I. KIRISH
II. ASOSIY QISM
1. OILADA BOLA TARBIYASINING O‘RNI
2.TARBIYA JARAYONIDA O‘QUVCHILARDA TEJAMKORLIK
TUSHUNCHALARINI SINGDIRISH
3. O’QUVCHILARNING TEJAMKORLIK SIFATLARINI
SHAKLLANTIRISHDA IQTISODIY TARBIYANING TUTGAN O’RNI
III. XULOSA
FAOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Vazirlar Maxkamasi yig‘ilishida 2010 yil yakunlari va 2011 yildagi vazifalar bo‘yicha qilgan ma’ruzasida ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya ishlarining sifatini oshirish, o‘quvchilar bilimi va ularning o‘zlari egallayotgan kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarining yanada kuchaytirish kabi amalga oshirilishi zarur bo‘lgan dolzarb masalalar ijrosini kun tartibiga ko‘ydi. «... ilm-ma'rifat insonni yuksaklikka ko'taradi. XXI asrda, men ishonaman, madaniyat uchun, ilmu ma'rifat uchun jonini beradigan va buni hayotining asosiy maqsadi qilib qo'yadigan yangi avlod paydo bo'ladi. Biz ana shu avlod uchun yashayapmiz. Biz ana shu olijanob maqsadlarni odamlar ongiga singdirish uchun harakat qilamiz. Biz kutayotgan avlod mana shu boylikni dunyodagi eng katta boylik deb bilsa, hayotini unga bahshida etsa, bilingki, odamzod yorug' kunlarga erishishi muqarrar»., deb takidlaydi Prezidentimiz I.A Karimov.
Ayni paytda ta’lim muassasasini bitirib chiqayotgan yoshlarimiz, egallayotgan eng zamonaviy bilim va ko`nikmalarni amalda joriy etishi uchun ularni kichik biznes va tadbirkorlik sohasiga keng jalb qilish masalasiga prinsipial ahamiyat berilmoqda. Bugungi kunda taraqqiyot haqida so`z borganda, ilm-fanning o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Biz mamlakatimizning kelajagini ko`zda tutgan holda, bugungi kunda taraqqiy topgan davlatlar ilmiy jamoatchiligining e’tibor markazida turgan eng ilg’or, istiqbolli ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarini yurtimizda rivojlantirish ilm-fan markazlari bilan samarali hamkorlik aloqalari o`rnatishga erishishimiz zarur.
Bundan xulosa shuki, bugungi kunda farzandlarimizning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ma’naviy olamini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi biz uchun eng dolzarb vazifa bo‘lib, aniqsa, hozirgi murakkab va taxlikali zamonda milliy o‘zligimiz azaliy qadriyatlarimizga yot va begona bo‘lgan turli xil xurujlar, yoshlarimizning ongi qalbini egallashga qaratilgan g‘arazli intilishlar tobora kuchayib borayotgan barchamizni yanada xushyor va ogoh bo‘lishga da’vat etishi tabiiydir. Hozirgi kunda bolalarni ilmiy dunyoqarashini halqimizning milliy qadryatlar asosida shakllantirish jamiyat oldida turgan vazifalardan hisoblanadi.
Dunyoqarashning shakllanishida jamiyatda ustuvor o'rin tutgan mafkuraviy g'oyalar va ularning mohiyatidan to'laqonli xabardor bo'lish o'ziga xos ahamiyatga ega. Shu bois ta'lim muassasalarida yo'lga qo'yilayotgan ta'lim tarbiya, xususan, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar asoslari mohiyati bilan o'quvchilarni tanishtirish jarayonida O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy hayotida bosh mezon sifatida e’tirof etilgan milliy istiqlol g'oyasi va mafkura mazmunida ilgari surilgan qarashlar xususida batafsil ma'lumotlar berib borish, ularga nisbatan o'quvchilarda muayyan munosabalar shakllantirish pedagogik jihatdan samarali yo'l hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |