5. Agar iste’mol baholari indeksi o’tgan davrga nisbatan o’sgan bo’lsa, unda YAIM deflyatori:
a) o’sadi; b) kamayadi; v) o’zgarmaydi;
g) ko’payishi, kamayishi yoki o’zgarmasligi mumkin.
6. 1997 yilda 1992 yilga nisbatan iste’mol narxlar indeksi 500% ni, 1996 yilda esa 1992 yilga nisbatan 400% ni tashkil etdi. 1997 yildagi inflyatsiya sur’atini aniqlang.
a)25%; b)400%;
v) 20%; g)100%.
7. Agar nominal daromad 5% ga , baho darajasi esa 10% oshsa, u holda real daromad:
a)2% ga oshadi; b)5% oshadi;
v)2% ga kamayadi; g) 5% ga kamayadi.
8. Nominal foiz stavka 20% ga teng, inflyatsiya darajasi yiliga 15% ga teng bo’lganda, real foiz stavka nimaga teng bo’ladi?
a)5%; b)75%;
v)35%; g) 10%.
9. Agarda potensial mahsulot ishlab chiqarish 550, xaqikiy ishlab chiqarish esa 500 ga teng bo’lsa, unda YAMMdagi uzilish yoki orqada qolish nimaga teng?
a) 9%; b)5%;
v) 10%; g)1,1%.
Do'stlaringiz bilan baham: |