Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini tashkil qilish shakllari



Download 37,5 Kb.
Sana24.06.2022
Hajmi37,5 Kb.
#699203
Bog'liq
G\'ulomjon maqola


Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini tashkil qilish shakllari
Jismoniy tarbiya tizimining asosiy tamoyili jismoniy madaniyat va sportning kishilar mehnati va mudofaa faoliyati bilan aloqasi hisoblanadi. Amaliyotda jismoniy madaniyat va sportdan mehnatni ilmiy tashkil qilishda (MIT), kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik (KAJT) va harbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik (HÀJT) deb ataladigan shakllardan foydalaniladi.
Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan:
— o‘quvchilarning mehnat operatsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun ularga zarur jismoniy sifatlar to‘g‘risida, kasb haqida amaliy bilimlarni o‘rgatish;
— o‘quvchilarda bo‘lajak mutaxassislikning ishlab chiqarish mehnatiga ta’sir ko‘rsatadigan harakat, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
— ularda jismoniy va ruhiy sifatlarni tarbiyalashga, mehnat operatsiyalarini hamda kasbni tez o‘zlashtirishga ta’sir ko‘rsatish;
— ishlab chiqarishda toliqishning oldini olish, kuchlarni tez va to‘liq tiklash uchun faol dam olish vositalaridan foydalanishga o‘rgatish;
hayot faoliyati, mehnat operatsiyasi jarayonida kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikni oshira borib, ishlayotganlar o‘rtasida ishlab chiqarish shikastlanishining oldini olish.
O‘rta maxsus o‘quv muassasalarining jismoniy tarbiya dasturida o‘quvchilarni KAJTning nazariy asoslari bilan tanishtirish ko‘zda tutilgan. Chunonchi, ularni ayrim kasbiy-amaliy jismoniy mashqlarga o‘rgatish, asosiy jismoniy sifatlarni o‘zida tarbiyalash hamda ularni kasbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha oddiy musobaqalarda qatnashishga tayyorlash shular jumlasidandir.
KAJTning vazifalarini tushunishda kerakli bilim, ko‘nikma va malakani egallash, ularni amaliyotda samarali qo‘llash, mutaxassislarning mehnat sharoitlarini oqilona tahlil qilish, ularning jismoniy tayyorgarligiga bo‘lgan talablarini o‘rganish muhim hisoblanadi.
O‘quvchi va ishlovchilarning KAJT vazifalarini hal qilish uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.
Nazariy mashg‘ulotlar suhbatlar, turli mavzuga doir kechalar va adabiy manbalarni mustaqil o‘rganish shaklida o‘tkaziladi. Tegishli kasb mutaxassislarining mehnat sharoiti o‘rganiladi, ularning psixofiziologik tayyorgarligiga ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasining roli, shuningdek, ishlovchilarga KAJTning ijobiy ta’siri tushuntiriladi va muayyan talablar qo‘yiladi. Mutaxassis uchun kasbiy muhim bo‘lgan jismoniy sifatlarga alohida e’tibor qaratiladi.
Amaliy mashg‘ulotlar har xil shakllarda o‘tkaziladi: KAJT bo‘yicha maxsus o‘quv mashg‘ulotlari, kasbiy-amaliy maqsad qo‘yilgan ommaviy sport tadbirlari; kasbiy-amaliy jismoniy mashqlar va maxsus-amaliy sport turlari, individual mustaqil mashg‘ulotlar kasb xususiyatlariga moslashtirilgan holda ishlab chiqarish gimnastikasi (badantarbiya pauzalari) tashkil qilinadi.
KAJB bo‘yicha maxsus o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilar ko‘nikma va malakalar hosil qiladilar, kasbga doir zarur jismoniy sifatlarni takomillashtiradilar. Masalan, qishloq xo‘jaligi kollejlarida o‘quvchilar otni parvarish qilishga o‘rgatiladi va ularda otda yurish malakasi hosil qilinadi. Bir qator kollejlarda KAJT bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari uchun maxsus maydon yoki shaharchalar, maxsus trenajor qurilmalari bilan jihozlangan zallar qurilgan. Masalan, qurilish kollejlarida, balandlikda ishlaydigan montajchilar tayyorlashda ularga mo‘ljallab muvozanat saqlashni o‘rgatish maqsadida yotqizilgan to‘sinli inshoot o‘rnatiladi. Osma tebranib turadigan sport snaryadlari keng qo‘llanadi.
O‘quvchilarning KAJT individual dasturida mashg‘ulotning maqsadi aniq ifodalanadi, qulay vositalar belgilanadi. Bunday vositalar maxsus amaliy sport turlarining alohida unsurlari, buyumlarsiz jismoniy mashqlar, buyumlar, espanderlar, trenajor va boshqalar bilan bajarilishi, shuningdek, ularga suv va chiniqish muolajalarini ham kiritish mumkin. Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik ko‘nikma va malakasini tezroq egallash maqsadida yaqin sport inshootida, istirohat bog‘ida, o‘rmonlarda mustaqil ravishda shug‘ullanish ham yordam beradi.
Demak, mehnatni ilmiy tashkil qilish bo‘lajak xalq xo‘jaligi mutaxassislari oldiga muhim vazifalarni qo‘yadi: kasbiy bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni tez va mustahkam o‘zlashtirish; kelajakdagi mehnatga tayyorgarlikni yanada oshirish; kasbiy zarur jismoniy va axloqiy sifatlarni oshirish; barcha a’zolarni chiniqtirish — organizmni issiq va sovuqqa, ayrim mehnat sharoitiga xos bo‘lgan zararli ta’sirlarga qarshiligini oshirish. Bu vazifalar sizning qiziqishingiz va faol qatnashishingiz, jismoniy tarbiyaga, va xususan, KAJTga ongli munosabatda bo‘lganingizdagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. Siz o‘qishni tugatib egallagan kasbingiz bo‘yicha ishga kelasiz. Qo‘yilgan vazifalarni hal qilishda sizga jismoniy tarbiya sohasida olgan bilim, ko‘nikma va malakalaringiz yordam beradi.
Download 37,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish