Kichkinagina Syaogang qishlog‘i tajribasi dastlab Xitoyning bir viloyatida sinab ko‘rilib, yaxshi natijaga guvoh bo‘lingandan keyin uni butun Xitoy miqyosida qo‘llashga kirishiladi. Ortiqcha shovqin ko‘tarmasdan 180 million oilaga avvalida 1-3 yilga, keyin 50 yil va undan uzoq muddatga ijaraga yer ajratib beriladi. Bunaqa islohotga qarshi bo‘lgan mahalliy rahbarlar esa ishdan olindi. Chunki 180 million oila iqtisodiy faol qatlamga aylanayotgan edi. Aynan shu omil barchasidan yuqori qo‘yildi. Xalqqa bu islohot ma'qul keldi, chunki u voqelikka mos edi. - Kichkinagina Syaogang qishlog‘i tajribasi dastlab Xitoyning bir viloyatida sinab ko‘rilib, yaxshi natijaga guvoh bo‘lingandan keyin uni butun Xitoy miqyosida qo‘llashga kirishiladi. Ortiqcha shovqin ko‘tarmasdan 180 million oilaga avvalida 1-3 yilga, keyin 50 yil va undan uzoq muddatga ijaraga yer ajratib beriladi. Bunaqa islohotga qarshi bo‘lgan mahalliy rahbarlar esa ishdan olindi. Chunki 180 million oila iqtisodiy faol qatlamga aylanayotgan edi. Aynan shu omil barchasidan yuqori qo‘yildi. Xalqqa bu islohot ma'qul keldi, chunki u voqelikka mos edi.
- Saldan keyin «dehqon xo‘jaliklari mas'uliyati siyosati» deb nom olgan tadbirlar amalga oshirildi. Bu tadbirlar doirasida dehqonlar o‘zi yetishtirgan mahsulotning bir qismini erkin narxda sotishi mumkin qilindi. Qishloqlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorlari vujudga keldi. Biroq bu boshlanishi edi.
- 1981 yilga kelib, 98 foiz ekin yerlari dehqon oilalari tasarrufida edi. Xitoy Konstitutsiyasida fuqarolarning xususiy mulkchilik huquqlari biriktirildi, bu ham qishloqlarda xususiy tashabbusni qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘ldi.
- Dehqonlar o‘z manfaatlarini ko‘zlab, o‘z ixtiyorlari bilan (yuqoridan buyruq bo‘lgani uchun emas), kichik kooperativlarga, keyin esa assotsiatsiyalarga va katta kooperativlarga birlasha boshlashdi. 1985 yilda Xitoy o‘zining ko‘p sonli aholisini to‘yg‘azib, don eksport qila boshladi. Xitoy rahbari Den Syaopin «Birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi» degan siyosatni e'lon qildi.
- Xitoy qishloq xo‘jaligini isloh etishda erishilgan yaxshi natija keyinchalik hukumatni boshqa sohalarni ham shu yo‘sinda isloh qilishga undadi.
- Aynan qishloq xo‘jaligida manfaatdorlikni oshirish, ma'muriy boshqaruvni kamaytirish, erkinlashtirish orqali erishilgan yaxshi natijalar boshqa sohalarni ham aynan shu yo‘sinda isloh qilish kerak, degan xulosani o‘rtaga chiqardi. Hayotning o‘zi tuhfa etgan xulosaga quloq tutildi.
- «Dehqon xo‘jaliklari mas'uliyati siyosati»ga uyqash «sanoat mas'uliyati siyosati» e'lon qilindi. 1992 yilga kelib esa Xitoyda barcha korxonalar xo‘jalik hisobiga o‘tkazildi. Natijada atigi 5 yil ichida xususiy sanoat korxonalari soni 100 mingdan 5,8 millionga yetdi... Xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma korxonalar tashkil qilish mumkin bo‘ldi.
- Biroq, bularning hammasiga qishloq xo‘jaligi islohoti omil bo‘ldi. Xitoy dehqonlari boyigani sayin o‘z ehtiyojlari uchun moddiy-texnika resurslarini, sanoat mollarini sotib ola boshlashdi. Sanoat mollariga talab orta boshladi va bu sanoat rivojiga start berdi. Xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ko‘paygani qayta ishlash sanoati rivojini ta'minladi – «zanjir» ishga tushdi.
- Qishloq xo‘jaligida o‘tkazilgan islohot natijasida mamlakatning umumiy iqtisodiy holati yaxshilandi, narxlar pastladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |