Тузувчи : Файзуллаева Н


Real sektorning makroiqtisodiy tahlili va Milliy hisobning asosiy ayniyatlari



Download 13,29 Mb.
bet37/405
Sana15.01.2022
Hajmi13,29 Mb.
#367128
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   405
Bog'liq
4 Макроиктисодий тахлил УМК 2019 2020 Автосохраненный

4.3. Real sektorning makroiqtisodiy tahlili va Milliy hisobning asosiy ayniyatlari
Mamlakat iqtisodiyotining holati va rivojlanishini iqtisodiyotni hamda uning eng muhim sektorlari va sohalarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar muayyan doirasidan foydalangan holda baholash va tahlil qilish mumkin. Bu, birinchi galda, MHT makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari - YAIM, YAMD, MD, TYAMD, shuningdek, umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar deb nomlanuvchi boshqa muhim indikatorlardir. Bunday ko‘rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

• mamlakat (mintaqa) YAIMning joriy narxlar bo‘yicha milliy valyutadagi hajmlari va hajmlarining indekslari;

• asosiy xarajatlar bo‘yicha YAIM tarkibi;

• YAIMning muayyan yil narxlaridagi hajmlari va hajmlarining indekslari;

• real YAIM miqdori va dinamikasi;

• iqtisodiyot asosiy tarmoqlari va sektorlarining agregatga doir etakchi ko‘rsatkichlari, xususan sanoat ishlab chiqarishi yoki ishlov beruvchi sanoat mahsuloti sotuvlarining hajmlari va hajmlarining indekslari;

• ishsizlik darajasining standart ko‘rsatkichlari;

• foizli qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli bank stavkalari;

• muomaladagi pul massasini tavsiflovchi pul agregatlari (M1, M2, M3) va ularning dinamikasi;

• qurilish hajmlari;

• ichki savdo (hajmlari va narxlari, xususan chakana narxlari);

• ish haqi va daromadlari;

• milliy valyuta kursi;

• tashqi savdo va to‘lov balansi (eksport va import hajmlari va dinamikasi, tashqi savdo va to‘lov balanslari saldosi).

Ushbu ko‘rsatkichlar (pul agregatlari, foiz stavkalari, tashqi savdo va to‘lov balansi) real sektorni tahlil qilish predmeti hisoblanadi.

YUqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar mamlakat iqtisodiyotining holatini to‘g‘ri va aniqlik bilan baholash, uning rivojlanishini asosli tarzda prognoz qilish imkonini beradi. Albatta, yanada izchil va chuqur tahlil qilish iqtisodiyotning asosiy sektorlaridagi vaziyatni o‘rganishni talab qiladi: iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar uchun bu birinchi galda sanoat, tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasi; rivojlanayotgan mamlakatlar uchun - qishloq xo‘jaligi ham. Asosiy vazifa moliyaviy va pul-kredit sohasini tahlil qilishdan iborat, lekin asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar yagona tizimining qo‘llanishi ma’lumotlarning taqqoslanishini, vaqtga ko‘ra va turli mamlakatlar bo‘yicha qiyosiy baholash imkoniyatini ta’minlagan holda buni bir xil tarzda amalga oshirish imkonini beradi. Misol tariqasida MHT hisobvaraqlarni keltiramiz:

• mamlakat milliy boyligini, uning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini tugallangan yil va undan oldingi davrlar uchun takror ishlab chiqarish jarayonining natijalari asosida baholash;

• MHT makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari yordamida iqtisodiy faoliyat va milliy (mintaqaviy) xo‘jalikning rivojlanishi, daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, daromadlardan iste’mol qilish, jamg‘arish uchun foydalanish jarayonlarining natijalarini aniqlash;

• iqtisodiyot alohida sektorlarining rivojlanishini tahlil qilish va ularning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy natijalarga qo‘shgan hissasini baholash;

• tovarlar ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tarmoqlar tarkibidagi o‘zgarishlar darajasini baholash;

• AQSH va boshqa mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini aniqlash uchun ular MHTning ko‘rsatkichlarini taqqoslash;

• MHT ko‘rsatkichlarini bir-biri bilan uyg‘unlikda va qo‘shimcha hisob-kitoblar bilan ko‘rib chiqish;

• ko‘rsatkichlar tarkibidagi o‘zgarishlarni va ular o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklarni aniqlovchi hisobvaraqlar asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi.

MHT hisobvaraqlarini aniq maqsadni ko‘zlab tahlil qilish normal tadbirkorlik faoliyatini va davlat darajasida asoslangan iqtisodiy siyosatni ta’minlovchi marketing tadqiqotlarining zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. YAIM, YAMD va MD tarkibini tahlil qilish iqtisodiyotning tarkibini, uning samaradorligini baholash, alohida tarmoqlar va sektorlarning mamlakat xo‘jaligining rivojlanishiga qo‘shgan hissasini aniqlash imkonini beradi. Shu asosda rivojlanishning yuzaga kelgan xili (sanoat, agrar-sanoat, agrar), makroiqtisodiy natijalar o‘sishining omillari hamda unda ekstensiv va intensiv manbalarning roli aniqlanadi. MHT ko‘rsatkichlarini tahlil qilishning alohida vazifasi tovarlar va xizmatlar, ishlab chiqarish va iste’mol, jamg‘arma va iste’mol, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish iste’moli o‘rtasidagi, tasarrufdagi, birlamchi va ikkilamchi daromadlar o‘rtasidagi eng muhim iqtisodiy ulushlarni aniqlashdan iborat. MHTni tahlil qilish doirasidagi vazifalardan biri moliya-kredit mexanizmining daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlashdagi, yakuniy daromadlarni shakllantirishdagi rolini baholashdan iborat.

Mamlakatning iqtisodiy ahvolini yanada batafsil tahlil qilish qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni jalb qilishni va tahliliy hisob-kitoblarni amalga oshirishni talab qiladi. Milliy iqtisodiyotning holatini va rivojlanishini MHT makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilish, birinchi galda, ularning taqdim etilgan davrdagi dinamikasini o‘rganish va baholashni nazarda tutadi. Bu hol iqtisodiy o‘sish, umuman YAIM bo‘yicha ham, uning asosiy tarkibiy qismlari bo‘yicha ham stagnatsiya yoki pasayish haqida fikr bildirish imkonini beradi. Ushbu tarkibiy qismlar dinamikasining sur’atlaridagi farqlar iqtisodiyot tarkibidagi o‘zgarishlarga va uning muhim parametrlarining o‘zgarishiga olib keladi.

Makroiqtisodiy agregatlarni o‘lchashning o‘ziga xos muammolari:

YAIM bo‘yicha ma’lumotlar ishlab chiqarish hajmini va hatto rezidentlarning iqtisodiy farovonligini o‘lchash uchun keng qo‘llanilsa-da, ushbu yondashuv to‘rtta kamchilikka egaligi bilan ajralib turadi:

• birinchidan, mahsulotning ayrim turlarini aniq o‘lchashning iloji yo‘q, chunki ular bozorlardagi oldi-sotdining predmeti hisoblanmaydi; ular jumlasiga, masalan, davlat xizmatlari, jamoatchilik ishi xilidagi nobozor faoliyati, yordamchi xo‘jaliklarni yuritish va uy-joy qiymati kiradi;

• ikkinchidan, milliy hisobvaraqlar tovarlar sifatining oshishini noadekvat tarzda aks ettiradi; masalan, kompyuter sifatining keskin oshishi barobarida uning narxi pasayishi mumkin;

• uchinchidan, iqtisodiy faoliyatning ayrim turlari, amalda noxo‘sh («zararli») faoliyat bilan, masalan, jinoyatchilik, atrof muhitni ifloslantirish yoki milliy xavfsizlikka tahdidlarga qarshi kurashishni o‘zida namoyon etsa-da, YAIMga hissa qo‘shadigan turlar hisoblanadi; YAIM konsepsiyasi ushbu «zararli» faoliyatga barham berishni nazarda tutmaydi;

• to‘rtinchidan, milliy hisobvaraqlarda atrof muhitning ifloslanishi yoki tabiiy resurslarning tugashi, ya’ni rivojlanayotgan mamlakatlar va o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan davlatlar uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan muammolar hisobga olinmaydi.

Iqtisodiyotda ishlab chiqarish hajmini o‘lchashda tez-tez uchrab turadigan hatolarning yana bir sababi – unda xufyona yoki maxfiy bitimlar tuziladigan qora bozorning mavjudligi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar turli sabablarga ko‘ra: soliqlardan bo‘yin tovlash, qonunlar yoki rasmiy qoidalarni buzish uchun, giyohvondlik moddalari bilan savdolar yoki kontrabanda ko‘rinishida xufyona faoliyatni amalga oshirishda o‘z operatsiyalarini yashishga urinishadi. Ko‘plab mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot ko‘lamlari g‘oyat keng bo‘lganligi uchun mazkur norasmiy sektorga bo‘lgan e’tibor keskin ortib bormoqda. Qora bozordagi operatsiyalar asosan naqd pul yordamida amalga oshirilganligi bois, qora bozorning ko‘lamlari ko‘pincha naqd puldagi aktivlarning miqdoriga qarab baholanadi. Milliy hisobvaraqlar tizimida o‘lchangan YAIMdagi farqlar, ya’ni umumiy daromad bilan umumiy xarajatlar o‘rtasidagi farqdan foydalanish baholashning muqobil usuliga aylandi. Agar xufyona iqtisodiyot iqtisodiy o‘sishning rasmiy ko‘rsatkichlaridagiga qaraganda jadalroq rivojlanayotgan bo‘lsa, u holda ishlab chiqarish hajmi o‘sishining o‘lchangan sur’atlari pasaytirilgan bo‘lib chiqadi.

Korxona yaratgan qo‘shilgan qiymat ishlab chiqarish hajmi bilan oraliq iste’mol farqiga teng. YAIM ning barcha ishlab chiqarish birliklari qo‘shilgan qiymati summasi kabi olish mumkin. YAIMni yana bozor baholarida va (omillar) qiymatlari bo‘yicha o‘lchash mumkin. Keyingi usul daromadlarni o‘lchash bilan bog‘liq. U yalpi qo‘shilgan qiymatdan soliqlar minus ishlab chiqarish subsidiyasi ayrilganiga teng bo‘lgan ixtiyoridagi natijani beradi.
YAIM (omillar qiymati bo‘yicha) = hamma omillar daromadlarning summasi (daromadlarga soliqlarni to‘lashdan ilgari) =W+OS (1)
YAIM (bozor baholari bo‘yicha) = YAIM (omillar qiymati

bo‘yicha)+ITS = W+OS+ITS (2)

Bu erda:

W – ishchilarga ish haqi to‘lashga sarflangan umumiy xarajatlar (ish haqi va ijtimoiy sug‘urta ajratmalari – nafaqa, bandlik va boshqa ijtimoiy fondlarga);

OS – ishlab chiqarish birliklari joriy operatsiyalardan olgan (YAIM) foyda (o‘z ichiga ijara to‘lovlari, foiz to‘lovlari, amortizatsiya va foydani oladi);

ITS – subsidiyalar chiqarib tashlangan bilvosita soliqlar (sotuvdan va xo‘jalik faoliyati uchun korxonalar davlatga to‘lagan soliqlardan korxonalar davlatdan olgan transfertlar ayriladi).

YAlpi ichki mahsulotni yana bozor baholarida oxirgi tovar va xizmatlarga sarflar summasi bilan o‘lchash mumkin. Bunda iste’mol xarajatlari, yalpi investitsiya va sof eksport qo‘shiladi.


Download 13,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   405




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish