VIII sinf O‘zbekiston tarixi (51 soat) – tariximizning XVI asrdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi.
VIII sinf O‘zbekiston tarixi (51 soat) – mamlakatimiz tarixining
XIX asrning ikkinchi yarmidan 1918-yilgacha bo‘lgan davri bilan tanishtiradi.
IX sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) jahon dinlari, globallashuv sharoitida inson ongi va tafakkuri uchun kurash, din niqobidagi terrorchilik harakatlari, ularning maqsad va vazifalarini yorituvchi materiallarni o‘z ichiga oladi.
X sinf O֥‘zbekiton tarixi (34 soat) – mamlakatimizning 1917-yildan
1991-yilgacha bolgan davri voqeliklari bilan tanishish va o‘rganishga bag‘ishlanadi.
XI sinf O‘zbekiston tarixi (34 soat) – 1991-yildan hozirgi kungacha bo‘lgan davrda amalga oshirilgan siyosiy islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotni o‘z ichiga qamrab oladi.
“O‘zbekiston tarixi” o‘quv dasturi asosida fan o‘qituvchisi yillik taqvim-reja ishlab chiqadi va ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Taqvim-reja tuzishda yakuniy nazorat ishlarining to‘g‘ri taqsimlanishining ketma-ketligiga e’tibor qaratish lozim.
Ushbu o‘quv dasturida boblar kesimida mavzularga ajratilgan umumiy soatlar hajmi keltirilgan bo‘lib, ularning taqsimlanishi o‘qituvchi tomonidan ijodiy yondashgan holda amalga oshiriladi. Jumladan, taqvim mavzuiy rejani tuzishda o‘quv dasturida boblarga ajratilgan (mavzularga berilgan) umumiy soat hajmidan chiqmagan holda taqsimlanishi zarur.
Shuningdek, o‘quvchilarning Davlat ta’lim standartini o‘zlashtirish yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida mavzularga ajratilgan soat hajmini 15% gacha o‘zgartirish va metodik kengash yig‘ilishida kelishilgan holda maktab pedagogika kengashida muhokama qilinib tasdiqlanishi maqsadga muvofiqdir.
O‘quv dasturining boshida har bir sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar keltirilgan. Bu o‘z o‘rnida o‘quv yili boshlanishida pedagoglarning harakat strategiyasini belgilab beradi.
Tarix fani chuqur o‘qitiladigan sinflarda mazkur dasturda berilgan mavzular qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanilgan holda kengaytirib o‘qitiladi.
O‘quvchilar tarixiy hodisalarning mazmunini bilishdan tashqari, tarixiy voqealarni bir-biri bilan taqqoslash, mustaqil erkin fikrlashlari, yozma ifodalay olishlari zarur. Shuningdek birlamchi voqealardan ikkinchi darajalisini farqlash hamda ularni ijtimoiy tahlil qilib, xulosalar chiqara olishlari zarur.
Umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilari «Tarix» fanlari bo‘yicha ta’lim oluvchi bitiruvchilar quyidagi malaka talablariga ega bo‘ladilar:
tarixni o‘rganish orqali tarixiy tafakkurni shakllantirish, o‘zlikni anglash, ma’naviy bo‘shliqlarni oldini olish;
o‘z va o‘zga dinlarga nisbatan hurmatni ongli ravishda anglab yetadi;
shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarda sog‘lom-ma’naviy muhitni shakllantiradi nizoli vaziyatlarda o‘zini-o‘zi idora qila oladi;
O‘zbekistondagi demokratik islohotlar va dunyoda kechayotgan ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarga munosabat bildira oladi;
turli ma’naviy tahdidlar va mafkuraviy xurujlarni anglaydi va to‘g‘ri baholay oladi, munosabat bildiradi;
mamlakatimizdagi ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarda ishtirok etish va baholashda faol fuqarolik pozitsiyaga ega bo‘ladi;
Vatan, millat taqdiri uchun ma’suliyat, dahldorlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat hissi shakllanadi va rivojlanadi;
mamlakatimiz tarixi jahon tarixining bir bo‘lagi ekanligini anglash orqali, buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlaridan axloqiy tarbiya va ibrat olishni o‘rganadi.
“Tarix” fani chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining XI sinflarida “O‘zbekiston tarixi” fanidan 0,5 soatdan ko‘proq ya’ni jami 51 soatdan o‘qitiladi. Bunda aynan, shu mavzularni chuqurlashtirib o‘qitish, maktabning o‘quvchilari o‘zlashtirishidan kelib chiqqan holda maktabning metodik kengashida mavzular soatini ko‘paytirish yuzasidan muhokama o‘tkaziladi va pedagogik kengashda tasdiqlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |