Yangi texnologiyalar yangi me’yorlarni yaratish zarurligini keltirib chiqaradi.
Ilm-fan qonunchilikning va axloqning rivojlanishidan oldin yuradi. 1945-yilda bu narsa atom bombasi yordamida hayotni yo‘q qilish bilan bog‘liq bo‘lgan mash’um voqealarga olib keldi, endilikda esa bu bepushtlikni yengishga imkon beradigan texnologiyalar yordamida hayotni yaratish bilan bog‘liq bo‘lib kelmoqda. Ko‘pchiligimiz angliyalik Braunlar oilasi bilan birga xursand bo‘ldik, chunki sinov naychasidan birinchi bola Luiza dunyoga keldi. Biz bunga o‘xshagan boshqa tengi yo‘q holatlarda bolalar tug‘ilishidan, masalan, vaqti kelganda ona organizmiga ko‘chirib o‘tkazish uchun muzlatilgan embrionlardan sog‘lom bolalarning dunyoga kelganidan ham xursand bo‘ldik.
Avstraliyada ikkita muzlatilgan embrion juda ko‘p axloqiy va yuridik savollarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ushbu embrionlarni Mario Riosning xotini Elza Riosga ko‘chirish mo‘ljallangan edi. Avvalgi ko‘chirib o‘tkazish omadsiz yakunlandi va Rioslar yana bir bor urinib ko‘rishga qaror qilishdi. Biroq ikkinchi urinishdan oldin Rioslar samolyot halokati natijasida vafot etishdi.
Avstraliya gospitalida muzlatilgan embrionlarni nima qilish kerak edi? Ularni boshqa birovga o‘tkazish mumkinmi? Xohlovchilar ko‘p edi Ammo bu embrionlar Rioslarning boy merosiga egalik qila oladimi? Yoki ularni yo‘q qilib tashlash kerakmi? Shubhasiz, Rioslar bu haqda hech qanday ko‘rsatma qoldirishmagan.
Avstraliyada bu muammoni o‘rganish uchun komissiya tuzildi. Oldingi haftada komissiya o‘z hisobotini e’lon qildi. Komissiya a’zolari embrionlarni eritish kerakligi haqida qaror qabul qilishdi. Chunki embrionlarni kimgadir ko‘chirib o‘tkazish uchun uning egalarining roziligi kerak edi, ammo bunday rozilik berilmagan. Komissiya, shuningdek, embrionlar hozirgi holatida tirik emasligi va ularda tiriklarga xos huquqlar yo‘qligi, bu esa, o‘z navbatida, ularni yo‘q qilinishi mumkin ekanligini qayd etdi. Komissiya a’zolari noaniq yuridik va axloqiy me’yorlarga asoslangan holda qaror qabul qilganlarini tushunishardi. Shuning uchun ular uch oymobaynida qabul qilingan qaror bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganishni talab qilishdi. Agar ko‘pchilik embrionlarni yo‘q qilishga qarshi bo‘lsa, komissiya o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqadi.
Hozirda Sidneydagi Qirolicha Viktoriya gospitalida sun’iy urug‘lantirish uchun navbatda turgan oilalar agar o‘zlari bilan biror hol yuz bersa, embironlarni nima qilish kerakligi haqida ko‘rsatmalar berishlari kerak. Bu Rioslar bilan bo‘lgan holatga o‘xshash vaziyat yana sodir bo‘lmasligiga kafolat beradi? Boshqa murakkab vaziyatlarda nima qilish kerak? Yaqinda Fransiyada bir ayol vafot etgan erining muzlatilgan spermasidan foydalanib, bola tug‘ishga ruxsat olish uchun sudga murojaat etishga majbur bo‘ldi.
Uning iltimosiga qanday munosabatda bo‘lish kerak? Birovning bolasini qornida olib yurib, tug‘ib berishga va’da bergan ayol kelishuvni buzib, so‘nggi vaqtda bolani bermay qolishi haqida nima deyish mumkin?
Jamiyatimiz atom energiyasining halokatli kuchini cheklaydigan qonunlarni amalga oshira olmadi. Biz ushbu fojianing mevalarini yig‘ib olyapmiz. Biroq avlodlarni ko‘paytirishni tezlashtirish yoki sekinlashtirish sohasida olimlar turli xil suiste’mollik qilishlari ehtimoli mavjud. Axloqiy va yuridik chegaralar biz juda chuqurlashib ketmasimizdan avval o‘rnatilishi shart.
MATN YUZASIDAN SAVOLLAR
YANGI ME’YORLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |