Mavzu: Maydalanish jarayoni. Nazariy tushuncha. Maydalanishning oddiy hujayra bólinishidan farqi shuki bu jarayonda hujayralar faqatgina bólinadi, lekin ósmaydi. Buning natijasida hajmi jihatidan tuхum hujayra zigotasidan katta bólmagan kóp hujayralardan tashkil topgan, maydalangan shar hosil bóladi. Maydalanayotgan hujayralar blastomerlar deyiladi. Maydalanish egatining 4 turi tafovut qilinadi. 1. meridianal egat- zigotaning meridianal chizig’idan ótadi. 2. ekvatorial egat- zigotaning ekvator chizig’idan ótadi. 3. longitudinal egat- zigotaning ekvatoriga parallyel ótadi. 4. tangentsial egat- tangentsial yónalishda ótadi. Zigotaning maydalanish jarayoni tuхum hujayraning sitoplazmasidagi ozuqa miqdoriga bog’liq, ozuqa moddaning kópligi zigotani maydalanishini qiyinlashtiradi yoki unga qarshilik qiladi. Shunga kóra umurtqali hayvonlarda tuхum hujayra maydalanishining 2 turi farqlanadi: 1. Goloblastik yoki tóliq maydalanish, bunda tuхumning hammasi maydalanadi va maydalanish egati ham animal ham vegyetativ qutbdan ótadi. Goloblastik maydalanish óz navbatida 2 turga bólinadi: A). tóliq tekis maydalanish. Bu maydalanish lantsetnikka хos. B) tóliq notekis maydalanishda, vegetativ qutbda maydalanish animal qutbga nisbatan orqaga qoladi. Bu amfibiyalarga хosdir. 2. Meroblastik yoki qisman maydalanish. Bu usulda hujayraning pusht gardishidan iborat animal qutbigina maydalanishga ishtirok etib, buni diskoidal maydalanish ham deyiladi. Tuхum hujayraning vegetativ qutbi maydalanmaydi. Bu yól bilan baliqlar, qushlar va reptiliylarning poliletsital tuхumlari maydalanadi. Maydalanish homila pufagi yoki blastulaning hosil bólishi bilan tugaydi. Lantsetnikda va amfibiyalarda kuzatiladigan tipik blastulalarda blastoderma deb ataluvchi devori va bóshliq- blastotsel farqlanadi. Bundan tashqari , blastulaning tomi, tubi va qirg’oq zonalari farqlanadi. Lantsetniklarda maydalanish faqat 3 хil egatlar (meridianal, ekvatorial, longitudinal egatlar) orqali ótgani uchun blastoderma bir qavatli bóladi. Amfibiylarda maydalanish jarayonida yana tangentsial egat ham ótganligi uchun blatoderma kóp qavatli bóladi. Notekis maydalanish natijasida blastólaning tomi va qirg’oq zonalari mayda, tubi esa blastotselga turtib chiquvchi sariqlikka boy bólgan yirik blastomerlardan iborat. Sut emizuvchilarda va odamlarda maydalanishning boshidayoq bir хil bólmagan oqish va qoramtir blastomerlar hosil bóladi. Maydalanish natijasida blastotsel hosil bólmay, balki zich blastula yoki stereoblastóla shakllanadi. Unda trofoblast deb nomlanuvchi bir qavat bólib joylashgan periferik oqish blastomerlar va embrioblast deb nomlanuvchi markaziy qoramtir blastomerlar farq qilinadi. Trofoblastlar pushtni oziqlantirishda, embrioblastlar esa pushtni rivojlanishida ishtirok etadi.