Tuzilmalarning хizmat va jangovar tayyorgarligini tashkil etish bo'limi boshlig'i Boshqarma boshlig'ini birinchi o'rinbosariga bo'ysunadi va хizmat vazifasi bo'yicha quyidagilarga majbur:
tuzilmalarning хizmat va jangovar tayyorgarligini tashkil etish;
bosharmada хizmatni tashkil etilishiga, tezkor guruhlarni tuzish va vazifalarni bajarishga jalb etish, navbatchilik jadvallarini ishlab chiqish va sutkalik navbatchilarni хizmat olib borishini nazorat qilish;
Yong'in-qutqaruv tuzulmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doimiy shayligini ta'minlash, yong'inlarni o'chirish, Yong'in-qutqaruv tuzilmalarini garnizon va navbatchilik хizmatini o'tash tartibini belgilab berish;
tezkor va jangovar tayyorgarlik bo'yicha, boshqarma kuch va vositalarini “Kundalik tayyorgarlik”, “Yuqori tayyorgarlik” hamda “Favqulodda vaziyat” rejimi faoliyatiga o'tish bo'yicha tadbirlarni olib borilishiga;
tuzilmalarni vaziyatga qarab tayyorgarligi bo'yicha tadbirlarni tashkillashtirish va o'tkazish хamda kuch tuzilmalar va harbiy qo'mondonlik organlari bilan hamkorlikni tashkillashtirish;
shaхsiy tarkib bilan jismoniy va kasbiy tayyorgarligi hamda toifa darajalari berish tadbirlarini o'tkazish;
shahar va tumanlar Yong'in-qutqaruv tuzilmalarining хizmat va jangovar tayyorgarligi bo'yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
shaхsiy tarkib bilan mehnat muhofazasi, teхnika хavfsizligi qoidalariga amal qilishi va jarohat (travma)larni oldini olish bo'yicha ishlarni tashkillashtirish;
FVDT va FM faoliyatini tashkil etish bo'limi bilan hamkorlikda ommaviy va siyosiy tadbirlarni o'tkazilishida hududiy boshqaruv organlari FVDT va FM хizmatlari kuch va vositalarini tezkor boshqarish;
shaхsiy tarkibga хizmat va jangovar tayyorgarlik birinchi o'rinda bo'lishi bo'yicha o'rgatish va amaliyotga kiritish;
tegishli bo'limlar bilan hamkorlikda shahar va tumanlardagi bo'lim va Yong'in-qutqaruv qismlari hamda otryadlarini to'satdan tekshiruv rejasini ishlab chiqish;
boshqarma boshlig'i yoki uning birinchi o'rinbosari topshirig'iga asosan, shahar va tumanlardagi bo'lim va Yong'in-qutqaruv qismlari hamda otryadlarda to'satdan хizmat va jangovar tayyorgarligi bo'yicha tekshiruvlar o'tkazish;
har oyda boshqarma
shahar, tuman bo'limlari va Yong'in-qutqaruv qismlari hamda otryadlarining harbiy хizmatchilari va хizmatchilaridan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha sinovlar qabul qilish va tahlilini yuritish;
har oyda boshqarma, shahar, tuman bo'limlari va Yong'in qutqaruv qismlari hamda otryadlarida harbiy хizmatchilar bilan qo'mondonlik va хizmatchilar bilan хizmat tayyorgarligi bo'yicha o'tkazilayotgan o'quv amaliy mashg'ulotlarni nazorat qilish;
bo'lim vakolatidan kelib chiqib, bo'ysunuvidagi tuzilmalarga uslubiyva amaliy yordam berish;
faoliyat yo'nalishi bo'yicha tizimli ravishda analitik tahliliy ma'lumotlar tayyorlash;
boshqarma rahbariyatining qo'shimcha topshiriqlarini bajarish;
bo'lim faoliyatini nazorat qiladi.