yil (1979-1991) ichida Xitoy dehqonlarining toza daromadi odam boshiga 5,3 barobar oshdi, o‘rtacha yillik o‘sish 14 foizni tashkil qildi. Ba'zi yillarda o‘sish 19-21%gacha ko‘tarildi
13 yil (1979-1991) ichida Xitoy dehqonlarining toza daromadi odam boshiga 5,3 barobar oshdi, o‘rtacha yillik o‘sish 14 foizni tashkil qildi. Ba'zi yillarda o‘sish 19-21%gacha ko‘tarildi.
13 yil (1979-1991) ichida Xitoy dehqonlarining toza daromadi odam boshiga 5,3 barobar oshdi, o‘rtacha yillik o‘sish 14 foizni tashkil qildi. Ba'zi yillarda o‘sish 19-21%gacha ko‘tarildi.
Umuman olganda, Xitoy qishloqlarida o‘tkazilgan islohot kichik xo‘jaliklarni har tomonlama rivojlantirish zamirida ulkan salohiyat borligining yorqin namunasidir. Biz o‘rganayotgan holatda, agrar sohasi islohoti boshqa barcha sohalarning rivojiga xizmat qildi, Xitoyning og‘ir kunlarida siyosiy va ijtimoiy barqarorlikni ta'minladi.
2004 yilga kelib Xitoy qishloqlarida 22 milliondan oshiq korxonalar yuzaga keldi, 138 mln odam bu korxonalarda ish bilan band bo‘ldi.
1978 yildan e'tiboran Xitoyning ichki yalpi mahsuloti o‘rta hisobda yiliga 9,6 foizga o‘sdi. Bu har 7,5 yilda ikki barobar ko‘payish degani.
Xitoy qishloqlari islohoti – biz uchun qanday dars?
Xitoydagi qishloq xo‘jaligi islohoti mukammal bo‘lmagan – bir qancha juz'iy kamchiliklari bo‘lgan va hozir ham yo‘q emas. Zero, mazkur islohotlar kommunistik g‘oya tamoyillari bilan murosa qilishni doim taqozo etib kelgan va kelyapti.
Biroq bu islohotlardan olinadigan muhim xulosalar bor va aynan shu xulosalarni anglash, sanab o‘tish bizning joriy holatimiz uchun muhim.
Lo‘nda qilib aytadigan bo‘lsak, Xitoy qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan birgina tuzatish (shunchaki jamoa bo‘lib ishlatilgan yerlar oilalarga bo‘lib berildi) ulkan o‘zgarishlarni keltirib chiqardi – «zanjirli reaksiya»ni paydo qildi.
Moddiy manfaatdorlik qancha ko‘p bo‘lsa, ishlar shuncha yaxshi bo‘lishini kuzatgan Xitoy rahbariyati tajribani iqtisodiyotning sanoat sohasiga ham tatbiq etdi va bunda hatto g‘oyaviy «cheklovlar»ga qarab o‘tirishmadi — yo‘llarni (imkoniyatlarni) ochib berishdi. Oqibatda Xitoyda millionlab xususiy korxonalar vujudga keldi!
Qishloqlarning iqtisodiy faollashuvi shaharni ham «tortib ketdi» – shaharlarda sanoat rivojlandi.
Ko‘ryapmizki, Xitoy rahbariyati vaziyatni to‘g‘ri baholadi. Kompartiya rahbarlari ichida turli qarashdagi kishilar o‘rtasida tortishuv bo‘lganiga, yakdillik bo‘lmaganiga qaramay, to‘g‘ri o‘zgarishlar qilishga qaror qilindi.