Tuzuvchi: Axmedov Nodirbek
I-mavzu: Fizika fanining rivojlanish tarixi Fazo va vaqt. Sanoq sistemasi
Reja:
Fazo va vaqtni o‘lchash usullari
Fizika fanining asoschilari
Dekart koordinatalar sistemasi
Xulosa
Fazo va vaqt, makon va zamon — borliqning umumiy yashash shakllari; fazo dunyoni tashkil etuvchi obʼyektlar va ulardagi tarkibiy nuk,talarning oʻzaro joylashish tartibi, koʻlami va mikyosini ifoda etea, vaqt dunyoda sodir boʻluvchi xrdisa va jarayonlarning ketma-ket roʻy berishi va davomiyligini ifodalaydi. F. va v.ning tabiati hamda mohiyati haqida qadimdan faylasuflar xilmaxil nuqtai nazarni ilgari surgan. Ularni umumlashtirib 2 ga: substansial va relyatsion konsepsiyaga ajratish mumkin. Substansial konsepsiyada F. va v.ning mutlaq jihatlari, relyatsio n konsepsiyada esa ularning nisbiy jihatlari mutlaqlashtiriladi. Substansial yondashuv tarafdorlari (Demokrit, Platon, Eronshaxriy, Zakariyo arRoziy, Beruniy, Patritsiy, Kampanella, Gassendi, Nyuton, Eyler va boshqalar)ning fikricha, fazo—materiya va moddiy aloqadorliklardan tashqarida, ularga bogʻliq boʻlmagan holda mavjud boʻlgan mustaqil substansiyadir; u moddiy obʼyektlarning joylashish makoni, fazo mutlakdir. Vaqt esa borliqqa, fazo va harakatga jiddiy taʼsir koʻrsatadi; vaqt munosabatlari hamda hisob sistemalarida bir xilda oʻtadi. F. va v.ni mustaqil sub. stansiya deb qisoblaganliklari uchun ularning yondashuvi fanga substansial konsepsiya nomi bilan kirgan. Relyatsion yondashuv vakillari (Aristotel, Avgustin, al-Kindiy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Faxriddin Roziy, Nasriddin Tusiy, Dekart, Leybnits, Toland, Yum, Fixte, Kant, Gegel)ning fikricha, fazo—moddiy dunyoning tarkibiy tuzilishi tartibining namoyon boʻlishi, jismlarning oʻzaro joylashish oʻrni va moddiy narsalarning mavjudligi tartibini ifodalaydi. Fazo juzʼiy holda ham, umumiy holda ham moddiy dunyoning holatiga bogliq; materiya fazoning mavjudligi uchun asosiy vositadir, vaqt esa materiyaning atributa (ajralmas xususiyati), u materiyadan tashqarida mavjud boʻlishi mumkin emas, u nisbiydir. Fanda uzok, davr mobaynida fazoni vaqtdan ajratib tushunish hukmronlik qilib keldi. Shu jixatdan vaqtga nisbatan dinamik va statistik qarashlar ham mavjud. Dinamik qarash boʻyicha, vaqtning faqat hozirgi zamonigina real mavjud, oʻtmish oʻtib ketgan, kelajak esa hali yoʻq. Statistik qarash vakillarining fikricha, vaqtning barcha lahzalari bir yoʻla, yaxlit holda, bir vaqtda mavjuddir, vaqtning lahzalarini har bir subʼyekt oʻz boshidan kechiradi va unga goʻyoki vaqt oqib oʻtayotgandek tuyiladi. 20-asr boshlarida A. Eynshteyn tomonidan nisbiylik nazariyasining yaratilishi F. va v.ning oʻzaro chambarchas bogʻlikligi, F. va v. sistemaning harakat tezligi bn, vaqtfazo strukturasining modda zichligi bilan bogʻlikligi haqidagi fikrlar tabiiyilmiy va nazariy isbotini topdi.
Bundan ilgariroq yaratilgan noyevklid geometriyasi tamoyillari bilan dunyo elektrodinamik manzarasining bogʻlanishi fazoning strukturasi haqidagi tabiiyilmiy tasavvurlarni yanada kengaytirdi. Fan yutuqlari F. va v.ning xususiyatlari mikro, makro va megadunyolarda birbiridan farq qilinishini isbotladi. hozirgi zamon fanlari aniklab bergan F. va v.ning xususiyatlarini 2 turga ajratish mumkin. 1turga tegishli oʻlchov asboblari (lineyka, ruletka, soat kabilar) bilan oʻlchash mumkin boʻladigan, turli hisob sistemalarida turlicha namoyon boʻladigan nisbiy xususiyatlari kiradi va ular metrik xususiyatlar deb ataladi. Bunday xususiyatlarga fazoning koʻlami, bir jinsliligi, izotropliligi, egilganligi, vaqtning bir jinsliligi, bir xilligi, davomiyligi, anizotropligi va boshqa kiradi. 2turdagi xususiyatlari F. va v.ning tub mohiyatiga aloqador boʻlgan, barcha hisob sistemalarida bir xilda namoyon boʻladigan, oʻzgarmas, fundamental xususiyatlardir. Ular topologik xususiyatlar deb atalib, fazoning uzluksizligi (yoki diskretligi), oʻlchamliligi, tartiblanganligi, kompaktligida, vaqtning esa uzluksizligi, bir oʻlchovliligi, orqaga qaytmasligi, chiziqli bogʻlanganligida va boshqa da namoyon boʻladi.
F. va v.ning metrik xususiyatlari borliqning miqdoriy munosabatlarini ifoda etea, topologik xususiyatlari esa tub sifat jihatlarini aks ettiradi. Shu sababli falsafada F. va v.ning metrik xususiyatlari — miqdoriy xususiyatlar, topologik xususiyatlari esa sifatiy xususiyatlar deb ataladi. F. va v.ning metrik xususiyatlari oʻzgarganda voqeliqsa jiddiy strukturaviy oʻzgarishlar roʻy bermasligi mumkin, topologik xususiyatlarning oʻzgarishi esa voqelikni, albatta, tubdan strukturaviy oʻzgartiradi. F. va v.ni anglashda real, perseptual va konseptual F. va v.larni birbiridan ajrata olish lozim. Obʼyektiv voqelikdagi real, jismoniy, fizik obʼyektlar, narsa va hodisalarning oʻziga xos F. va v. aloqadorliklari real F. va v. deyiladi. Real F. va v. ning inson tasavvurida idrok etilishi — perseptual F. va boshqa boʻlsa, real F. va v.ning matematik tenglama va hisobkitoblarda modellashtirilishi — konseptu al F. va v.dir. Perseptual va konseptual F. va v. real F. va v.ning inʼikosi ekanligini hisobga olish lozim, ularni aynanlashtirish kishini chalgitishi mumkin. Hozirgi Davrda borliqning turli tashkiliy struktura darajalariga aloqador fizik, kimyoviy, geologik, biologik, fiziologik, ijtimoiy (sotsiologik), psixologik F. va v. haqidagi konsepsiyalar ham yaratilmoqda. Ularda olamning tuzilish jihatdan xilma-xilligi va birligi, koʻp qirraliligi va cheksizligi, murakkabligi va nihoyasizligi asoslanmokda. 20-asrning oxiri — 21-asrning boshlarida nazariy fizika, topologiya, chiziqli algebra, kvant fizikasi, relyativistik kosmologiya kabi fanlarning rivojlanishi F. va v. haqidagi tasavvurlarni jiddiy oʻzgartirdi, F. va v.ning turlituman modellarini tadqiq qilishga keng yoʻl ochildi. Bu tadquqotlar olamdagi yagona eng umumiy, universal va fundamental aloqadorlik — F. va v. aloqadorligidir, deb xulosa chiqarishga asos berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |