Qisqacha xulosalar
Unumdorlik - muayyan vaqt mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorining muayyan turidagi mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatilgan resurslar miqdoriga nisbatidir.
Mehnat unumdorligi ko`rsatkichlari tizimining tuzilishi ulardan har birining funktsional vazifasini aniqlashga asoslanish lozim. Ko`rsatkichlarni tasniflashni mezoni - mehnat natijalarini ifodalash usulidir.
Mehnat unumdorligini aniqlash vazifasi, uning tizimini yaratish, o`rganish muhim yo`nalish hisoblanadi. Mehnat unumdorligini o`lchash usullari ko`p omilli, vektorli va mezonli sifatida tasniflanadi.
Mehnat unumdorligi rivojlanib boruvchi ko`rsatkich bo`lganligi sababli omillar va zahiralarni o`rganish dolzarb muammoga aylandi. Mehnat unumdorligini oshirish zahiralar tizimini yaratish eng muhim yo`nalishdir.
Tayanch iboralar
Mehnat unumdorligi, mehnatning mexanizatsiyalashganlik darajasi, sermehnatlilik, mehnat unumdorligining oshishi, mehnat unumdorligini oshirishning zahiralari, joriy zahira, istiqbol zahira.
Do'stlaringiz bilan baham: |