Shartli (nisbiy) o’tishlifunktsiyalar
shartli o’tish operatori
if operatori sintaksisining birinchi varianti:
if(shart)
{
tasdiq
}
Bu yerda tasdiq – operator yoki operatorlar ketma-ketlig
Bu holatda shartli operator quyidagicha ishlaydi: avval shart tekshiriladi va agar uning qiymati true ko’rinishida bo’lsa, tasdiq bajariladi. Aks holda if dan keyin keluvchi operator bajariladi.
if operatori sintaksisining ikkinchi varianti:
if(shart)
{
tasdiq1
}
else
{
tasdiq2
}
Bu holda avval shart tekshiriladi va agar uning qiymati “true” ko’rinishda bo’lsa, tasdiq1 bajariladi, aks holda, ya’ni “false” bo’lsa, tasdiq2 bajariladi.
Shartli o’tish operatorining ishlatilishiga misol:
function checkData()
{
if (document.form1.threeChar.value.length==3)
{return true;
}
else
{alert('Введите ровно 3 символа');
return false;
}
}
switch tanlash operatori:
switch (ifoda)
{
qiymat1: operator1 break;
qiymat2: operator2 break;
//…
default: operatorNbreak;
}
Tanlash operatori quyidagi tartibda ishlaydi: avval ifoda ning qiymati hisoblanadi, keyin uning qiymat1 bilan tengligi tekshiriladi va agar u teng bo’sa, operator1 bajariladi, keyin ifoda qiymatining qiymat2 bilan tengligi tekshiriladi va agar u teng bo’lsa operator2 bajariladi va hokazo. Agar ifoda qiymati hech bir qiymat: qiymat1, qiymat2, v.h. larga teng bo’lmasa, u holda o’z-o’zidan operatorN bajariladi.
Tsikllifunktsiyalar
for tsikli
for(boshlang’ich qiymat sektsiyasi;shart sektsiyasi; hisoblagich o’zgarishi sektsiyasi)
{
tasdiq
}
Bu sektsiyalardan har biri ham bo’sh bo’lishi mumkin. Boshlang’ich qiymat berish va hisoblagich o’zgarishi sektsiyalarida ifodalar ketma-ketligini vergul bilan ajratgan holda yozish mumkin. Tsiklni bajarilishi quyidagi tartibda bo’ladi. Birinchi boshlang’ich qiymat sektsiyasi bajariladi. Keyin shart tekshiriladi. Agar shartning qiymati true bo’lsa, u holda tsiklning asosiy qismi (tasdiq) bajariladi, keyin hisoblagich o’zgartirgich sektsiyasi bajariladi. Agar shartning qiymati false bo’lsa, tsikldan chiqiladi.
Misol:
function HowMany(SelectObject)
{
var numberSelected=0
for (i=0; i< SelectObject.options.leght; i++)
{
if (SelectObject.options[i].selected==true) numberSelected++;
}
return numberSelected;
}
for operatori ob’ektdagi barcha maydonlarni ko’rib chiqish uchun ishlatilishi mumkin (keyingi ob’ektli model haqidagi bo’limni qarang).
Sintaksis:
for(o’zgaruvchi in ob’ekt)
{
ifoda
}
Bunda ob’ektdagi ko’rsatilgan o’zgaruvchining barcha mumkin bo’lgan qiymatlari hosil qilinadi va ularning har biri uchun tasdiq bajariladi.
Misol: student sinfini va shu sinfning ob’ekti (ekzemplyar) Helen ni yaratamiz.
function student(name, age, group)
{
this.name=name;
this.age=age;
this.group=group;
}
function for_test(myObject)
{
for(var i in myObject)
{
document.write("i="+i+" => "+myObject[i]+"/n");
}
};
Helen=new student("Helen K.", 21, 409);
for_test(Helen);
Вывод на экран:
i=0 => Helen K.
i=1 => 21
i=2 => 409
while tsikli
while(shart)
{
ifoda
}
while tsiklinig bajarilishi shartni tekshirishdan boshlanadi. Agar uning qiymati true ga teng bo’lsa, tsikl bajariladi, aks holda boshqaruv tsikldan keyingi operatorga beriladi.
while operatorining ishlatilishiga misol:
n1=10
n=0
x=0
while(n{
n=n+1;
x=x+n;
}
Tsikllarni bajarilishini to’htatib qo’yuvchi operatorlar
for va while tsikllarining joriy bajarilishlarini to’htatish uchun break operatori ishlatiladi.
break operatorining ishlatilishiga misol:
function test(x)
{
var j=0;
var sum=0;
while(n{
if(n==x)
{ sum=x;
break;
}
sum=sum=n;
n=n+1;
}
return sum;
}
Do'stlaringiz bilan baham: |