Mantiqiy ifodalar.
"&&" — mantiqiy AND — "VA";
"||" — mantiqiy OR — "YOKI";
"!" — mantiqiy NOT — "YO’Q".
Misol:
(a>b)&&(b<=10)||(a>10)
JavaScripda mantiqiy ifodalarni qisqartirilgan tekshirilishi deb ataluvchi amal doimo qo’llaniladi: B1&&B2 operandda B1=false bo’lgan holda B2 ni baholash bajarilmaydi va false qiymati qaytariladi. Shunga o’hshab B1||B2 B1=true holatda true deb baholanadi. Bunda mantiqiy ifodalarni tahlili chapdan o’ngga qarab olib boriladi va faqatgina to’la ifoda baholanib bo’lishi bilan natija qaytariladi. Shuning uchun agar B2 sifatida funktsiya bo’lsa, u chaqirilmaydi, va agar u aks ta’sirga ega bo’lsa, bu hatolikka olib kelishi mumkin.
Taqqoslash operatorlari:
"= =" -"teng";
">" -"katta";
"<" -"kichik";
">=" -"katta yoki teng";
"<=" -"kichik yoki teng";
"!=" -"teng emas".
Taqqoslash operatorlari nafaqat sonli ifodalarga, balki satrli ifodalarga ham qo’llanilishi mumkin. Bunda satrlar teng hisoblanadi qachonki ulardagi barcha simvollar ustma-ust tushsa va bir hil tartibda kelsa (bo’sh belgi ham simvol deb qaraladi). Agar satrlar turli hil uzunliklarga ega bo’lsa, u holda uzunroq satr katta hisoblanadi. Agar ularning uzunliklari teng bo’lsa, u holda chapdan o’ngga brogan sari kattaroq nomerdagi simvolga ega bo’lgan satr katta hisoblanadi.
(a < b < c < … < z < A < … < Z).
Catrlarni qo’shish mumkin, agar S1="bu ", S2="mening satrim" bo’lsa, u holda S!+S2 "bu mening satrim" ni beradi.
Operatorlarning bajarilish tartibi (kichigidan boshlab; bir satrdagilarning tartibi bir hil):
"+=", "-=", "*=", "/=", "%=", "<<=", ">>=", ">>>=", "&=", "^=", "|=".
Operatorlarning tartibi. Quyida operatorlarning bajarilish tartibi o’sish tartibida berilgan:
shartli operator: "?:";
mantiqiy "YOKI": "||";
mantiqiy "VA": "&&";
bitli "YOKI": "|";
bitli "XOR": "^";
bitli "VA": "&";
tenglikka solishtirish: "= =", "!=";
solishtirish: "<", "<=", ">", ">=";
bitli siljish: "<<", ">>", ">>>";
qo’shish, ayirish: "+", "-";
ko’paytirish, bo’lish: "*", "/", "%" ;
inkor qilish, orttirish, kamaytirish: "!", "~", "++", "--";
qavslar: "( )", "[ ]".
Funktsiyalar:
JavaScriptda huddi C yoki Java dagi kabi protseduralar va protsedura-funktsiyalar funktsiya deb ataladi. Funktsiyalarni e’lon qilish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Qabul qilingan function so’zi;
Funktsiayning nomi;
Yumaloq qavs ichiga olingan va vergul bilan ajratilgan funktsiya argumentlari;
Figuraviy qavs ichiga olingan funktsiyaning asosiy qismi.
Ya’ni:
function myFunction(arg1, arg2, ...)
{
...
Operatorlar ketma-ketligi
...
}
Bu yerda myFunction — funktsiyaning nomi, arg1, arg2 — formal parametrlar ro’yhati
Misol:
function Factorial(n)
{
if((n<0)||(round(n)!=n))
{
alert("функция Factorial не определена при аргументе "+n);
return NaN;
}
else
{
result=(n*Factorial(n-1));
return result;
}
}
Funktsiya qabul qilingan return so’zi yordamida qiymatni qaytarmasligi mumkin.
Misol:
function Greeting(s)
{document.write("Hello,"+s+"!");
}
Funktsiyani chaqirish aniq bir qiymatlar orqali bajariladi.
Misol:
Factorial(2+1);— 6 ni qaytaradi,
Greeting("world");— ekranga "Hello, world!" satrini chiqaradi.
Har bir funktsiya, masalan, myFunction funktsiyasi argumentlari arguments deb nomlangan massiv ko’rinishida saqlanuvchi myFunction deb nomlanuvchi ob’ekt hisoblanadi, bunda uning argumentlariga quyidagicha murojaat qilinadi:
myFunction.arguments[i],
bu yerda i — argument nomeri (nomerlash 0 dan boshlanadi).
Funktsiayning sonli argument qiymatlari soni funktsiya e’lon qilingandagi formal parametrlari soniga teng yoki undan ortiq bo’lishi kerak. Bunda funktsiayni chaqirishdagi argumentlar soni myFunction.arguments.length maydonida saqlanadi va bu maydonning qiymatini qaytadan berish orqali dinamik ravishda o’zgartirish mumkin.
Misol: Dokumentda HTML formatida ro’yhatni chiqarish.
Bu yerda birinchi argument (ListType) tartiblangan ro’yhat uchun "о" yoki "О" qiymatni olish va tartiblanmagan ro’yhat uchun "u" yoki "U" qiymatni olishi mumkin. Keyin ro’yhatning elementlari keladi.
function myList(ListType)
{
document.write("<"+ListType+"L");
for(var i=1; i < myList.arguments.length; i=i+1)
{document.write(""+myList.arguments[i]);
}
document.write(""+ListType+"L>");
}
HTML dokumentda bu funktsiyani chaqirish:
Quyidagi matnni chiqaradi:
bir
2
3
Do'stlaringiz bilan baham: |