Tushunchalar. Tushunchaning hajmi va mazmuni. Tushunchani ta'riflash va bu ta’rifga qo’yiladigan talablar. Reja



Download 92,08 Kb.
bet1/4
Sana27.07.2021
Hajmi92,08 Kb.
#130665
  1   2   3   4
Bog'liq
1.1-mavzu. Matеmatik tushuncha.


1.1-mavzu. Tushunchalar. Tushunchaning hajmi va mazmuni. Tushunchani ta'riflash va bu ta’rifga qo’yiladigan talablar.

Reja:

  1. Real va abstrakt tushuncha

  2. Tusunchaning hajmi va mazmuni

  3. Tushunchani ta’riflash usullari

  4. Tushunchalar orasida munosabat.


Ma’ruza matni

1. Real va abstrakt tushuncha. Atrofimizdagi olam turli obyektlardan iborat. Ular o’ziga xos xossalar va o’zaro munosabatlarga ega. Bu obyektlarni o’rganganimizda ularni o’xshashligi va umumiy xossalariga qarab sinflarga ajratamiz. Bu obyektlar va sinflar ma’lum bir nom bilan nomlanadi. Masalan, «daraxt», «chumchuq», «mushuk», «uy», «avtobus» yoki «o’simlik», «qush», «hayvon», «bino», «mashina» va hokazo. Obyektlar yoki obyektlar sinfining nomlanishi inson ongida ular haqida tushuncha paydo bo’lganini bildiradi. Chunki har bir nom atalishi bilan ongimizda u bilan bog’liq tasavvurlar paydo bo’ladi. Biz bu obyekt yoki obyektlar sinfining eng muhim xossalarini eslaymiz: rangi, shakli, o`lchami, hidi, tuzilishi va h. k.

Demak, tushuncha — bu narsalar va hodisalarni ba’zi bir muhim alomatlariga ko’ra farqlash yoki umumiylashtirish natijasi ekan. Alomatlar esa narsa yoki hodisalarning bir-biriga o’xshashligi yoki farqlanishini bildiruvchi xossalardir.

Muhim xossa deb, faqat shu obyektga tegishli va bu xossasiz obyekt mavjud bo’la olmaydigan xossalarga aytiladi. Obyektning mavjudligiga ta’sir qilmaydigan xossalar muhim bo’lmagan xossalar deb sanaladi.

Agar biror obyektning barcha muhim xossalari top’langan bo’lsa, bu obyekt haqida tushuncha bor deyiladi.

Fan rivojlanishi natijasida abstrakt tushunchalar yuzaga kela boradi. Bunday tushunchalar insoniyat top’lagan katta tajribani umumlashtirish natijasida yuzaga keladi va moddiy dunyoning tub mohiyatini aks ettiradi, lekin real ob’yektlarning ko’pgina xossalaridan ko’z yumgan holda, ularni ideallashtirish natijasida hosil bo’ladi.

Masalan, bir jismni geometrik shakl sifatida qarasak, bizni uning shakli, o’lchamlari qiziqtiradi, lekin uning nimadan yasalgani, rangi, og’irligi qandayligi biz uchun ahamiyat kasb etmaydi. Ko’pincha abstrakt, ideal ob’yekt ega bo’lgan xossalar real obyektga tegishli bo’la olmaydi. Masalan, geometriyada kesmani cheksiz bo’lish mumkin deb hisoblanadi, real hayotda biror jismni cheksiz ko’p bo’lakka bo’lish mumkin emas, chunki u chekli sondagi atomlardan iborat bo’ladi.


Download 92,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish