari esa nutq birliklari sanaladi. So‘zga bunday yondashuv V.M.Solnsevga ham taalluqlidir.8
So‘zga morfemalarning sintagmatik munosabatidan tashkil topgan butunlik sifatida qarash til sathlari o‘rtasidagi integrativ munosabatni o‘zida to‘g‘ri namoyon etsa-da, lekin til faktlarini to‘la qamrab ololmaydi. SHu bilan birga, har qanday so‘z leksema asosida, leksemaning boshqa morfemani biriktirib olishidan tashkil topavermaydi. Leksema atash semasi bilan bog‘liq. Demak, hamma leksemada atash semasi mavjud. Ayrim so‘zlar esa atash semasiga ega emas. Xususan, lekin, biroq, faqat, ofarin singarilar so‘z, leksema emas. Lekin yuqoridagi so‘zlar ichki ma’noli qismlarga bo‘linuvchanlik xususiyatiga ham ega emas. Demak, qurilmalik belgisi ham hamma so‘zlarni qamrab ololmaydi.
SHuning uchun ayrim mualliflar so‘z mohiyatini belgilashda «uning gap tarkibida erkin tartibini o‘zgartira olishi»9, «avtonom sintagma ekani»10, «gap hosil qila oladigan va o‘zi fonemalardan hosil bo‘la oladigan minimal ma’noli erkin birlik ekani»11 belgilarini asos qilib oladilar.
Praga tilshunoslari so‘zni inkor etuvchilarning fikrlariga tanqidiy munosabat bildirarkanlar, «funksional nuqtai nazardan uning mavjudligi aniq»ligini bayon qiladilar.12
So‘zning til sistemasining markaziy birligi sifatida ajratilishiga SH.Balli, L.SHcherba ham shubha bildirgan edi. N.D.Arutyunovaning morfemani ikkilanmay belgi deb hisoblashi belgini tilning funksional birligi sifatida qaramaslikka olib keldi. Bu esa tilning belgilar sistemasi sifatidagi xususiyatiga zid keladi. SHunday ekan, morfemani alohida belgi sifatida ajratish mumkin emas. CHunki u funksional birlik emas.
V.Zveginsev ham so‘zning tilning asosiy birligi ekanini e’tirof etadi. Uning fikricha, so‘zdan pastga tushsak, til tomonidan belgilangan diskret munosabatlar tashqarisida qolamiz. U so‘zdan quyi har qanday birliklar nutq «texnika»siga oid ekanini ko‘rsatadi.13
So‘zning qiziq tomoni shundaki, u til egasi tomonidan oson ajratiladi, lekin lingvistlar tomonidan qiyin aniqlanadi. So‘zning ana shunday qiyin aniqlanishini asos qilib ayrim o‘zbek olimlari ham uni til birligi sifatida rad etadilar. Ularning fikricha, leksema-so‘z (aslida morfologik so‘z) nutqiy hodisa bo‘lib, morfemalarning nutqdagi kombinatsiyasidan hosil bo‘ladi. CHunki so‘zdan quyi birliklarni emik va etik birliklarga ajratish mumkin. Lekin so‘z bunday xususiyatga ega emas.14
Do'stlaringiz bilan baham: |