Tutqich bermas graviton



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana14.04.2022
Hajmi0,51 Mb.
#549822
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tutqich bermas graviton

q
=0 bo‘lib, uning massasi qanchalik katta
bo‘lmasin, 
q
/
m
nisbat baribir 0 ga teng chiqaverardi. Unda, biz ko‘rayotgan elektromagnit va gravitatsiya kuchlari nisbati, ya'ni, 
F
e
/
F

=0
bo‘lib qoladi. Ma'lumingizkim, gravitatsiya nolga teng bo‘lishi mumkin emas. Bunday bo‘lishi, obyektning umuman massaga ega
bo‘lmasligini taqozo etadi. Shu sababli, neytral zaryadli obyektlar misolida olib qarasak, gravitatsiya kuchi elektromagnit kuchdan ko‘ra
katta bo‘laveradi (chunki, bu misolda elektromagnit kuchning o‘zi yo‘q, yoki, u 0 ga teng). Demak, neytral zarrali obyektlar bilan tajriba,
bizning gravitatsiya va elektromagnit kuchlarni taqqoslash mulohazamiz uchun yaramaydi. Shu sababdan, bu mulohazaning qizig‘i
ham qolmaydi.
Qizig‘i shundaki, yuqorida aytilganlar, siz bilan bizni o‘rab turgan real jismlar, jumladan Yer va Quyosh uchun ham o‘rinlidir. Haqiqatan
ham, Quyosh va Yerning elektr zaryadlari yig‘indisi nolga teng bo‘ladi va shu sababli, Yer orbitasini hisoblashda butun e'tiborni
gravitatsiya kuchiga qaratish kifoya qiladi.
Keling endi, maksimal zaryadga ega obyektlarni misol qilib, mulohazani yangidan boshlaymiz.
Modomiki biz zaryadni maksimal qilib olmoqchi ekanmiz, unda, obyekt tarkibidagi neytral zarralardan voz kechmishimizga to‘g‘ri keladi.
Chunki, ushbu neytral zarralar massani ortishiga o‘z hissasini qo‘shgani bilan, uning zaryadning ortishiga hech qanaqa ta'sir
ko‘rsatmaydi. Bu esa, nisbat formulasida massa tomonidan zaryadga nisbatan qo‘llangan g‘irromlikka aylanadi. Boz ustiga, biz
qarayotgan obyekt teng sondagi musbat va manfiy zaryadlangan zarralardan tashkil topgan bo‘lishi ham mumkin emas. Chunki, bunda
qarama-qarshi ishorali zaryadlar bir-birini o‘zaro neytrallab yuboradi va yana massa g‘olib chiqaverardi. Shu sababli, nisbat formulasida
adolat qaror topishi uchun, biz tekshirmoqchi bo‘lgan obyektlarning biri faqat bir musbat, ikkinchisi esa faqat manfiy zaryad ishorasiga
ega subatom zarralardan tashkil topgan deb olishimiz zarur bo‘ladi.
Bu o‘rinda, yana bir muhim jihatga e'tibor qaratish lozim. Garchi, zaryadga ega bo‘lgan zarralarning har biri bir xil qiymatdagi (yoki −1,
yoki +1) zaryad tutsa hamki, biroq, ularning massasi turlicha bo‘lishi mumkin. Bizga massasi eng kichik bo‘lgan zaryadlangan
zarralardan tashkil topgan obyektlar zarur bo‘ladi. Shunda, imkon qadar kichik massada imkon qadar katta zaryad yig‘ishga muvaffaq
bo‘lamiz va 
q
/
m
ning qiymati ham eng katta bo‘ladi.
Fizikadan ma'lumki, massasi eng kichik bo‘lgan manfiy zaryadli zarracha bu - elektrondir. Massasi eng kichik musbat zaryadli zarra esa
pozitrondir. Ushbu zarralar uchun 
q
/
m
nisbati, boshqa istalgan zarralar uchun olingan nisbatdan katta bo‘ladi.
Endi, shartlarni aniqlab, vaziyatni oydinlashtirib oldik. Tasavvurimizdagi misol uchun, birinchisi faqat elektronlardan va ikkinchisi faqat
pozitronlardan tarkib topgan ikkita obyekt olamiz. Ushbu obyektlarni tashkil qiluvchi elektron va pozitronlarning umumiy soni teng. Ular


11.03.2022, 09:08
Tutqich bermas graviton
https://www.orbita.uz/index.php?view=article&catid=69%3Aqiziqarli-fizika&id=792%3Atutqich-bermas-graviton&tmpl=component&print=1&layout=… 4/6
orasida muayyan qiymatga ega elektromagnit kuch va yana qandaydir kattalikdagi gravitatsiya ta'sir qiladi.
Agar, birinchi obyektdagi elektronlar sonini 3 marta ko‘paytirsak va shunga muvofiq, ikkinchi obyektdagi pozitronlar soni ham 3 martaga
ko‘paytirilsa, unda, elektromagnit kuch qiymati ham 3×3=9 marta ortadi. Lekin bunda, har ikkala obyektning umumiy massasi ham
shuncha marta ortadi va gravitatsiya ham 3
×3=9 marta ko‘payadi. Qarabsizki, har ikkala kuch ham teng miqdorda ortmoqda va
demakki, proporsionallik saqlanaveradi.
Basharti, bizni faqat elektromagnit va gravitatsiya kuchlarining o‘zaro nisbati qiziqtirayotgan ekan, ushbu nisbat esa o‘z navbatida
o‘zgarishsiz qolaverishi vajidan, obyektlardagi elektron va pozitronlarning ham sonining ahamiyati qolmaydi. o‘z-o‘zimizni murakkab
hisob-kitoblar bilan qiynamaslik uchun, har ikkala obyektni atiga bitta elektron va pozitrondan iborat deb olish ham biz qarayotgan
masalaning mohiyatiga zig‘ircha ta'sir o‘tkazmaydi.
Demak, biz bir-biridan 1 sm masofada turgan bir dona elektron va pozitronlarni qaraymiz. Aynan shu sistema, bizga elektromagnit va
gravitatsiya kuchlarining bir-biriga nisbatining maksimal qiymatini beradi.
Shunisi qiziqki, elektron va pozitronni massasi teng. Agar grammlarda ifodalansa, elektronning ham, pozitronning ham massasi
9,1·10
−28
grammga teng bo‘ladi (agar sizga yanada yaqqol tasavvur kerak bo‘lsa, unda elektronning massasi
0,00000000000000000000000000091 gramm deb tushuning, pozitron ham aynan shunday massaga ega).
Elektronning elektr zaryadi ham pozitronning elektr zaryadiga teng bo‘lib, ularning faqat ishoralari turlichadir. Biz qo‘llayotgan
elektrostatik birliklarda elektron va pozitronning elektr zaryadlari 4,8·10
−10
ga teng (0,00000000048)
Zaryadning qiymatini massaning qiymatiga bo‘lsak, 5,3·10
17
, yoki, 530000000000000000 soni kelib chiqadi.
Biroq, yodingizda bo‘lsa, formula F
e
/F
g
=(

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish