Shuhrat Abbosov Shuhrat Abbosov 1931-yil 16-yanvarda Qoʻqonda tugʻilgan. 1949-yil Toshkent tibbiyot kasb-hunar bilim yurtini bitirgan. 1954-yil Aleksandr Ostrovsky nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutini bitirgan. Shu institutda professor (1983-yildan), kafedra mudiri (1991-yildan) boʻlib ishlagan. 1954-1956-yillarda Mannon Uygʻur nomidagi viloyat musiqali drama teatrida (Yangiyoʻlda) bosh rejissor boʻlib faoliyat yuritgan. Keyinchalik Moskvaga borib Mosfilmda ham tahsil olgan. Abbosov 1958-1991-yillar „Oʻzbekfilm“da rejissor boʻlib ishlagan, 1982-1986-yillarda direktor boʻlib ishlagan. Abbosov 1996-yildan boshlab Oʻzbekiston kino arboblari birlashmasining rais muovini boʻlib ishlagan. 2018-yil 25-aprelda buyrak yetishmovchiligi tufayli 87 yoshda vafot etdi. - Shuhrat Abbosov 1931-yil 16-yanvarda Qoʻqonda tugʻilgan. 1949-yil Toshkent tibbiyot kasb-hunar bilim yurtini bitirgan. 1954-yil Aleksandr Ostrovsky nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutini bitirgan. Shu institutda professor (1983-yildan), kafedra mudiri (1991-yildan) boʻlib ishlagan. 1954-1956-yillarda Mannon Uygʻur nomidagi viloyat musiqali drama teatrida (Yangiyoʻlda) bosh rejissor boʻlib faoliyat yuritgan. Keyinchalik Moskvaga borib Mosfilmda ham tahsil olgan. Abbosov 1958-1991-yillar „Oʻzbekfilm“da rejissor boʻlib ishlagan, 1982-1986-yillarda direktor boʻlib ishlagan. Abbosov 1996-yildan boshlab Oʻzbekiston kino arboblari birlashmasining rais muovini boʻlib ishlagan. 2018-yil 25-aprelda buyrak yetishmovchiligi tufayli 87 yoshda vafot etdi.
Shuhrat Abbosov bir qancha filmning rejissoridir. U Aleksandr Naumov (II) bilan 1977-yil chiqqan Gʻafur Gʻulomning shu nomli qissasiga asoslanib olingan „Shum bola“ filmiga ssenariy yozgan. „Mahallada duv-duv gap“ kinokomediyasi (1960) ilk yutugʻi boʻldi. Abbosov Ikkinchi jahon urushi yillari ota-onasiz qolgan turli millatga mansub 14 bolani tarbiyalagan toshkentlik Shomahmudov oilasining jasorati haqidagi „Sen yetim emassan“ (1963; Xalqaro kinofestival mukofoti, Frankfurt am Main, 1963), odob-axloq haqidagi „Qalbingda quyosh“ (1965) filmlariga rejissorlik qilgan. „Toshkent - non shahri“ (1967; kino-festival sovrindori, Olmaota 1973), „[[Sevgi dramasi“ (1971; 5-kinofestival sovrindori, Tbilisi, 1972) filmlari bilan eng yaxshi kinorejissor sifatida tanildi. - Shuhrat Abbosov bir qancha filmning rejissoridir. U Aleksandr Naumov (II) bilan 1977-yil chiqqan Gʻafur Gʻulomning shu nomli qissasiga asoslanib olingan „Shum bola“ filmiga ssenariy yozgan. „Mahallada duv-duv gap“ kinokomediyasi (1960) ilk yutugʻi boʻldi. Abbosov Ikkinchi jahon urushi yillari ota-onasiz qolgan turli millatga mansub 14 bolani tarbiyalagan toshkentlik Shomahmudov oilasining jasorati haqidagi „Sen yetim emassan“ (1963; Xalqaro kinofestival mukofoti, Frankfurt am Main, 1963), odob-axloq haqidagi „Qalbingda quyosh“ (1965) filmlariga rejissorlik qilgan. „Toshkent - non shahri“ (1967; kino-festival sovrindori, Olmaota 1973), „[[Sevgi dramasi“ (1971; 5-kinofestival sovrindori, Tbilisi, 1972) filmlari bilan eng yaxshi kinorejissor sifatida tanildi.
- Tarixiy-biografik mavzuda „Abu Rayhon Beruniy“ (2 qismli, 1974, 8-kinofestivalning bosh mukofoti, Kishinyov, 1975, Xalqaro kinofestivalning „Oltin Delfin“ sovrindori, Tehron, 1977), „Olovli yoʻllar“ (Hamza hayotiga bagʻishlangan 17 qismli telefilm, 1975-1984), urush yillari front ortidagi qiyinchiliklar haqida hikoya qiluvchi „Katta urushdagi kichik odam“ (1989) filmlari ham mashhur.
- Mustaqillik Abbosiv ijodida burilish yasadi. 14 qismli „Kamolot choʻqqisi sari“ hujjatli (1995) va 2 qismli „Otamdan qolgan dalalar“ badiiy (ssenariysini M. Toʻychiyev bilan hamkorlikda yozgan, 1998) filmlarni yaratdi.
- Abbosov teatr uchun bir qancha asarlarni sahnalashtirgan. U „Yurak sirlari“ (B. Rahmonov), „Nurxon“ (Komil Yashin), „Ogʻriq tishlar“ (Abdulla Qahhor) kabi pesalarni sahnalashtirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |