50-rasm. Oq tut.
1-urug‘chi gulli novdasi, 2-urug‘chi gullari, 3-changchi gulli novdasi, 4-changchi gullari, 5-bargli novdasi, 6-meva to‘plami, 7-kurtagi, 8-niholi.
2.1 Tut (Morus) turkumi. Oq tut (Morus alba L.) turi tabiiy ravishda Xitoy, Yaponiya Hindiston va Markaziy Osiyo, Кavkazda keng tarqalgan va madaniylashtirilgan.
Balandligi 15 metrgacha bo‘lib, tana diametri 80 sm gacha etadi. 250 yilgacha yashashi aniqlangan. Oq tut aprel may oyida barglar paydo bo‘lishi bilan bir paytda gullaydi. Mevalari shirin, istemolga yaroqli, iyun-iyul oylarida pishib etiladi. Oq tut qalamchalari bilan yaxshi ko‘payadi. Oq tut uzoq o‘tmishda Markaziy Osiyo va Кavkaz aholisi tomonidan madaniylash-tirilgan, ayniqsa, uning marvarid tut, balxi tut nomi bilan xalq seleksiyasi mahsuli bo‘lgan navlari aholi tomonidan ko‘plab ekiladi. Tut mevasi quritilgan holda hamda yangi terilgan holda iste’mol qilinadi, uning tarkibida qand moddasi va S vitamini
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |