Abror Hidoyatov (1900.31.12 - Toshkent — 1958.3.10) — Oʻzbekiston xalq artist (1937). Dastlab eski maktabda oʻqigan. 1919-yildan Mannon Uygʻur boshchilik qilgan "Turon" truppasida ishlagan. 1920—24 yillar Neʼmat (Gʻ.Zafariy, "Halima"), drama studiyasida oʻqiydi. Studiyada yaratilgan Garpagon (J.Molyer, "Xasis"), Bob (Bill-Be-lotserkovskiy, "Aks sado"), Nasrid-din (Choʻlpon, "Yana uylanaman"), shahar hokimi (N.Gogol, "Revizor"), Kalaf (K.Gotssi, "Malikai Turan-dot") H. kamolotida muhim rol oʻynadi. 1927—35 yillarda milliy va tarjima asarlarda bir turkum ob-razlar yaratdi: Sarimsoq (K.Yashin, "Yondiramiz"), Rustam (U.Ismoilov, "Rustam"), Shopur (Xurshid, "Farhod va Shirin"), Frondoso (Lope de Vega, "Qoʻzibuloq qishlogʻi") va boshqa Ijobiy qahramonlar obrazlarini yaratar ekan, asosan qahramonona ro-mantik vositalarni ishga soldi. Salbiy rollarda ham eʼtiborli ijodiy yutuqlarga erishdi: Kukumboy (D.Furmanov, S.Polivanov, "Isyon"), Oripov (Z.Said, N.Safarov, "Tarix tilga kirdi") va boshqa H.ning aktyorlik mahorati Hamlet (Uilyam Shekspir, "Hamlet", 1935), Gʻofur (Hamza, "Boy ila xizmatchi", 1939) va Otello (Uilyam Shekspir, "Otello", 1945) obrazlarida yorqin namoyon boʻldi. - Abror Hidoyatov (1900.31.12 - Toshkent — 1958.3.10) — Oʻzbekiston xalq artist (1937). Dastlab eski maktabda oʻqigan. 1919-yildan Mannon Uygʻur boshchilik qilgan "Turon" truppasida ishlagan. 1920—24 yillar Neʼmat (Gʻ.Zafariy, "Halima"), drama studiyasida oʻqiydi. Studiyada yaratilgan Garpagon (J.Molyer, "Xasis"), Bob (Bill-Be-lotserkovskiy, "Aks sado"), Nasrid-din (Choʻlpon, "Yana uylanaman"), shahar hokimi (N.Gogol, "Revizor"), Kalaf (K.Gotssi, "Malikai Turan-dot") H. kamolotida muhim rol oʻynadi. 1927—35 yillarda milliy va tarjima asarlarda bir turkum ob-razlar yaratdi: Sarimsoq (K.Yashin, "Yondiramiz"), Rustam (U.Ismoilov, "Rustam"), Shopur (Xurshid, "Farhod va Shirin"), Frondoso (Lope de Vega, "Qoʻzibuloq qishlogʻi") va boshqa Ijobiy qahramonlar obrazlarini yaratar ekan, asosan qahramonona ro-mantik vositalarni ishga soldi. Salbiy rollarda ham eʼtiborli ijodiy yutuqlarga erishdi: Kukumboy (D.Furmanov, S.Polivanov, "Isyon"), Oripov (Z.Said, N.Safarov, "Tarix tilga kirdi") va boshqa H.ning aktyorlik mahorati Hamlet (Uilyam Shekspir, "Hamlet", 1935), Gʻofur (Hamza, "Boy ila xizmatchi", 1939) va Otello (Uilyam Shekspir, "Otello", 1945) obrazlarida yorqin namoyon boʻldi.
- H.ning oʻzbek tarixiy dramalarida yaratgan Muqanna (H.Olimjon, "Muqanna"), Temur Malik (M. Shayxzoda, "Jaloliddin"), Navoiy (Uygʻun, I.Sulton, "Alisher Navoiy") obrazlari ham yetukdir.
- H. nomi Oʻzbek davlat drama teatriga (1991) hamda Toshkent koʻchalaridan biriga (1986) berilgan. H. hayoti va ijodiga bagʻishlangan hujjatli film ishlangan (rej. Bobo Xoʻjayev, 1967). Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2000).
E’tiboringiz uchun tashakkur!
Do'stlaringiz bilan baham: |