Тушунтириш хати



Download 2,49 Mb.
bet27/154
Sana31.12.2021
Hajmi2,49 Mb.
#252968
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   154
Bog'liq
1-kurs majmua jismoni

Tashkiliy madaniyat xulq me’yori, sport tashkiloti rahbariyati foydalanadigan menejment prinsiplari, uning faoliyat mohiyatiga bog’liq. Sport tashkilotida tashkiliy madaniyat va xulq namoyandalari bo‘lib, insonlar (xodim, personal) hisoblanadi.Sport tashkilotlarining ichki muhit tarkibi parametrlari missiya, maqsad va tashkiliy tizim (struktura)dan iborat bo'ladi. Sport tashkiloti mavjudligini aniq belgilovchi sabab, uning missiyasi hisoblanadi. Odatda, maqsad missiyani amalga oshirish maqsadida shakllantiriladi va navbatdagi boshqaruv qarorini qabul qilishga mezon sifatida xizmat qiladi. Missiya tashkilot

huquqiy o ‘rnini (statusini) oydinlashtiradi, har xil boshqaruv ierarxiyalarida maqsad va stragegiyani aniqlashda yo‘nalish va mo’ljalni belgilaydi. Masalan, sport klubining asosiy missiyasi jamiyatning sportchilar tayyorlashdagi ehtiyojini qondirishdan iborat boiishi mumkin. Ushbu missiyani bajarish uchun rahbariyat,eng birinchi navbatda, malakali murabbiylar tarkibini to‘plashi, yuksak klassdagi sportchilarni tayyorlashga sharoit yaratish va ularni tayyorlash jarayonini ta’minlashi lozim.

Missiyani tanlash sport tashkilotining imkoniyatlari, uning zaxiralari va tashqi omillarga bevosita bog‘liqdir. Sport tashkilotlari, ayniqsa, kichik klublar oldidagi xavf haddan tashqari murakkab missiyani tanlashdir. Sport tashkilotlarining boshmaqsadini yuqori rahbarlar belgilashini inobatga olgan holda,ularning shaxs sifatidagi qadriyatlari va maqsadlari missiyani tanlash va shakllantirishga ma’lum ta’sir o'tkazadi. Sport tashkilotlarining umumiy maqsadlari sport jamoalarining missiyasi

va rahbariyat ko‘zlagan ma’lum qadriyatlarga asoslanadi. Ushbu maqsadlar sport tashkilotining yutuqlariga tegishli hissa qo‘sha oladigan darajadagi qator tavsifnoma va qadriyatlarga ega bo‘lishi lozim.

Birinchidan, ular aniq va o‘lchash darajasida bo‘lishi lozim.

Jismoniy tarbiya va sport doirasida ushbu faoliyatning ko‘pgina ko‘rsatkichlari javob beradi: sport turlarining soni va mashqlarning hajmi, mashq jarayonining hajm va sifat tavsifnomasining dinamikasi, sport ko‘rsatkichlari, murabbiylar, sportchilarning moddiy va ijtimoiy ta’minlanganligi va boshqalar. Ikkinchidan, maqsadlar vaqt birligida mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. Ular uzoq muddatli (sportda bu, odatda, 4 yillik muddatni o‘z ichiga oladi), o‘rta muddatli — 1 yildan 4 yilgacha va qisqa muddatli — 1 yilgacha. Uchinchidan, maqsad erisha oladigan darajada bo'lishi lozim, chunki sport tashkilotining samaradorligini oshirilishiga imkon yaratilishi kerak. Sport tashkilotlarining imkoniyat darajasidan yuqori keladigan maqsadlarni ilgari surish kutilmagan noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, sport tashkilotlari (jamoalar), sportchilar oldiga asoslanmagan yuqori reytingni qo‘yilishi, ularning yutuqqa intilishlariga to‘siq bo'lishi mumkin, natijada ularning motivatsiyasi juda ham tushib ketadi.

Odatda, oldindan ochiq ma’lum qilinmaydigan, qator kundalik va jadal (operativ) maqsadlarni hal etmasdan turib, sport tashkilotlarining asosiy maqsadiga erishib bo'lmaydi. Ularning shakllanishi quyidagilarni ko‘zda tutadi: Birinchidan, ularning mujassmlashuvi sport tashkilotining asosiy maqsadini tashkil etishi va ularning birortasi ham so‘ngisiga qarama-qarshi turmasligi lozim; ikkinchidan, kundalik va jadal (operativ) maqsadlarning bir-birlariga o'xshaganligi bilan ularning ba’zilari boshqalariga

nisbatan nizo holatiga o'tishi mumkin; uchinchidan, jadal (operativ) maqsadlarni hal etishga qabul qilingan qarorlar sport tashkilotining mohiyatiga ta ’sir ko‘rsatadi va uni o‘zinikiga o‘xshagan missiyali va maqsadli tashkilotdan tafovutlaydi.Sport tashkiloti o ‘z oldiga qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishi

uchun, u ma’lum darajada tizimlangan bo’lishi, ya’ni har qanday sistemaning ichki shaklini ifodalaydigan tashkiliy tizimga (strukturaga) ega bo’lishi lozim. Elementlari orasida bog‘liqlik o‘rnatilgan, oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun xizmat qiladigan sistema, tashkiliy tizim deb ataladi. Sport tashkilotining tashkiliy tizimini shakllanishidagi hal etuvchi omil mehnat taqsimoti hisoblanadi. Sport tashkilotining tashkiliy tizimi asosan, uning strategiyasi asosida aniqlanadi, vaqt o‘tishi bilan strategiyaning o‘zgarib borishi, o‘z navbatida, tashkiliy tizimning ham o‘zgartirish zaruriyatini tug‘diradi. Hozirgi zamon menejmentida an’anaviy tizimlarga quyidagilar kiradi: ma’muriy, funksional, divizion, loyihali, matritsali, konglomerant, ma’muriy-funksional va boshqalar. Nomlari keltirilgan tashkiliy tizimlarga xos xususiyatlar, jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishda o‘z aksini topgan. Sport menejmenti nazariyasida

tashkilotning yana boshqa tizimlari mavjud. Masalan, ular qatoriga chiziqli tashkiliy tizimni kiritish mumkin, u “rahbar va ijrochi” munosabatlariga asoslangan. Yana funksional tashkiliy tizimni ko‘rish mumkin, u yuqori rahbar bilan pastdagi ijrochi orasida tik chiziqli munosabatlarni yo'qligi va faqat kesishgan gorizontal funksional aloqalarning shakllanganini bildiradi. Funksional boshqaruvda chiziqli boshqaruv tizimiga malakali, aniq funksiyalarni va ishlarning yo‘nalishlarini biladigan mutaxassislar

kiradi. Masalan, sport jamoasi murabbiyi, shifokor, massajchi, ma’muriy guruh va boshqalardan tashkil topgan. Bunday tashkiliy tizim ma’muriy rahbarlarning ishini osonlashtiradi, boshqaruv jarayonini yanada sifatli olib borishga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda, funksional tizim boshqaruvidagi birinchi rahbar rolini susaytiradi, chunki ijrochi o‘z faoliyatida bir necha o‘rta pog‘onadagi rahbarlardan topshiriq olib ishlaydi

Adabiyatlar:

1.Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. O‘quv qo‘llanma Toshkent Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti 2002 yil.

2.Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.Toshkent “O‘zbekiston” – 2017 y.

3.SH.Mirziyoev Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. “O‘zbekiston” NMIU, 2016 y.

4.SH.Mirziyoev Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi.“O‘zbekiston” NMIU,2016y.

5.2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.


Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish