Nazorat uchun test savollari:
1.Tranfert to’lovlar, bu:
a) mahsulot va xizmatlarga uy xo’jaliklari tomonidan to’lovlar;
b)hukumat tomonidan alohida shaxslarga to’lanadigan to’lovlar;
v)milliy daromadga qo’shillmaydigan daromad turi;
g)hamma javoblar noto’g’ri.
2.Quyidagilarning qaysi biri yalpi ichki mahsulot tarkibiga kiradi?
a) uy bekasining xizmatlari;
b) qo’shnidan sotib olingan eski mashina bahosi;
v) brokerdan sotib olingan yangi aksiya qiymati;
g) do’kondagi yangi kitoblarning narxi.
3.Agar milliy daromaddan korporatsiya foydasidan olinadigan soliqni, taqsimlanmagan foydani hamda ijtimoiy sug’urta to’lovlarini ayirsak, so’ngra sof transfert to’lovlarini yuqoridagilarga qo’shilsa, olingan mikdor teng bo’ladi:
a) shaxsiy daromadga; b) amortizatsiyaga;
v) yalpi ichki mahsulotga; g) sof ichki mahsulotga.
Do'stlaringiz bilan baham: |