12.3. Iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi omillar.
12.4. Ishlab chiqarish fondlari va mehnat resurslarini prognozlash.
12.5. Respublikada barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish imkoniyatlari
12.1. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi, uning turlari va prognozlashda ishlatiladigan modellar.
Iqtisodiy o‘sish tushunchasining mohiyati ishlab chiqarish hajmining kengayishi, mahsulot ishlab chikarish hajmining o‘sishi va milliy daromadning ko‘payishi bilan ifodalanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarishning rivojlanishi va funksionallashtirish qonuniyatidir. Shu bilan bir qatorda bozor iqtisosodiyotida, jamiyat talabini to‘la to‘kis kondira oladigan va ishlab chiqarish kuchlari yuqori darajada rivojlangan, bilimlar asosida iqtisodiyotni boshqarish natijasida iqtisodiy o‘sishga erishish talab qilinadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish va prognozlash nazariy va amaliy jihatdan 2 xil bo‘ladi: moddiy, omilli va narxli; milliy daromadni iste’molga va jamg‘arishga taqsimlanish nuqtai nazardan. Ishlab chiqarishni bunday tashkil etilishi iqtisodiy o‘sishga olib keladi, u mamlakat iqtisodiyoti darajasida milliy daromadlar ko‘rinishida yoki yakuniy yalpi mahsulot ko‘rinishida ko‘rib chiqish qulay bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiy darajalarinig umumiy sifatidan kelib chiqib iqtisodiy o‘sish ko‘rsatgichlari quyidagilarga bo‘linadi:
u ko‘rsatgichlarni o‘zaro bog‘liqligini va ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishni ko‘rsatib beradi;
korxonalar faoliyati va tarmoqlarning ob’ektiv va subektiv farqini ko‘rsatib, ularni butun xo‘jalik mexanizmini bir qismi sifatida ko‘rib chiqadi;
Iqtisodiyotni oldingi, hozirgi va kelajakdagi holatlaridan kelib chiqib iqtisodiy o‘sishni prognozlashtirish va kelajak uchun istiqbolli dasturlarni tuzish mumkin. Quydagi rasmda iqtisodiy o‘sishning mantiqiy modeli keltirilgan bo‘lib, u ishlab chiqarish omillarini yakuniy natijalar bilan bog‘laydi.
Mantiqiy modeldan ko‘rinib turibdiki bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘sish jarayoni qonuniyatlarini shakllantirish va iqtisodiy-matematik modelini yaratish, va model yordamida iqtisodiyot ob’ektlarini prognozlashtirish mumkin. YAratiladigan modelning turi, iqtisodiy o‘sishning talablari, unga ta’sir etuvchi omillari va ularning o‘zaro aloqadorligiga bog‘liq.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini bir maromda o‘sishi ishchi kuchi va ishlab chiqarish jihozlariga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin, chunki ular o‘zaro o‘rin bosuvchi omillar bo‘lib hisoblanadi. Lekin har bir omilning talab qilinadigin me’yorlari mavjudki, ushbu me’yor bajarilmaganda nafaqat iqtisodiy o‘sish bo‘lmasligi, balki umuman ishlab chiqarish jarayonini to‘xtashiga olib kelishi mumkin. Ushbu bog‘liqlik darajasidan va yakuniy mahsulot hajmining o‘sish ko‘rsatgichi orqali, ishlab chiqarishni kengayishi va iqtisodiy o‘sishning turi aniqlanadi.
Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy o‘sishning yuzaga kelishi shakllari izohida ikki asosiy yondashuv mavjud. Ulardan keng tarqalgani iqtisodiy o‘sishni YAIM (MD) real hajmi o‘sish sur’ati yoki bu ko‘rsatkichlarni aholi ehtiyoji hisobida oshirish sur’ati bilan o‘lchanadigan aniq vaqtda milliy iqtisodiyot rivojlanishining jami harakteristikasi bilan tushunish hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sishni hisoblash u yoki bu uslubni qo‘llash zarurati odatda tadqiqot masalalari bilan bog‘liq. Iqtisodiy o‘sishni hisoblashning birinchi usuli, qoidaga ko‘ra, mamlakatning iqtisodiy salohiyati kengayish sur’atlarini baholashda qo‘llaniladi, ikkinchisidan esa aholining qulay sharoiti dinamikasi tahlilida yoki turli xududlar va mamlakatlarning hayotiylik darajasini solishtirishda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda o‘sish nazariyasida ikkinchi hisoblash usuli afzal deb qaraladi.
Iste’mol resurslarga
Ishlab chiqarish resurslariga (investitsiya)
Tabiiy resurslarga
Do'stlaringiz bilan baham: |