93
komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning o’zgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan
biridir.
“Haqiqiy investitsiyalar
rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar miqdorini
o’z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy zahiralariga (TMZ)
investitsiyalardagi kutilmagan o’zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar
tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg’arma va investitsiyalar miqdorining o’zaro bir-biriga
mos kelishiga olib keladi va makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlaydi”
7
.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo’jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyoning mahsulot
va xizmatlarni sotib olishga mo’ljallagan xarajatlari kiradi. Firmalar tomonidan ishlab
chiqarilgan mahsulotlarni sotishdagi kutilmagan o’zgarishlar tovar moddiy zahirasiga
rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishga olib kelsa, haqiqiy xarajatlar rejalashtirilgan
xarajatlardan farq qiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funksiyasi
:E=S+ I +G+Xp
ko’rinishiga ega. Dekmak uning
grafigi iste’mol funksiyasi (S=a+ v (U-T) ) grafigiga nisbatan I+G+Xp miqdorda yuqoriga
surilgan bo’ladi. Keltirilgan Xp -sof eksport bo’lib, uning funksiyasi esa quyidagi ko’rinishga
ega:
Xp = g - m’Y
Bu yerda :g – avtonom sof eksport;
m’ - importga chegaralangan moyillik; Y – daromad.
Importga chegaralangan moyillikimport xarajatlaridagi o’zgarish miqdorini bunga sabab
bo’lgang’ daromadlardagi o’zgarish miqdoriga bo’lib topiladi.
m’ = ΔM / ΔY;
Bu yerda: ΔM - importga xarajatlarning o’zgarishi;
ΔY - daromadlarning o’zgarishi.
Yalpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi. CHunki, bunda iste’molchilar va
investorlar ham milliy ham import mahsulotlarga bo’lgan xarajatlari miqdorini oshiradilar. Ayni
paytda mamlakatning eksporti hajmi shu mamlakatdagi Yalpi daromadlar (Y) miqdoriga
bevosita bog’liq bo’lmaydi, balki tovar olib chiqib ketayotgan mamlakatning Yalpi daromadlari
o’zgarishiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham mamlakatdagi Yalpi daromadlar (Y) o’zgarishi
bilan sof eksport (Xp) o’rtasidagi bog’liqlik salbiydir va sof eksport funksiyasida minus ishorasi
bilan belgilanadi. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko’rib chiqish jarayonini
soddalashtirish uchun sof eksport miqdori Yalpi daromadlar (Y) o’zgarishiga bog’liq emas deb
olinadi. Shuning uchun sof eksport to’lig’icha avtonom xarajatlar miqdoriga qo’shiladi, ya’ni
avtonom xarajatlar (a + I + G +Xp) yig’indiga teng deb olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: