Qog‘ozli tut (Vroussonetia) turkumi. Bu turkumning vakillari daraxt o‘simliklardir, ular ikki uyli, ayrim jinsli. Barglari navbat bilan joylashadi, oddiy tuzilgan, butun yoki bo‘lakli. Gullari bir jinsli, changchi gullari oddiy boshoq, urug‘chi gullari sharsimon boshoq hosil qiladi. Mevasi sharsimon to‘p meva bo‘lib, har biri alohida uzun bandli danakchadir.
2.4 Qog‘oz tut daraxti (Vroussonetia papyrifera) yorug‘sevar o‘simlik. U ildizidan bachkilaydi. Yaponiyada va Xitoyda tabiiy tarqalgan bo‘lib, po‘stlog‘ining ichki qavatidan oliy navli qog‘oz tayyorlanadi. Xushmanzara daraxt sifatida shaharlarda ekiladi, Toshkent sharoitlarida yaxshi o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |